Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə83/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

2-reja bayoni. Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda
diniy targ‘ibot usullari.
Terrorchilarning targ‘ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. Jumladan, “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “V Kontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzg‘unchilik va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. SHuningdek, Islom dinini noto‘g‘ri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo‘lga kiritishdir. Kitobda din niqobi ostidagi “rahnamolar” haqida ham yoziladi. Bular, Muhammad ibn Abdulvahhob, Hasan al-Banno, Sayyid Qutb, Muhammad Ilyos Kandehlaviy, Taqiyuddin Nabahoniy, Abdul Qadim Zallumlarning yoshlar ongiga kuchli ta’sir o‘tkazadigan: “Xudo-idealimiz, payg‘ambar-dohiyimiz, Qur’on-konstitutsiyamiz, jihod-vositamiz, din va Xudo yo‘lida qurbon bo‘lish-ezgu orzuimiz”,- kabi jarangdor shiorlari aslida soxta bo‘lib, g‘arazli maqsadga erishish yo‘lidagi niqobdan boshqa narsa emas.
Bu xususda 2017 yil 28 iyun kun.uz saytida bergan ma’lumotga ko‘ra: Ukraina hukumatining barcha kompyuterlari xakerlik hujumiga uchradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Pavel Rozenko Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Tabiiyki, tarmoqning barcha foydalanuvchilari kabi ekstremistlar ham turli xil saytlar va forumlarga kirib ko‘radi. Mudom shakllantirilib boriladigan dasturli ta’minotdan foydalanadi, tarmoqli ta’minot shu jumladan internet orqali maxfiy muloqot tarqatmoqda. “Al-Qoida”ning birinchi rasmiy sayti 2001 yil 11 sentyabr voqealarigacha ham mavjud bo‘lgan. “Al-Qoida” sayti o‘sha vaqtlardagi veb-resurslardan farq qilmagan, uning katta qismini statik (turg‘un, muvozanat holatidagi) tasvirlar va turlicha matn, e’lonlar (asosan arab tilida), shuningdek, bir nechta qisqa videoroliklar tashkil qilgan.
“Al-Qoida”ning rasmiy tashkiloti paydo bo‘lishi, saytda boshqa din niqobidagi “dindor”larning o‘zini oshkor qilishi tezlik bilan kengayib bordi. Yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlar kabi, ularni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘plab sahifalar, turli xil ko‘rinishdagi forum va ijtimoiy tarmoqlar “bolalab” ketdi. Ammo uning din niqobi ostidagi ekstremistlarning diniy mafkurasi bilan tanish bo‘lgan har qanday odam, kichik detallar vositasida go‘yoki “hamfikr birodarlar”i orasida ekanligi — bugungi kunning xavfidir. Bu o‘z vaqtida “Al-Qoida” tomonidan emas, balki uning tarafdorlari tomonidan yaratilgan edi va o‘z navbatida, to‘laqonli ijtimoiy tarmoqlarni yaratishda “asqotadigan” zamonaviy texnologiyalar dunyosida bilim darajasini namoyish etib, bu guruhning haqiqiy a’zolari diqqatini o‘ziga jalb qilgan.
nuqtai-nazardan qaraganda, bugungi kunda yoshlar ongi va ruhiyatida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Qisqa yo‘l, ko‘pincha ekstremistik xarakterda bo‘luvchi – eng yaxshi yo‘l emasligini bilish uchun bilim va hayotiy tajriba lozim.
Ekstremistik mafkura ta’siriga tushib qolgan yosh yigit-qizlardagi asosiy belgilar:
- Uning xatti-harakatlari keskin yoki qo‘pol bo‘lib qoladi, noodatiy yoki jargon leksika shakllanadi;
— Ma’lum bir submadaniyat qoidalariga mos ravishda birdan kiyinish uslubi va tashqi ko‘rinish o‘zgaradi;
—Kompyuterida siyosiy-ekstremistik yoki ijtimoiy-ekstremal mazmundagi fayllar, rolik yoki tasvirlar ko‘payib boradi;
—Xonadonda tushunarsiz yoki noodatiy timsol va atributlar, qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan sovuq predmetlar paydo bo‘la boshlaydi;
— U kompyuterda ko‘p vaqt o‘tkazib, maktab, oliy ta’lim, badiiy adabiyotga, film, kompyuter o‘yinlariga aloqador bo‘lmagan ta’lim bilan shug‘ullanadi;
— Siyosiy va ijtimoiy mavzularda ko‘p gapira boshlaydi, bunda sabrsizlik hamda keskin mulohazalar kuzatiladi;
Internetdagi taxallus, parol va hokazo ekstremal-siyosiy xarakter kasb etadi.
“Kiber hujum mexanizmi”ga qarshi “Kiberhimoya mexanizmi”:quyidagilardan iborat: hammamizga ma’lum bola tarbiyasi ota-ona, mahalla, maktab gardaniga tushadi. Bunda yoshlarni keskinlik yoki tazyiq o‘tkazib to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmaydi. Hech bir zo‘ravonliksiz va asosli fikr-mulohazalar bilan tushuntirish ishlari olib borilishi zarur. “Kontrpropaganda” ishlari bosh tezisi – inson olamni o‘zgartirish uchun mukammal bilim va chuqur mulohaza yuritsa, jamiyatda mutaxassis va avtoritetga aylansa, uning ergashuvchilari tabiiyki ko‘proq bo‘ladi. Shunda yaxshi maqsadlarga erishishi muqarrarligi ta’minlangan bo‘ladi, deb bosim o‘tkazmay, qalban yondashib bolaning ongiga “etkazish” lozim. Bolaning xatti-harakatlarini mutlaqo qoralash kerak emas. Bu uning qarshi reaksiya — himoya pozitsiyasini qo‘llashiga olib keladi.
Hech qachon ekstremizm – ijtimoiy xastalik ekanligini unutmaslik lozim. Shuning uchun unga jarrohning emas, psixolog qurollari bilan yondashish kerak. Bunday “romantika”ga asosan yoshlar ishonib, bu ular energiyasini destruktiv yo‘nalishga burib yuboradi. Shunday targ‘ibot va tashviqot asosida shakllanish bosqichidagi yoshlar va ta’sirchan ijtimoiy qatlam vakillarida tabiiy ravishda olamni adolatliroq qilish (masalan elitalar shakllanishi, nochorlik, mehnat haqqi va karera o‘sishidagi adolatsizlik, jinoyatchilikning yuqori darajadaligi, oddiy fuqaro huquqini himoyalashda adolatsizlik, ishsizlik, qonuniy idoralar tomonidan siyosiy tizimga ta’sir sustligi kabi masalalar yuzasidan) xohishi yuzaga kelib, umuminsoniy qadriyatlarni rad qila boshlaydi, o‘zini ijtimoiy fikrga qarshi tuta boshlaydi, ta’lim olishda mutaxassis sifatida shakllanish o‘rniga, kelajagi yo‘q yo‘nalishga tushib qoladilar.
Axborot ekstremizmining spetsifik jihatlari:
— Radikallik, biror maqsadga erishish va qizqiqishlarini amalga oshirishda;
— Antiijtimoiylik, tarixiy shakllangan, ijtimoiy huquqiy o‘zaro hamkorlik pozitiv shakllari va modellarini buzadi, qiziqishlar mavjud muvozanotini buzadi, o‘zaro hamkorlikda mojarogenli makon yaratadi;
— Institutsionallik, u chegaraviy sharoitda va marginal makonlarda pishib etiladi va institutlashtiriladi;
—Siyosiy-huquqiy tafakkur buzilishi, chunki ekstremistik faoliyat sub’ekti ko‘pincha deformatsiyalashgan ongli bo‘ladi, uning ijtimoiy-madaniy muhit, norma va qadriyatlardan qochishida kuzatiladi;
—Natijalarning noqonuniyligi, axborot ekstremizmning amal qilishi qonuniy bo‘lsa-da (ba’zi holatlarda), ammo beriladigan imkoniyatlardan qarshi maqsadlarda foydalanadi.
Unga qarshi kurash ommaviy kommunikatsiyaning zamonaviy ilg‘or texnologiyalari vositasida, ilg‘or ilmiy-texnik ishlanmalar vositasida amalga oshirilishi lozim. Xususan, global tarmoq monitoringi yordamida bu ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish mumkin.
Internetda ekstremizm bu avvalo targ‘ibot-tashviqotdir. Ekstremistlar e’tiqod qiladigan bir qator maqsad va qarashlar, qadriyatlar targ‘ib qilinadi, ularning “ilg‘or”, “muqarrar”ligi isboti keltiriladi, qarshilar va dushmanlar aniqlanadi. Agarda tashkilot ma’lum bir submadaniyatga e’tiqod qilsa, o‘zlarining targ‘ibot va tashviqotida “kiberhujum mexanizmi”ni ishga soladi. Bularga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
— kiyinish uslubi, xatti-harakat, tashqi ko‘rinish va hokazolar kabi masalalar bo‘yicha maslahatlar beriladi;
— kundalik hayotga oid nima qilish mumkin-u, nima mumkin emas;
— “to‘g‘ri” narsani to‘g‘ri bajarishni, u yoki bu ko‘rinishda “qo‘shilish” yoki “kurash”ga chaqiriladi.
Biz bu kabi din niqobi ostidagi yoshlarda internet orqali salbiy xarakter shakllantirishga harakat qilayotganlarning “kiberhujum mexanizmi”ga qarshi yosh avlodni asrashimiz uchun “kiberhimoya mexanizmi”ni quyidagicha qo‘llash mumkin:
— birinchidan, internetda berilayotgan ma’lumotlarni “filtrlash” yoki yoshlarda “filtrlay” olish qobiliyatini shakllantirish;
— ikkinchidan, internet ma’lumotlarga yoki kompyuterga qiziquvchi yoshlarga doimiy ravishda salbiy saytlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida kerakli ko‘rsatmalar berib boish;
— uchinchidan, joylarda ota-onalar uchun doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish;
— to‘rtinchidan, maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti pedagog jamoasi, o‘quvchi va talabalar orasida internet hujumlari va internet savodxonligi bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil qilish;
- beshinchidan, maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida internet savodxoniligi bo‘yicha maxsus kurslar o‘qitilishi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida maktab, litsey, kollejlar va oliy ta’lim muassasalari uchun o‘qituvchilar tayyorlanishini hisobga olib, fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, “Kibermakondagi diniy ma’lumotlar va kiberterrorizm” maxsus kurs yoki fanlarning ishchi fan dasturlariga alohida mavzu shakllantirib kirgizish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’lim va yoshlar bo‘yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona “ZiyoNET” milliy ta’lim tarmog‘i tashkil etilganligi axborot xurujlariga qarshi turishda bir “mexanizm” ekanligi, “Kiber jinoyatlar to‘g‘risida” Konvensiya, “Voyaga etmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida” Evropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, “Bola huquqlari to‘g‘risida” BMT Konvensiyasi kabi qonunlar va Xalqaro Konvensiyalarniyuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasalariga fan sohalarining mazmunlaridan kelib chiqib o‘rgatishimiz lozim deb hisoblaymiz.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda axborot maydonidagi “inqilobiy yangilik” sifatida e’tirof etilayotgan “kibermakon” asta-sekin jahon jamoatchiligi uchun tobora jiddiy xavf tug‘dirib bormoqda. Xalqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari ko‘rilmagan din niqobidagi tahdidlar ortayotgani, kiberjinoyatchilik, kiberhujum, kibertahdid kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelayotgani kishini xavotirga solmoqda.Hozircha bu xurujga qarshi turadigan qurol yo‘q. Axborotga bo‘lgan ehtiyoj bor ekan, kiberjinoyatchilik turli shakl va usullarda bo‘y ko‘rsataveradi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin