Qariyalarni qadrlash
O‘z navbatida, O‘zbekiston davlat muassasalari va
jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi
shahar kengashi tomonidan ham mazkur haftalik
davomida bir qator samarali ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, pensiya yoshidagi shaxslarga
pensiyaga chiqishidan oldin bir
yo‘la moddiy yordam
berish va ularni qimmatbaho
sovg‘alar bilan taqdirlash
maqsadida 47 ta korxonada 48 nafar xodimga jami
9800,0
so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.
Keksalarni ezozlash
Shuningdek, xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan 35
ta korxonadagi 32 nafar xodimga jami 4470,0
so‘m miqdorida
(shundan, 2490,0
so‘m mablag‘ kasaba uyushmasi
hisobidan) qimmatbaho
sovg‘alar topshirildi. Qolaversa, o‘z
vaqtida korxona rivojiga
o‘z mehnati bilan hissa qo‘shgan va
ayni paytda keksalik gashtini surayotgan 106 ta korxonaning
180 nafar sobiq xodimlariga ham jami 21927,2
so‘m
miqdorida moddiy yordam berildi. Xususan, 36 ta
korxonaning 42 nafar sobiq xodimlari,
ya’ni nogironligi
bo‘lgan shaxslar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj kishilarga
jami 6555, 5
so‘m miqdorida turli bayramlar arafasida moddiy
yordam
ko‘rsatildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kasaba
uyushmasi tizimlarida keksa avlod vakillariga moddiy yordam
ko‘rsatish, ularning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni har
tomonlama
qo‘llab-quvvatlash kabi turli chora-tadbirlar
birgina
“keksalar haftaligi” doirasida emas, aksincha, yil
davomida olib boriladi.
Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat,
bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi
ulug
‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va
mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand b
о‘lish va duolarini olib
yurishdir.
|