Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə26/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

3-reja bayoni. Zardushtiylik ta'limoti. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal tamoyili. Govmard va shoh Yima. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.
Zardushtiylik dini ta'limotini quyidagi uch tarixiy qismga bo'lish mumkin; 1. Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug'chilik tuzumidagi e'tiqodlar, ko'p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; 3. Qadimiy ko'pxudolilik va keyingi yakkaxudolilik g'oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini shakllangan. «Avesto» bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Zardushtiylikning asosiy g'oyalari olimdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o'lim o'rtasidagi kurashga bog'liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam asosiy kuch va rolni o'ynaydi, u tanlash erkinligiga ega, u o'z g'ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta'sir eta oladigan kurashdir.
Zardo’shtiylik imoni 3 tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligidan iborat. 
Axuramazda odamlarni o’z istaklarida xolis bo’lib, ular bir-birlari bilan murosa qilib yashashni odat qilishlari, g’arazgo’ylik, kattazanglik (dimog’dorlik), shuhratparastlik, qonunsiz ishlardan o’zlarini tiyib yurishga chaqiradi. «Bergan so’zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo sotiq shartnomaga qat’iy amal qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va hiyonatdan holi bo’lish imonlilik alomatlaridir».
Imonli odam o’g’rilik va talonchilikdan, begonalarning mol-dunyosiga ko’z olaytirishdan, o’z-o’ziga hiyonat qilishdan, ya’ni imoniga xilof ish qilishdan o’zini saqlay biladigan komil insondir. «Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proqqayyouring», ya’ni avval ma’naviy dunyoyingiz musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi, deydi Axuramazda.
«Avesto»ning muqaddas kitoblarida qadimiy materialistik falsafaning asoslari – tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunohlar qatoriga qo’shiladi. Hatto marhumlar erni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasliklari uchun ularning murdalarini maxsus sopol idishlarda ko’mish rasm bo’lgan. Axuramazda «erga yaxshi, mustahkam urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q», deydi. Xudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni qurbonlikka so’yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish erdagi yovuzlikka barham berish, demakdir. «Odam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, - deyiladi bashoratlarda, - kimki erga urug’ qadabdi, u odamiylikka imon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir.
Odamlar tabiatning bu go’zalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar. Yosinning 29 - bashorat 5-hikmati va 50-bashorat 8-hikmatidan ibodatdan so’ng, ikki kaftni oldinga yozib ko’targan holda xudoi taolodan o’z talablarini iltijo qilish rasm – rusumi haqida gap boradi. Bashoratlarda yer, osmon, okean, boshlanishi yo’q yorug’lik sohasi va jannat haqida fikrlar mavjud.
Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Iyim nomi bilan birinchi odam va uning faoliyati haqida gap boradi. U Axuramazda irodasiga muvofiq, odamlarni, hayvonlarni va qushlarni parvarishlaydi, yer yuzida qizil shu’lali olovni ko’paytiradi va shu tarzda 300 yil yashaydi. Axuramazda unga oltin nayza bilan, oltin qamchi xadya etadi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganida, Iyim nayzani erga suqib, xudodan uni kengaytirishni iltijo qiladi va bunga erishadi.
Axuramazda Odam Atoga muz davri kelayotganidan xabar beradi, bu ofatning oldini olib qolish kerakligini aytadi. Iyim maxsus uy qurib, mavjud hamma hayvon va o’simliklarning eng yaxshi zoti va navidan bir juftdan saqlaydi, natijada dunyoda tirik tabiatni ofatlardan saqlab qoladi. Biroq Iyim o’z ishiga ortiqcha baho berib, mag’rurlanib ketadi va xudo tomonidan taqiqlangan ne’mat – yirik shohli hayvon go’shtidan tanovul qilib qo’yadi. Oqibatda xudoning qahriga uchrab, abadiylikdan mahrum bo’lib qoladi. Odamzod hayotining bu birinchi bosqichidan so’ng, ikkinchi davr boshlanadi.
Bu davr Zardo’sht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog’liq bo’lib, u din va imon uchun beomon kurashlar bilan xarakterlanadi. 3000 yillik kurashlardan so’ng, Zardo’shtning farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi, yovuzlik kuchlari timsoli bo’lgan dev – Axriman engiladi. 3- davrda qiyomat – qoyim boshlanadi va o’liklar tirilib, xudo xuzo’riga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan voqif bo’lgan va hisob-kitob qilib borgan xudoi taoloni aldab bo’lmaydi. Zardo’shtiylik e’tiqodicha, odam o’lgandan so’ng uning joni uch kun davomida tanada turadi, to’rtinchi kunda o’z mahrami – farishtasi yo’lboshchiligida narigi dunyodagi «Chinvot» degan ko’prikdan o’tishi kerak. Ezgu ishlar qilgan odamlar uchun bu ko’prik kengaygan holda turadi. Ular undan bemalol o’tib, jonlari abadiy rohat – farog’atda ketadi va oxiratda o’liklar tiriladigan kunda o’z tanalariga kirib yotadilar. yovuz ishlar bilan shug’ullanganlar uchun « Chinvot» qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo’ladilar.
Eron shohlari o’z imperiyalarini barqaror qilishda Zardo’shtiylik dinining o’rni va roliga to’g’ri baho beradilar. Biroq bu dindagi o’rtahol dehqonchilik, mo’’tadil, kamtarona hayotdan iborat turmush tarzini ilohiylashtirib, quldorchilik munosabatlarini qoralash ularga yoqmaydi. Shuning uchun Eron shohlari Zardo’shtiylikni Zardo’shtgacha bo’lgan va Yaqin Sharqda ham keng tarqalgan ko’p xudochilik g’oyalari bilan aralashtiradilar. Zardo’sht o’rniga o’zlarini xudo vahiylarini odamlarga etkazib turuvchi payg’ambar o’rniga qo’yadilar. 
«Kichik Avesto» da Axuramazda olamni yaratuvchi va tartib o’rnatuvchilikdan ko’ra ko’proq qabilaviy xudolarni boshqaruvchi Bosh xudoga aylanib qoladi. Ahmoniylar Gretsiyani bosib olish uchun olib borgan urushlari (bunda Markaziy Osiyodagi turk jangchilari katta rol o’ynagani uchun Aleksandr Makedonskiy ulardan qasos oladi) hamda greklarning Eron va Turonni ishg’ol etishi oqibatida Axuramazda qadimgi Gretsiyada bosh xudo Zevs, Aflotun sifatida talqin etila boshlaganiga adqiqotchilar e’tiborni qaratadilar.
Ahmoniylar Zardo’shtiylikni o’z e’tiqodlariga bo’ysundirgan bo’lsalar, Aleksandr Makedonskiy bu dinni butunlay yo’q qilish uchun unga oid kitoblarni yoqtirib yuborgan. Arablar Eron va Turonni bosib olishgach, mazdakizm ko’rinishidagi Zardo’shtiylikka e’tiqod qiluvchilarni zo’rlik bilan islomga kiritadilar. O’z e’tiqodidan voz kechmaganlarni o’ldiradilar, quvg’in ostiga oladilar. Zardo’shtiylikning bizgacha etib kelishida unga e’tiqod qilib kelayotgan Hindistondagi eronliklarning hissasi katta.
Biroq hukmdorlar Zardo’sht asos solgan g’oyalarni yo’q qilib yuborishga kuchlari etmadi. Uning olam, odamning yaratilishi, ikki dunyo haqidagi g’oyalari, jannat va do’zax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar yozib borilishi, so’roq-savollar. «Chinvot» ko’prigi, jihod, erkin va ozod turmushga asoslangan barqaror tartibotlarni qaror topishi, yakka xudo bilan odamlar o’rtasidagi vositachi – payg’ambar to’g’risidagi fikrlar budda, xristian, islom dinlarida o’ziga xos ravishda xanuz yashab kelmoqda. Shuning uchun tadqiqotchilar jahon dinlarining vujudga kelishi va shakllanishida Zardo’sht asos solgan Zardo’shtiylik dinining o’rni va rolini munosib baholaydilar.
Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro'z, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bo'lgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizg'aldoqning ochilishi, bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning go'zallashib borishi ezgulik ruhining tantanasi bo'lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo'lgan. Odamlar tabiatning bu go'zalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin