Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə25/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

2-reja bayoni. Zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit.
Zardo’shtning diniy islohoti o’z-o’zidan yuzaga kelgan emas. G`arbiy Evropa va rus tadqiqotchilarining fikricha, milodgacha bo’lgan 3-2 ming yilliklarda Markaziy Osiyoda oriy deb atalgan qabila yashagan. A. P Primakning aytishicha, oriylar ko’chmanchi chorvadorlar bo’lishgan. Ularda yozma adabiyot bo’lmagan, ammo hayratomuz og’zaki ijod iste’dodiga ega bo’lib, ular yaratgan o’ziga xos ashula, gimnlar, o’git-nasihat shaklidagi qo’shiqlar avloddan-avlodga o’tib borgan. Umuman, Sharqda qadimda inson ichki olamini munavvar etish, niyati bilan amal mushtarakligiga jiddiy ahamiyat berish diniy va falsafiy fikrlarning markazida turgan. Angliyadagi Oksford universitetining professori Maks Myuller Pomir atrofida yashagan oriy qabilalarining Hindistonga, bir qismi Evropa va Eronga ko’chib ketishganini ta’kidlab, ular, albatta o’zlari bilan birga shu erdagi osori-atiqalar (mifologiya)ni ham olib ketishgan, deydi.
Demak Evropa va Hindistonga hamda Yaqin va O’rta Sharqqa tarqalgan ko’p xudolik asoslari avvalo Markaaziy Osiyoda vujudga kelgan, shu bilan birga Zardo’sht asos solgan yakka xudolik din ham boshqa joyda yashayotgan xalqlar e’tiborini o’ziga jalb etgan.
Masalan, Zardo’shtiylik dini bo’yicha katta va izchil tadqiqot olib borayotgan ingliz olimasi Meri Boys bunday deydi: «Zardo’shtiylikning ulug’vor va original ta’limotlari butun Yaqin Sharq hududida ta’sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va islom paydo bo’lgan». Shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham Zardo’shtiylikdan oziqlangan. «Shuning uchun, - deydi u, - jahon dinlarining barcha jiddiy adqiqotchilari Zardo’shtiylikni o’rganadilar».
Agar Zardo’shtiylik qadimgi Movarounnahr va Baqtriyadagina emas, balki Araxoziya, Sakiston ( hozirgi Afg’oniston va Shimoliy Hindiston), fore, Midiya, Parfiya, Assuriya, Vaviloniya, Lidiya va Kappodoniya (Kichik Osiyo), Gretsiya, Suriya, falastin hududlariga ham tarqalganini hisobga olinsa, haqli ravishda uni jahonga tarqalgan birinchi din deyish mumkin. Zardo’shtiylikning Markaziy Osiyoda vujudga kelganligi, u jahon madaniy hayoti (tsivilizatsiyasi)ga ko’rsatgan zo’r ta’sirini inkor etish qiyin. Bu din haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishimizda avvalo ingliz D. J. Bulger, so’ngra frantsuz tadqiqotchilari A. Dyupliz va A. Dyuperondan minnatdor bo’lishimiz lozim. 1755 yilda Dyuperon Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi Zardo’shtiy (mazdakiy)lar orasida uch yil yashadi, ularning ibodatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishdi va «Avesto» ni frantsuz tiliga tarjima qildi. Hozir «Avesto»ning to’rtdan bir qismining eng nodir nusxasi Bombaydagi Kama Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. U 1915 yilda ko’chirilgan bo’lib, 672 betdan iborat. «Avesto» ning qarbiy Evropa, Eron va hind tillari orqali bizga ma’lum bo’lgani uchun undagi nomlar va terminlar, aftidan asliga to’g’ri kelmaydi. Ko’pgina osori atiqalar, ismlar, joylarning nomlari hindcha tusda yoki hindi – evropa tillariga xos shakl olgan. Undagi turkona jihatlar kam qolgan. Har bir sohada birinchi ish, birinchi qadam, birinchi kashfiyot bag’oyat qadirlanib, insoniyat bu qadamini boshlab bergan kishilarni minnatdorchilik tuyg’ulari bilan doimo eslab turishni o’z burchi hisoblagan. Shu ma’noda jahon dinlari keyingi 2,5-1,5 ming yil davomida takomillashgan, ularning marosimlari, urf-odatlari, rasm-rusumlari nechoglik xilma-xil tus olgan bo’lmasin, ular baribir Zardo’sht asos solgan yakka xudochilik e’tiqodlarining vorisi hisoblanishi kerak. Ulug’ vatandoshimiz Zardo’sht Sepitomaning tarixida, madaniy taraqqiyotda o’ynagan buyuk rolini tiklash orqali o’z milliy qadriyatlarimizni ham tiklagan bo’lamiz.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin