Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə28/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Zardushtiylik dini qachon va qyerda vujudga kelgan.

  2. Zardushtiylik dini vujudga kelishi yuzasidan qanday farazlar mavjud?

  3. Zardushtiylik dini rahnamosi kim va u haqida ma’lumotlar ayting.

  4. Zardushtiylik ta'limoti haqida nimalar bilasiz?

  5. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal tamoyilini yoritib bering.

  6. Zardushtiylikda tabiat qanday ulug’langan?

  7. “Avesto” hqida ma’lumot bering.

  8. Avestoning tarkibiy tuzilishini ketma ketlikda sanab bering


4-MAVZU. BUDDAVIYLIK DINI
REJA;

  1. Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari va manbalari.

  2. Kushonlar imperiyasida buddaviylik dinining davlat dini darajasiga ko’tarilishi.

  3. Tripitakan va buddaviylikning muqaddas manbalari.

  4. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon.

Tayanch so`z va iboralar: Sidxartxa, Budda, shakyamuni, tripitaka, dzen buddizm, chan buddizm, Qaratepa, Dalvarzintepa.
1-reja bayoni. Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari.
Buddaviy dini — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (Xristian dini va Islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Buddaviylik Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddaviylik muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. 
Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bo'lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida “nurlangan”, oliy haqiqatga erishgan degan ma'noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma'noda ko'p marta ilohiy tug'ilishlar tufayli mutlaq barkamolikka erishgan; boshqalarga ham diniy najot yo'lini ko'rsata oladigan odam bo'lgan.
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda Sidxartxadir. U vafot etgandan so'ng Budda – «haqiqatga erishgan» deb atalgan; u ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug'idan bo'lgan eng obro'li Shakya qabilasini tanlagan; ana shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko'ru Gautama hhind qabilasi xukmdorlaridan birining ug'li bo'lib, u befarzand bo'lgan; ammo uning xotini g'oyibdan xomilador bo'lib, 45 yoshida o'g'il tuqqan; bola tug'ilganda mo''jiza yuz bergan: tabiiy hodisalar – yer qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan; uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turganlar; chaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qo'yganlar; U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan.
Sidxartxaning otasi o'g'lini din yo`liga bag'ishlashga rozi bo'lmay, unga yaxshi ma'lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday qiyinchilik ko'rmay o'sgan; o'spirinligidayoq o'zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan hammani hayratga solar ekan. U bir cholga duch kelgan, kasal yotgan kishini, o'likni ko'rgandan so'ng hayotning mohiyati, maqsadi, og'irliklari, kasallik va o'lim haqida o'ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligini anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yo'liga kirgan; bu bilan u kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq yetib, ulardan qutulish yo'lini topmoqchi bo'lgan. Nihoyat, 36 yoshida «haqiqiy bilim»ni topganligini e'lon qilgan. Shundan so'ng u Budda deb nom olgan («budda» so'zi ilohiy haqiqitga erishgan, degan ma'noni anglatadi). Shu tariqa o'ta ulug'vor haqiqat siri ochilgan, ular buddaviylik ta'limotiga asos qilib olgan.
Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlardan izlash va topish lozim. Qadimgi Hindistonda buddaviylik shakllanganga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o'rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, keyingi tabaqaga podsholar, xarbiylar, o'rta tabaqaga – dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq xizmatkor, cho'rilar kiritilar edi.
Buddaviylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bo'lgan. U braxmanlikni jonning ko'chib yurishi, jannat va do'zax haqidagi aqidalarni saqlab qolgan. Braxmanlikning jamiyatning kastalarga bo'linishi to'g'risidagi ta'limotiga qarshi chiqib, barcha kishilar e'tiqodda teng huquqli deb e'tirof etilgan. Buddaviylikning diniy tenglik haqidagi g'oyasi odamlarning kastalarga bo'linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol o'ynagan. Ayni paytda buddaviylik kishilar «azob-uqubat» chekishda va undan xalos bo'lishda ham tengdirlar deb hisoblangan.
Buddaviylik ta’limotining asosini 4 haqiqat tashkil etadi:
1 haqiqat – azob uqubat mavjud
2 haqiqat – azob uqubat sababi - istak mavjud
3 haqiqat - azob uqubat tugashi - nirvana mavjud
4 haqiqat – azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yo'l mavjud

Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.


1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):

  • qotillikdan saqlanish;

  • oʻgʻrilikdan saqlanish;

  • gumrohlikdan saqlanish;

  • yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;

  • mast qiluvchi narsalardan saqlanish.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin