Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o’tish mumkin: • matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;
• grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;
• katta o’lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;
• telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari;
• berilganlar bazasini boshqarish tizimi;
• ma’lumotli-qidirish tizimlari;
• su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;
• avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;
• ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;
• matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;
• avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
• tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Grafik muharrirlar— grafik axborotlarni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan paketlardir. Ular rastrli va vektorli grafiklarni ishlab chiquvchi ADPga bo’linadi.
Vektorli grafika bilan ishlash uchun paketlar badiiy va texnik tasvirlar bilan keyinchalik rangli bosib chiqarish bilan bog’liq kasbiy ishlash uchun mo’ljallangan (masalan, dizaynerning ish joyi) loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlari uchun va stol ustidagi nashriyot tizimlari o’rtasida oraliq joyni egallaydi. Ushbu sinfdagi paketlar hozirgi vaqtda grafik tasvirlarni murakkab aniq ishlab chiqilishini amalga oshirish uchun vazifaviy vositalarning ancha keng majmuiga ega va o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• grafik tasvirlarni yaratish uchun vositalar;
• tekislash vositalari (asosiy chiziq va bet bo’yicha, kesishish katagi, eng yaqin nuqta bo’yicha);
• obyektlar bilan manipulyasiya qilish vositalari;
• paragraflarni rasmiylashtirish va zamonaviylashtirish, har xil shriftlar bilan ishlash qismida matnni ishlab chiqish vositalari;
• turli xil formatlardagi grafik obyektlar (fayllar)ni import (eksport) kilish vositalari;
• ekran tasvirini poligrafik bajarishga tegishli ravishda sozlash bilan bosmaga chiqarish vositalari;