Katta ilmiy xodim attestati yashil-havorang rangli maxsus qog‘ozda tayyorlangan va 135 x 105 mm o‘lchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli ko‘k rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida o‘zbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida ko‘k harflar bilan quyidagilar yozilgan:
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI
SUPREME ATTESTATION COMMISSION
at the Cabinet of Ministers
of the Republic of Uzbekistan
Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Blanka ichki betining o‘ng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. O‘rtasi bo‘ylab to‘q sariq fonli polosa o‘tgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm o‘lchamli rastrli setkalardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan.
Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.
Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:
1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi;
2) ko‘paytirish texnikasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan och tusli bo‘yoqlardan foydalanish;
3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil bo‘lishi;
5) maxsus qog‘ozdan foydalanish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;
7) oltita shakllarda o‘zgaradigan raqamlardan foydalanish.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga
7-ILOVA