Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Okean va dengiz suvining issiqlik rejimi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə22/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
BT GO`M 22

Okean va dengiz suvining issiqlik rejimi. Okeanlar issiqlikni quyoshdan oladi. Suvning maydoni quruqlik maydonidan 2,5 marta katta bolganligi sababli yer sharining quyoshdan oladigan energiaysining 2/3 qismidan ortiqrogi dunyo okeaniga tushadi. Agar yer yuzasiga quyoshdan bir yilda 5*10 kkal energiya tushsa shuning 3,6*10 kkal qismi Dunyo okeaniga togri keladi. Issiqlik sigimi katta bolganligidan suv ozida juda kop issiqlik toplaydi.
Dunyo okeani suvlari sho‘r bo‘lganligi tufayli chuchuk suvga nisbatan ancha past temperaturada muzlaydi.Tarkibida tuz bo‘lgan muzlar qattiq emas, balki bir oz plastik bo‘ladi. Shu sababli, yupqa muzlar sho‘r suvda chayqalganida mayda-mayda bo‘laklarga ajralmasdan, bir qismi pasyib, ikkinchi qismi ko‘tarilib qoladi.
Dengiz muzlay boshlaganda, avvalo, ustida muz parchalari vujudga kelib, so‘ngra ular birlashib yaxlit muz maydonini hosil qiladi. Qutb rayonlarida bu muzlarning qalinlinligi 5m dan oshmaydi. Qutb muzlari suzib (dref qilib) yurganda yoriladi,natijada bir birining ustiga migashib, toros muzlarini hosil qiladi.
Hozirgi vaqtda janubiy yarim sharda qutb muzlarining chegarasi Tinch va Hind okeanlarida 55-60* janubiy kenglikga yetib kelsa, Atlantika okeanida 50* janubiy kenglikdan o‘tadi.Lekin suzib yuruvchi katta aysberglar esa to 30-40*janubiy kenglikgacha yetib keladi;Shimoliy yarim sharda esa 40-50* shimoliy kenglikda ham uchraydi.
Aysberg-materik muzlaridan (Antraktida,grelandiya,Shpisbergen h.k) uzilib tushgan muz bo‘laklaridir. Ba’zi Aysberglarning balandligi suv yuzasidan 80-90m,suv ostida qalinligi 500m, uzunligi 200-300km dan 560km gacha, hajmi esa 500-700km ga yetishi mumkin. Antraktidada muzning qalinligi ayrim joylarda 4km ga yetadi. Undan har yili 1180 km hajmdagi muz uzilib tushib,dengiz suvida oqib ketadi.Lekin bu chiqimni yog;inlar yana qoplab turadi. Hozirgi vaqtda Aysberglarni katta proxodlarda qurg‘oqchil qirg‘oqqa tortib keltirilib,chuchuk suv olish mo‘lljalanilmoqda.Aysberglar dengiz transportiga juda katta xavf tug‘diradi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin