Qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi



Yüklə 365,74 Kb.
səhifə8/8
tarix24.12.2023
ölçüsü365,74 Kb.
#192736
1   2   3   4   5   6   7   8
304 22.05.2017 (1)

O‘ZGARTIRIShLAR
1. 1-bandning ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilari, shuningdek 1, 2 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 4-ilovada:
a) 6-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi ishlariga hamda fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “dissertatsiya ishlariga hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy, bundan buyon — PhD), fan doktori (Doctor of Sciences, bundan buyon — DSc) ilmiy darajalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “ilmiy tashkilotlari” so‘zlari “oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari monitoringini olib boradi, shuningdek ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi”;
to‘rtinchi xatboshidagi “katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchi” so‘zlari “tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy unvonini” so‘zlari “ilmiy darajalarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi, yettinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasini” so‘zlari “ilmiy darajalarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyalarining” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalarning”” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi, o‘n birinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasini” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “fan doktori” so‘zlari “ilmiy daraja” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “fan doktori” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi” so‘zlari “dissertatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “fan doktori” so‘zlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi, oltinchi, sakkizinchi, o‘n birinchi xatboshlardagi “fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 14-bandda to‘rtinchi xatboshidagi “ilmiy daraja” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 15-bandda:
beshinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi berish bo‘yicha ilmiy kengashlar” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “ilmiy daraja” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi berish bo‘yicha” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyalari” so‘zlari “dissertatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 16-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “doktorlik dissertatsiyalarining” so‘zlari “dissertatsiyalarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 17-banddagi “fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha” so‘zlari “ilmiy darajalar beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 26-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Taqdim etilgan dissertatsiyalarni, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ishini va attestatsiya o‘tkazishda talablarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni ko‘rib chiqish, shuningdek OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlash uchun fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalaridagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert kengashlari tashkil etiladi.”;
i) 28-banddagi “fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 29-bandning ikkinchi xatboshidagi “fan doktori ilmiy darajasi” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 30-banddagi “Fan doktori ilmiy darajasini” so‘zlari “ilmiy darajalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 396-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 22.07.2019-y., 09/19/606/3457-son, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)

Yüklə 365,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin