Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


-reja. Kushonlar imperiyasida buddaviylik dinining davlat dini darajasiga ko’tarilishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə30/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

2-reja. Kushonlar imperiyasida buddaviylik dinining davlat dini darajasiga ko’tarilishi.
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddaviylik muayyan o'rin egallagan. U zardushtiylik dini ta'sirida va u bilan yonma-yon shakllangan dinlardan biri bo'lgan buddaviylik miloddan avvalgi VI-V asrlarda Xindistonning shimolida vujudga kelgan; keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida ro'y bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar – urug'-qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi, sinfiy jamiyatlarning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatining paydo bo'lishi bilan bog'liq edi. III asrga kelib dunyoviy jamiyat (imperator Ashoka)ning faol qo'llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik darajasida yagona bo'lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi – singxa) va diniy aqidachilik shakllangan.
Buddaviylikning markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda bu yerlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan grek-baqtriya podshohligining o'rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to'g'ri keladi.
Kushon imperiyasi o'zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg'oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, ehtimol Uyg'uristonni ham o'z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddaviylik Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo'li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan.
Keyingi o'n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy ma'lumotlarni umumlashtirgan holda tahmin qilish mumkinki, islomgacha bo'lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyo g'oyaviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddaviylik faqat maxsus ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag'al dehqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddaviylikni qabul qilgan Markaziy Osiyo xalqlari diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar qurganlar.
Buddaviylik bilan bog'liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga olingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim o'rin egallaydi. Buddaviylik bilan bog'liq imoratlar, qurilishlar hozirda ham Shimoliy Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkmanistonning Janubiy tumanlarida, Tojikistonda va Qozog'iston janubida ma'lumdir.
Bular orasida eng yirik inshoot eski Termizdagi Qoratepa nomli g'or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta tepalik bo'lib, unga qum toshli g'or binolar o'yib solingan; yer ustida binolar barpo etilgan; bularning hammasi bir butun uyg'un bo'lgan buddaning 20-25 ibodatxonasini tashkil qilib, Kushon podshohiligida buddaviylikning muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg'a qilingan sopol idishlarga bitilgan har xil yozuvlarni o'rganishlar Qoratepaning milodning I asr oxiri va II asri boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar O'rta Osiyoga kirib kelganlaridan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan dalolat beradi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin