Qadriyatshunoslik, uning sharqona ildizlari



Yüklə 354,5 Kb.
səhifə5/7
tarix19.10.2023
ölçüsü354,5 Kb.
#157449
1   2   3   4   5   6   7
QADRLILIK VA QADRSIZLIK

Muhammad sharif Gulxaniy о‘z zamonasidagi sо‘z san’atining yirik vakillari qatoridan munosib о‘rin oladi. Gulxaniy juda og‘ir va murakkab davrda yashadi, ijod etdi. Uning hayoti XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaarida Qо‘qonda amir Umarxon hukmronligi davrida о‘tdi.
Hayotining kо‘p qismi darbadarlikda о‘tgan Gulxaniy Qо‘qonda gо‘lahlik qildi, xon saroyida navkar bо‘lib ishladi. Bu davrda saroyda avj olgan jamiki qabohatni о‘z kо‘zi bilan kо‘rdi. Kambag‘allikda yashashiga qaramasdan Gulxaniy yoshlik paytlaridan boshlab о‘z bilimini oshirish, takomillashtirishga, о‘z davridagi va о‘zidan avvalgi о‘zbek, fors, tojik, Hind, adabiyoti namunalarini tinmay о‘rganishga harakat qildi.
Gulxaniy о‘zining «Zarbulmasal», «Maymun bilan najjor», «Tuya bilan Butaloq», «Toshbaqa bilan Chayon» nomli asarlari, lirik shehrlarida о‘sha davrdagi ijtimoiy iqtisodiy muxit, siyosiy vaziyatni, barcha qiyinchilik murakkablik va ziddiyatlarni badiiy, falsafiy nuktai nazardan aks ettirishga harakat qilgan. Bu borada «Zarbulmasal» aloxida ahamiyat kasb etadi. «Zarbulmasal» Gulxaniy yashagan davrning badiiy inhikosi, о‘sha murakkab tarixiy sharoitning о‘ziga xos kо‘zgusidir. Asarda Gulxaniy shaxsan kо‘rgan, eshitgan, bilgan, uqigan voqea-xodisalar qushlar timsolida zо‘r mahorat bilan yoritilgan, fal­safiy umumlashtirilgan.
«Zarbulmasalda о‘rtaga tashlangan eng asosiy maqsadlardan biri Umarxon davridagi Farg‘ona viloyatining vayrona ekanligini kо‘rsatish, halq ommasining nihoyat darajada og‘ir ahvolini, haq-huquqlari poymol qilinganligi tasvirlash bо‘lib, bularning hammasi qushlarning о‘zaro quda qudagay bо‘lish majorolari orqali bayon etiladi.
«Zarbulmasal»ning ajoyib xususiyatlaridan biri shundan iboratki, unda Markaziy Osiyo xalqlari bir necha asrlar mobaynida vujudga keltirgan yuzlab maqollari, о‘sha zamondagi ijtimoiy munosabatlar, milliy urf-odatlar о‘z aksini topgan. Ular asarni nihoyat darajada mazmundor va о‘qishli bо‘lishiga olib kelgan.
Asarda tilga olingan Boyug‘li, Yapaloqush, Gunashbonu, Kulonkirsulton Kо‘rqush, Kordon, Turumtoy shunchaki oddiy parrandalar bо‘lmay о‘sha zamonda yashagan turli arboblarning fehl-atvorini о‘zida mujassamlashtirgan obrazlardir.
Gulxaniy asarda xalqning «qizim senga aytaman, kelinim eshit» naqliga amal qilib, hayotdagi mavjud. U ziddiyatlar va ijtimoiy adolatsizliklarni jigari pora-pora bо‘lgan xalq ahvolini parrandalar nomidan majoziy mahnoda kinoya, istexzo bilan tasvirlagan.
Gulxaniy xalqning nihoyat og‘ir ahvoli о‘z mehnat sharoitining yomonliginn huquqsizligi va ezilganligi, insoniy xaq-huquqi va qard-qimmatining tamomila poymol etilganligini «Tuya bilan Butaloq» masalida ham mahjoziy tarzda tasvirlagan. Masalada hikoya qilinishicha, Farg‘onada bir sarbon (tuyachi) yashagan, uning bisotida bor yо‘g‘i bittagina tuyasi bо‘lib, tuyasida yuk tashib rо‘zg‘or tebratgan. Kunlardan bir kun sarbon tuyaga anchagina yuk ortib yо‘lga tushadi. Tuyaning orqasidan emadigan bо‘talog‘i ham ergashadi. Bо‘taloq onasini emolmay och holda onasi orqasidan zorlanib ketaveradi. Bо‘taloqning shikoyatiga onasi javob berib aytadiki: kо‘rib turibsan, ixtiyorim о‘zimda emas, menda burundiq bor, agar zarracha ixtiyor bо‘lganda seni emizardim.
Gulxaniyning «Maymun bilan Najjor», «Toshbaqa bilan Chayon» masallarida ham insoniy qadr-qimmat, odamgarchilik muruvvat hunarning afzalligi, yaxshilik va yomonlik singari muxim mahnaviy axloqiy masalalar qalamga olingan.
Xullas, Muhammadsharif Gulxaniyning badiiy-falsafiy merosi nafaqat о‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, mahnaviy-axloqiy manzaralarini kо‘rsatish bilan, balki azaliy insoniy muammolarni kо‘tarib chiqqanligi bilan qimmatlidir.
О‘zbek xalqining istehdodli shoiri Maxmur (XVIII asr oxiri 1844y.) о‘zining satirik asarlarida zamonaning adolatsizligidan xalqning butunlay noroziligini kuyladi, zodagonlarning illatlarini esa ochkо‘zligini fosh etdi. U xalqning g‘oyatda ayanchli turmushini, mamlakatdagi vayronagarchilik kuchayib borayotgan ijtimoiy tengsizlikni, xususan, о‘z oilasining och-yalang‘ochligini, bolalarining xatto bahzan yeyishga noni yо‘qligini alam bilan yozadi. U о‘zining nochor ahvoli haqida kechalari yotgani na joyim bor, uyimda na bir hovuch g‘allam bor, boshimda na ikki gaz sallam bor, deb xasrat qilgan.
Maxmurning «Xapalak» nomli mashxur shehrida xon, amirlar zulmi ostida harobaga aylangan qishloqlarning tipik manzarasi aks ettirilgan. Unda Farg‘ona vodiysidagi Xapalak deb atalgan qishloq «bir kapa, ikki kapa, uch alachuq, tо‘rt katalak»dan iboratligini, xalqini kо‘rsang о‘lasi-yu, qoqu harob, ochligidan qomati kamalak singari ezilganligini kuyib yonib tasvirlagan. Yeyishga noni, ichishga osh-ovkati bо‘lmagan Xapalak qishlog‘i odamlari, deydi Maxmur ajirig‘ tomirini о‘g‘urda mayda tuyib, har kuni qaynatib uni sumalak deb aytadilar. Bular Maxmurning ijtimoiy faol shoir, о‘z tuyg‘ularini kо‘pchilikning taqdiriga bog‘lagan ijodkor ekanligini kо‘rsatadi.
О‘zbek xalqi boshqa qardosh xalqlar ijtimoiy falsafiy fikrlarning rivojlanishida Zokirjon Holmuhammad о‘g‘li Furqat (1858—1909 yy.)ning roli va ahamiyatn boshqa mutafakkirlarnikidan aslo kam emas. Uning asarlarida ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar, fikrlar kо‘p va xilma-xilki, Vatanni sevish, uning о‘tmish tarixi va madaniyatini, tili, adabiyoti va sanhatini hurmatlash, ularni о‘rganish xaqida shoirning fikrlari hamon e’zozli.
Furqat mehnatkash xalqni moddiy va mahnaviy boyliklar ijodkorlarini dil-dilidan ardoqlovchi ajoyib insonparvar shoirdir. Furqat chor amaldorlari, va mahalliy boylarning manfatparastliklari, xalqka о‘tkazayotgan zulm va sitamlarini о‘zining о‘tli hajviy asarlarida ochib tashlaydi.
Furqat asarlari markazida tirik inson turadi. О‘z davri illatlarini qoralash, adolatsizlik va zо‘ravonlikni fosh etish, olam sarvari hisoblangan inson, manfaatini qо‘llab-quvvatlash, bular shoir asarlarning asosiy о‘zagini tashkil etadi. Buni uning shox asarlari qatoridan о‘rin olgan «Sayding qо‘yaber sayyod» shehrlarida ochiq oydin kо‘rsa bо‘ladi: bu shehri о‘sha davrdagi xaqsizliklarni, tengsizlik va ijtimoiy adolatsizliklarni, sinfiy siyosiy zulmni badiiy tasvirlash va rо‘y-rost fosh etishning ajoyib namunasidir.
Turkistonda chor xukumati vujudga keltirgan og‘ir vaziyat tufayli yetuk alloma, nomdor shoir, atoqli adib bо‘lishiga qaramasdan Furqat о‘z yurtida insonlarcha yashash imkoniyatiga ega bо‘lolmadi. Ayshni nodonlar surib, kulfatu azob uqubatlarni donolar, donishmandlar tortadigan zamonda yashashga majbur bо‘lganligi sababli Furqat о‘z davri va ijtimoiy muxitidan muruvvat kо‘rmadi, ehtibordan chetda qoldi.
Otash qalb shoir taqdir taqozosiga kо‘ra bag‘ri qonga tо‘lib yashaganligini «boshida xushbaxtlik» bо‘lmaganligini, «yetim qо‘zi» kabi nochorlikda, «Dardini oshkora aylay» desa, hamdardi yо‘qligini ochiq oydin yozgandi.
Bular kamlik qilganidek Furqat о‘z aziz Vatanini astoydil sevgani holda 18 yil yurtidan judo bо‘lib yurishga va g‘urbatda jon taslim qilishga majbur bо‘ldi. 33 yoshida Vatanidan jо‘nab ketgan shoir umrbod yurtiga qaytolmadi.
Furqat о‘zining asarlari va she’rlarida zulmat о‘rniga nurni, jaholatga qarshi mahrifatni, bidhatga qarshi ilm-fan, aqlu-idrok va tafakkurni madx etdi. Odamlarni eskilik batqog‘idan chiqishga ilm-fan va texnikadagi yangiliklardan doimiy ravishda xabardor bо‘lishga, buning uchun ilmni sevishga, bir emas, bir nechalab xorijiy tillar va madaniyatlarini bilishga undadi.
Furqatning «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Vistavka», «Nagma», «Shoir axvoli va shehr mubolag‘asi xususida» va shunga о‘xshash doston va she’rlarida turmushga ulug‘ dastiyor bо‘lgan ilmu-fanni, texnikani, har xil hunarlarni, ixtirolarni, musiqa ilmini, chet-tillarni, arab, yunon, rus, fransuz halqlari adabiyoti, san’ati va madaniyatini bilib olishga chaqiradi.
Zokirjon Holmuhammad о‘g‘li Furqat о‘z davrining ilg‘or mutafakkiri, xalqimizning mahrifatparvar, xalqparvar, otashin vatanparvar farzandi sifatida О‘zbekiston tarixida munosib о‘rin tutadi.
О‘zbek klassik shoirlaridan bо‘lgan Muhammad Amin Mirzaxо‘ja о‘g‘li Muqimiy (1850—1903 yy.) о‘z ijodinn о‘zbek xalqi tarixida eng murakkab kunlarda boshladi. Muqimiy yashagan davrda о‘zbek xalqi mayda-mayda xonliklarga bо‘lib yuborilgan, bu xonliklar о‘rtasidagi tinimsiz kurash mehnatkash halqni honavayron qilib turgan, Turkiston chorizm tomonidan qilich kuchi bilan mustamlaka qilingan edi.
Buyuk insonparvar shoir Muqimiy mustamlakachilik sharoitida о‘zbek xalqining boshiga kelgan faloqatlarning jonli shoxidi bо‘ldi. Mustamlakachi jallodlarning xalqka qilgan jabr-sitamlarini о‘z kо‘zi bilan qurib, о‘z qalbi bilan chuqur xis etib, ularni asarlarida aks ettirdi.
Muqimiy о‘z asarlarida hayotda rо‘y bergan voqea-hodisalarni bо‘yab-bezab tasvirlamadi, balki qanday bо‘lsa shundayligicha, oqni oq, qorani qora deb bayon etdi. Badiiy puxtalik nuqtai nazarning holisligi Muqmiy asarlariga xos xususiyatdir. Tilyog‘lamalik laganbardorlik uning tabiatiga mutloq zid.
Hokimlarga mulozamat qilmaganligi, ularning kuychisi bо‘lishni xohlamaganligi, saroydan chetda yurganligi uchun Muqimiy hech taqdirlanmadi, juda faqirona hayot kechirdi. «Mening xor bо‘lishimning sababi Farg‘ona mardumi bо‘lmaganligimda, о‘z vatanimni sevganimda» deb arz qilgandi.
Muqimiyning butun mehr-muqabbati kambag‘al xalq tomonida edi. U о‘zining о‘tkir satirik shehrlarida halqning ayanchli axvolini, ikkiyoqlama zulm ostida halq boshiga tushgan kulfatlarni tasvirladi, xalq bilan bab-baravar ezildi. О‘z zamonining yirik faylasuf shoiri bо‘lgan Muqimiy asarlarining о‘tkir tig‘i chor amaldorlari hamda mahalliy boy va amaldorlarga qarshi qaratilgan edi.
Shu nuqtai nazardan Muqimiyning «Tanobchilar» degan asari katta ahamiyatga egadir. Asarda Muqimiy har yili qishloqqa chiqib, yerlarni qaytadan о‘lchaydigan, yer egalariga tavon puli о‘lpon chiqarilishiga sababchi bо‘ladigan, xalqdan kо‘p miqdorda pora oladigan va pora bermaganlarning oz yerlarini kо‘p kо‘rsatib, uylarini kuydirgan tо‘ralarning qilmishlarini fosh etgan. Juda katta ijtimoiy mahnoga ega bо‘lgan «Ta­nobchilar» Muqimiy qalamiga mansub asarlar orasida eng saralaridan biridir.
Muqimiy faqat Qо‘qon va Farg‘ona vodiysidagina emas, balki Turkistonning hamma joyida oddiy mehnatkash insonning ahvoli nochor, tolei past, iqboli nigun, erk va huquqi poymol etilganligini о‘z kо‘zi bilan kо‘rdi, matbuotda о‘qib, odamlardan eshitib, bi­lib oldi. Ularning hammasini asarlari, g‘azallari, shehrlarida badiiy ifodalashga harakat qildi. Uning «Sayohatnoma» asari shu jihatdan diqqatga sazovordir.
Muqimiy kо‘rib chiqqan yurt harob, el och-yalangoch, qipchoqlar esa qoloqlik nodonlik maskaniga aylanib qolgan edi. Oqibatda Muqimiy «olam qurilgan dor ekan», degan xulosaga keladi. Shu qoloqlik och yalang‘ochlik qashshoklikning asosi ijtimoiy tuzumda, mustamlakachilik istibdodi va maxalliy amaldoru boylarning insofsizligida ekanligini «Sayohatnoma»da Muqimiy tomonidan shama qilib о‘tiladi.
Muqimiyning eng katta xizmati va jasorati shundaki, u xalqni ezib kelayotgan boy va sudxо‘rlarning, mustamlakachi amaldorlarning, zavodchi korchalonlarning, din arboblarining aldamchiligi, qallobligi va firibgarligini dadillik bilan fosh etgan, xaqiqatni aytishdan tap tortmagan.

Yüklə 354,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin