Qarshi davlat universiteti 70220301–Tarix yo’nalishlar va faoliyat turlari bo



Yüklə 17,24 Kb.
tarix11.08.2023
ölçüsü17,24 Kb.
#139150
ilmiy rahbar xulosasi (3)


Qarshi davlat universiteti 70220301–Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turlari boyicha) mutaxassisligi II-bosqich magistratura talabasi Sharifov Shoxjaxon To’lqinjon oglining “Qashqadaryo viloyati suv omborlari tarixi” mavzusida bajarilgan magistrlik dissertatsiya ishiga
XULOSA
O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan, qoldirilgan tarixiy, ma’naviy, madaniy merosni tiklash, yosh avlodga tariximizni ilmiylik, xolislik bilan tadqiq etilgan tarixni ochib berish davlat siyosati darajasidagi muhim vazifa sifatida e’tibor qaratilib kelinmoqda. O‘zbekiston Ruspublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyev: “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak”1ligini o‘ziyoq biz tadqiqotchilarga hali ko‘p izlanishlar orqali vazifani bajarishga hissa qo‘shishimizdek mas’uliyatni yuklaydi.
Ma’lumki, O‘zbekiston tarixida qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning yirik va o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jahonda oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza mahsulotlarning ishlab chiqarish borasidagi dolzarb vazifalar mavjudki, biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilish, sifatli oziq-ovqat ekinlari yetishtirishga alohida e’tibor bermoqdamiz.
Qashqadaryo vohasi sug‘orilish tarixi O‘zbekiston tarixining tarkibiy, ajralmas qismi bo‘lib, vatanimiz tarixida aholining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi kechmishida munosib ta’siri yaratilgan vohalardandir. Qashqadaryo vohasi hududi shimoldan janubga, sharqdan g‘arbga o‘tish yo‘lagida joylashganligi nuqtai nazaridan qaralganda ham muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga voha iqlimining o‘ziga xosligi, o‘lkada dehqonchilik qilish uchun qulay geografik muhitga ega hisoblanadi. Ammo tabiiy yog‘ingarchilik mavsumida suvlarning ko‘payishi, yoz oylaridagi suv taqchilligi kishilarning bu yerlarda sug‘orish tizimlarini rivojlantirib, suv bilan ta’minlash masalasini doimo birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Ilmiy ish Qarshi davlat universiteti ilmiy-tadqiqot rejalari doirasida bajarilgan. Magistrant Sharifov Shoxjaxon To’lqinjon o‘g‘li o’z tadqiqot ishida Qashqadaryo vohasi milliy me’ros obye’ktlari tarixi va ularning moddiy madaniyatimiz tarixida tutgan o‘rni bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqgan.
Tadqiqot jarayonida olingan natijalarning asosiy qismi 3 ta ilmiy maqolalar va tezislarda chop etilgan.
Dissertatsiya tarkiban kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat .
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi esa quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda xususan uning janubiy viloyati bo'lmish Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilgan sobiq ittifoq davridagi mustamlakachilik siyosatining natijasida suv omborlarning bunyod etilishi tarixi ilk bor tadqiqot mavzusi sifatida o'rganildi;
-mavzuni yotirishda mustaqillik davri adabiyotlari hamda chet el adabiyotlari tahlilga tortilib, arxiv ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi;
-Qashqadaryoda barpo qilingan suv omborlari mustamlakachilik mohiyatida faqat paxta monokulturasiga erishish maqsad qilinganligi dalillandi;
-II-jahon urushidan keyingi davrda Qashqadaryoda iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanishi natijasida aholining tomorqa xo‘jaliklarining salmog’ining kamayganligi, kundalik hayot kechirishga zarur bo‘lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish keskin kamayib, paxta xomashyosi nihoyat darajada ortganligi aniqlandi;
-O‘zbekistonda sug’oriladigan yer maydonlarining ekstensiv ko‘payishi natijasida yerlarning iste’moldan chiqish holatlari ortganligi yoritildi;
-mustabid sovet davlatining qarorlarining bajarilishi naqadar zo‘rma-zo‘raki bajartirilganligi, Qashqadaryo viloyatida aholining quilishdagi ishtirokida inson qadri hamda taqdirining ahamiyatsizligi dala materiallari asosida ochib berildi;
Magistrlik dissertatsiyasi o‘zbek tilida ilmiy asoslangan holda ifodalangan. Magistrlik dissertatsiyasini yozishda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti farmon va qarorlaridan keng foydalanilgan . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida keltirilgan ilrniy-nazariy adabiyotlar tahlil qilingan, shuningdek muammoni o‘rganishda internet va xorijiy adabiyotlardan imkon darajasida foydalanilgan. Magistrant Sharifov Shoxjaxon To’lqinjon o‘g‘lining dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbari Qarshi Davlat Universiteti Magistraiura Kengashining majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi va tarkibiy tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2- martdagi 36-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq tayyorlangan.
Tadqiqot ishi magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablar asosida bajarilganligini inobatga olib.
Davlat Attestatsiya Komissiyasida himoya qilishga tavsiya etaman.


Qarshi davlat universiteti
Ozbekiston tarixi kafedrasi
professori, tarix fanlari doktori: B.J.Eshov



1


Yüklə 17,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin