Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə23/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

5 – reja bayoni. Sintoiylik. Yapon xalqi an'analari. Kami kulti.
SINTOIZM (Sinto-xudolar yo'li demakdir). Yaponiyada keng tarqalgan, an'anaviy milliy xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va urug'chiliq qabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig'indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm ta'limotida Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va o'zgarmasligiga, quyosh tangrisi-Amaterasuning naslidan deb hisoblangan yapon imperatori-Mikado hokimiyatining ilohiyligiga ishonish, imperator ajdodlarini muqaddas deb tan olish, ajdodlar sharafiga tayinlangan oila-urug' marosimlarini bajarish kabilar asosiy o'rin egallaydi. Sintoizmning puxta ishlangan aqidalari yo'q. Diniy marosimlarni kannushlar deb ataladigan alohida kohinlar ijro etadi. Kannushlik vazifasi nasldan-naslga o'tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning yarmida ko'pi Sintoizm bilan Buddizmni teng ko'rib, har ikkalasiga e'tiqod qiladilar; Hayotiy marosimlar-tug'ilish, nikoh kabilar Sintoizm ibodatxonlarida bajarilsa, dafn 'tish va marhumni xotirlash marosimlari buddaviylik ibodatxonalarida o'tkaziladi.
Sintoizm bilan buddaviylikning bir-biriga ta'siri kuchli. Sintoistlar buddaviylik dini uchun ibodatxonalar qurish bilan cheklanmadilar, balki o'rta asrlarga kelib sinto-budda qo'shma ibodatxonalari vujudga kela boshlagan. Sintoizmning o'ziga xos xususiyati o'zi targ'ib qilgan xudoga sig'inish, boshqa millat kishilarining bu dinga sig'inishini man etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi bo'lmagan,ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrga kelib og'zaki diniy afsonalar asosida «Kodziki» (Qadimgi ishlar to'g'risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo'ldi. Unda asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan.
1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha Sintoizm yaponiyaning davlat dini hisoblanar edi. Natijada dinning strukturasi ham o'zgara boshladi, ilohiy ruhlar o'rniga imperator shaxsi ulug'landi.
Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko'plab qurildi. XIX asrning oxirlariga kelib mohiyatini yo'qota boshlagan Sintoizm 1945 yilda davlatdan ajrtib tashlandi. Hozirgi paytda Sintoizm tarafdorlari unchalik ko'p emas, ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom etmoqda.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin