Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari



Yüklə 1 Mb.
səhifə7/20
tarix29.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#169838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
331 карор

5-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari
23. To‘garak a’zolari, ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), tashabbuskorlar va pedagog xodimlar Maktab ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi. To‘garak a’zolari:
Maktabda ixtiyoriy ravishda maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida ta’lim olish;
qiziqishlariga ko‘ra to‘garak turini tanlash;
bir necha to‘garaklarda qatnashish, yil davomida qiziqish va istaklariga qarab bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa boshqa to‘garaklarga o‘tish;
Maktabning jamoatchilik organlarini saylashda ishtirok etish va ularga saylanish;
Maktabning ish faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar kiritish huquqiga ega.
24. To‘garak a’zolari:
qonunchilik hujjatlariga rioya qilishga;
Maktabning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va uni asrab-avaylashga;
Maktab ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majbur.
25. Ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar):
o‘z farzandlari uchun to‘garak turini tanlash;
Maktab ma’muriyatidan uning ustaviga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratishni talab qilish;
bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
Maktabni jamoatchilik asosida boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
26. Ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar):
farzandining jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilishga;
bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga;
farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalashga;
farzandiga to‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga;
ota-ona to‘lovlarini belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lab borishga majbur.
27. Maktabning pedagog xodimlari:
o‘z kasbiy obro‘si va qadr-qimmatini himoya qilish;
Maktab faoliyatini boshqarishda ishtirok etish;
Maktab ma’muriyatiga Maktabning va to‘garaklar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
kasb faoliyati uchun sharoitlar bilan ta’minlanish, malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o‘tish, ta’lim shakli, uslubi va vositalarini tanlash huquqiga ega.
28. Maktabning pedagog xodimlari:
maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv qo‘llanmalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga;
pedagog axloq-odobiga qat’iy rioya qilishga;
o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib borish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘qitish vositalarini yaratishda faol qatnashishga;
bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni shakllantirish, ona Vataniga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va o‘zidan katta yoshdagilarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga;
belgilangan tartibda va muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishga;
o‘zining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish va o‘z ustida muntazam ishlashga;
o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga;
o‘quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga majbur.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin