Intellektual sistemalarning moliya organlarida iqtisodiy asoslangan qarorlar qabul qilishdagi roli va axamiyati.
Intellektual sistemalar qanday qilib moliya va bank organlarida boshqaruv hamda qaror qabul qilishda yordam bera oladi? Buning uchun nimalar qilinishi lozim bo`ladi? Agarda kollektiv xotira va tajribalar kompyuterda mavjud bo`lsa u tashkilotning ishiga qanday ta’sir ko`rsatadi va bu nimalarda o`z aksini topadi? Xayot tajribangizdan foydalangan xolda ushbu muammoli savollarga javob topishga urinib ko`ring va natijalarni ustozingiz bilan bo`lishing.
Intellektual sistemalarning moliya organlarida iqtisodiy asoslangan qarorlar qabul qilishdagi roli juda kattadir. Chunki iqtisodiy bilimlar bazasini yaratish mashinaning xatosiz ishlashi va bir necha ekspertlarning bilimi sintezi asosida keng imkoniyatlar ochadi. Agar iqtisodiy bilimlar bazasi birnecha soha informatsiyasini birlashtirsa, bunday bilimlar yig`indisi qo`shimcha qimmatga ega bo`ladi. Ekspert sistemalarning yuqorida qayd etilgan "kollektiv xotira"ni saqlash nuqtai nazaridan ham axamiyati katta.
Moliya-bank sohasida xam ko`pincha yuqori malakali mutaxassislarni yo`qotish muammosiga duch keladilar. Bunga ularning boshqa ishga o`tishi, yoki yuqori lavozimga ko`tarilishi, yoki o`limi, yoki pensiyaga chiqishi sabab bo`lishi mumkin. Bir qancha firmalar o`zlarining eng qimmatli xodimlari ekspert tajribalarini saqlab qolish uchun ekspert sistemalarini qo`llay boshladilar. Bu bilimlarni saqlab qolish esa ishdan ketgan ekspert o`rnini yangisi bilan oson to`ldirish imkonini beradi.
Iqtisodiy pozitsiyadan esa ekspert sistemaning axamiyati shundaki, u qarorlarning iqtisodiy asoslanganligi va ishonchlilik darajasini oshiradi.
Xulosa
Ushbu mustaqil ish “Qaror qabul qilish tizimlarida axborot turlari” mavzusida tayyorlandi. Uni tayyorlanish jarayonida har bir tushunchaga alohida e’tibor va ta’rif ma’lumotlari shakllantirilib, keyin barcha ma’lumotlar umumlashtirildi. Ulardan xulosa qilish mumkinki, qaror qabul qilish jarayoni masalani yechishdagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki har bir qaror axborot tizimlarini qay holatga kelishini hal qiladi. Axborot tizimining tashkil etilishi esa belgilangan maqsadga erishishga osonroq va ma’lumotlar bazasining tartibli, ishonchli, xavfsiz yuritilishiga olib keladi. Hozirda mamlakatimizda ham ushbu tizimlar bir muncha rivojlanib bormoqda. Shuningdek, axborot tizimlarini birlashtirish maqsadida ko’plab tashkilotlarning kompyuterlari o’zaro va global tarmoqqa bog’langan bo’ladi. Bu ishning anchayin oson va tez kechishiga olib keladi. Axborot tizimlarida axborotni qidirish tizimlarining mavjudligi esa ish jarayonini tashkillashdagi asosiy yengillikdir. Qog’ozdagi axborotni qidirishdan ko’ra axborot tizimlaridagi axborotni izlash, uni ajratib olish judayam oson yo’l hisoblanadi. Ushbu mustaqil ishdan qaror qabul qilish axborot turlarining asosiy mazmun mohiyatini anglab yetishga yordam berdi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu mavzu insonning hayotiga qaror qabul qilishda axborot turlarining ahamiyati, zaruriyati, vazifalari va uning naqadar muhim ekanligini ko’rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: |