4. Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma paketlari va ularning ishlatilishi.
Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy programma vositalarining qisqacha tavsifini keltiramiz:
RuleMaster deb nomlanuvchi universal programma paketi ekspert sistemalarini qurish va tarqatishga mo`ljallangan. Uning xususiyatlari:
bilimlar induktiv o`qitish metodi asosida to`planadi;
sun’iy intellekt masalalarini programmalash maxsus ko`nikmalar talab qilinmaydi;
programma paketi turli kompyuterlarda ham ishlay oladi.
RuleMaster paketini yaratishdan maqsad kompyuter vositasini ilmiy-injenerlik sohasida inson fikrlashi kabi qaror qabul qilish jarayonida qo`llashdan iborat edi. Bunday sistemalardan biri TOGA ekspert sistemasi bo`lib, u katta transformatorlardagi nosozliklarni, transformator moyini gazoxromatografik tahlil ma’lumotlari asosida diagnostika qiladi. RuleMaster paketi ikki asosiy qismdan iborat:
1. Radial – qaror qabul qilish qoidalarini ishlovchi blok-strukturali prtsedura tili; 2. RuleMaker – fikrlar daraxtini ko`rishga mo`ljallangan bilimlarni to`plash sistemasi.
RuleMaster paketi yordamida yaratilgan ekspert sistemalari Radial tilida yozilgan programmadan iborat. Mos predmet sohasida ekspert sistemasini qurish uchun modul struktura va modullarning tanasi ajratiladi. Struktura muammo yechimiga olib keluvchi fikrlash ierarxiyasini aniqlaydi. Har bir modul tanasi esa mos fikrlashning kechish usulini to`liq aks ettiradi.
Real vaqt masshtabida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun ishlatiladigan ekspert sistemasini ko`ramiz. Bu LMI firmasida yaratilgan PICON programmasi bo`lib, u Lispmashinada ishlashga mo`ljallangan. Bu sistema oddiy turdagi tarqoq boshqaruv sistemasiga bog`lanib ishlaydi. Uni loyihalashtirilayotganda u 20000 datchik va nazorat qurilmalariga xizmat ko`rsatishi nazarda tutilgan. Uni yaratishda LMI firmasining LAMBDA Lisp-mashinasi qo`llanilgan.
Dostları ilə paylaş: |