Okean suvlarining harakati. Okean suvlari turli xil faktorlar (shamol,dengiz suvining bir xil isimasligi,zilzila va vulkonlar otilishi, oyning tortish kuchi va h.k)ta’sirida doimo harakat qilib turadi.To‘lqinlar,suvning ko‘tarilishi va qaytishi hamda dengiz oqimlari ayniqsa harakterlidir.
Dunyo okeanining yuzi tinch turmay, asosan, shamol, qisman zilzila va vulqonning otilishi natijasida to‘lqinlanib turadi. Hatto sekundiga 0.25m harkar qiluvchi kuchsiz shamollar ta’sirida ham okean suvlari jimirlab juda kichik to‘lqinlarni hosil qiladi. Shamol kuchining zo‘rayishi bilan to‘lqinlar kattalashib boradi. Nihoyat shamolning tezligi sekundiga m ga yetgach, haqiqiy to‘lqinlar vujudga keladi.
Okeanlarda yer qimirlaganda va vulqon otilganda suvning ustki yuzasidagina emas,balki hamma qismida (tagidan tepasigacha)to‘lqin vujudga keladi.Suv osti zilzilasi natijasida vujudga keladigan to‘lqinlar sunami deb ataladi.
Sunami to‘lqinlarining balandligi 20-30m, uzunligi esa 10km ga yetadi, tezligi soatiga 800 km ga boradi. So`nggi ming yil ichida 357 ta tsunami qayd qilingan bolib ularning koplari katta falokatlar keltirilgan. Sunami koproq tinch okeani qirgoqlariga yaqin yerlarda sodir boladi. Faqat yaponiayda sodir bolgan balandligi 10 m ga yetgan sunami 50000 uyni suv tagida qoldirgan.
Vulqonlarning otilishi natijasida ham kuchli tolqinlar boladi. 1883 yilgi Krakatau vulqonining otilishi tufayli vujudga kelgan tolqinning balandligi 35 m, uzunligi 524 km, tezligi sekundiga 189 m ga yetib, 36 ming kishini yostigini quritgan.
Okean va dengiz suvlari harakatining yana bir turi suvning kotarilib va qaytib tushishidir. Bir sutkada dengiz suvlari ikki marta kotarilib ikki marta pasayadi. Demak har 6 soatda suvning kotarilish muddati tamom bolib qaytish muddati boshlanadi. Suvning kotarilishi ichki dengizlarning qoltiqlarida va daryolarning quyar yerlarida ancha kuchli boladi. Masalan, eng kuchli suvning kotarilishi yangi shotlandiyadagi fondi qoltigida bolib 18 m ga da esa Oxota dengizining penjina qoltiqchasida 13 m ga yetadi.
Okean va dengiz suvlarining kotarilishi va qaytishi va sababini I.Nyutonning butun olsmining tortilish qonuni izohlab bergan. Quyosh va oyning yerdagi suv massaini tortishishi natijasida suvning kotarilkish hodisasi sodir boladi.
Bizga malumki, yer bilan oy ozaro bir biriga juda yaqin turadi. Yerning oyga qaragan tomonida oyning tortishish kuchi koproq bolib, dengiz suvini oyga tomon tortadi, natijada suv kotariladi. Yerning teskari tomonida aksincha, oyning tortishish kuchi kamroq bolib, markazdan qochish kuchi koproqdir.
Okean va dengiz suvi faqat oy tortishishidangina emas, balki quyosh tortishishidan ham kotarilib, qaytib turadi. Quyosh massai katta bolsa ham, u juda uzoqda joylashganligi uchun uning tortishish kuchi oyning tortishish kuchidan ancha zaifdir. Shuning uchun quyoshdan hosil bolgan suv kotarilishi oynikidan 2,17 marta kuichsizroq boladi shunday qilib, yer oz oqi atrofini bir marta aylanganda suvlarning ikki marta kotarilishi va 2 marta qaytishiga sabab boladi. Suvning kotarilishi va qaytishi natijasida juda katta energiya (8*10 kvt) vujudga keladi. Bundan foydalanib, Fransiyaning Rona daryosining quyar yeriga elektr stansiya qurilgan.
Nihoyat dengiz suvi harakatining yana bir muhimi – dengiz oqimlaridir. Suv massalarining dunyo okeanida 1 joydan 2 – joyga kochib yurishiga dengiz oqimlari deyiladi. Dengiz oqimlari juda katta suv oqimidan iborat bolib, ekvatordan kutblarga tomon va qutb olkalaridan ekvatorga uzliksiz harakat qilib turadi.
Okean suvlarining bunday harakat qilib turishiga asosiy sabab, shamoldir. Chunki doimo esib turuvchi kuchli shamollar suvning ustki qismini bir tomonga surib, juda katta suv oqimini vujudga keltiradi. Shamol tasirida vujudga kelgan oqimlar dreyf oqimlari deyiladi. Shamol 1 tomonga surib ketgan va kamaygan joyni toldirish uchun okeanning boshqa qismidan suv oqib keladi. Natijada kongensasion oqim vujudga keladi. Shamol haydab kelgan suvlar materim va orollarga urilib atrofga oqa boshlaydi. Bunday oqim quyilma (stok) oqim deyiladi.
Oqimlar tempraturasiga kora, ilk va sovuq oqimlarga bolinadi. Ekvatordan har ikki tomonga harakat qiluvchi oqimlar iliq boladi. Chunki quyosh bu yerlarn iuzoq vaqt yoritib, suvni koproq isitib turadi. Aksincha, okeanlarning sovuq suvli qismlaridan ekvator tomondan harakat qiluvhci oqimlar sovuq oqimlar boladi.
Ekvatorning har ikki tamonidan doimiy esib turuvchi passat shamollari okeanlarda shimoliy va janubiy eklvatorial (passat) issiq oqimlarni vujudga keltiradi. Bu oqim natijasida issiq okean suvi sharqdan garbga qarab suriladi. Lekin bu oqimlar materikka duch kelib, oz yonalishini ozgartirib, shimolga va janubga buriladi. Masalan, Atlantika okeanidagi Janubiy ekvatorial oqimi Januniy Amerika qirgogiga urilib, Braziliya va Gviana oqimlarini,shimoliy ekvatorial oqimi esa shimolga burilib, Meksika qoltigidan chiqib Golfstrim oqimi hosil qiladi. Bu yerga Golfstrim oqimi soatiga 6 – 10 km tezlik bilan sekundiga 25mln m kub suvni haydaydi. Bu butun yer sharidagi daryolarning suvlaridan 20 marta ortiqdir. Golfstrim oqimining kengligi 75 km, qalinligi 700 – 800 m tempraturasi 26°. U har yili Arktikaga 2*10 kkal issiqlik olib keladi. Tinch okeanidagi ekvatorial oqim garbga qarab osiyo va Avstraliya qirgigigacha davom etadi va songra 2 ga ajraladi – janubiy – garbga burilgani sharqiy Avstraliya shimolga burilgan isa Kurasivo oqimi deb ataladi.
Hind okeanida faqat janubiy ekvatorial oqim mavjud bolib, Afrikada yaqinlashgan 2ga bolinadi: shimolga burilganligi Somali oqimi, janubga burilgani esa Igolniy oqimi nomini oladi. Hind okeanida shimoliy ekvatorial oqim yoq bolib, uning orniga musson oqimi vujudga kelgan. U oz yonalishini 1 yilda 2 marta o`zgartiradi.
Tinch va Atlantika okeanlaridagi konpensasion oqimlar materiklarning garbiy qirgoqlari boylab, shimol va janub tomonlarda ekvatorga oqib keladi. Ular ekvatorial issiq oqimlar olib ketgan suvning o`rnini toldirib turadi. Bular Kanar, Benguela, Kaliforniya va Peru oqimlaridir.
Braziliya, Igolniy va Sharqiy Avstraliya issiq oqimlari 35° janubiy kenglikda Antarktida oqimi bilan birlashib ketadi.
Shimoliy muz okeanining garbiy qismida sovuq Sharqiy Grelandiya va Labrador oqimi Atlantika okeani tomonga harakat qiladi. Shimoliy muz okeanining sharqida esa doira boylab harakat qiluvchi oqim mavjud.
Yaqin vaqtgacha okean yuzasining pastki qismida oqim yoq, shu tufayli suvning almashishini juda sust deb hisoblanar edi. Shu nuqtayi nazardan radiaktiv chiqindilar okean tubiga tashlanardi. Lekin songra 10 – 20 yil ichida olib borilgan kuzatishlardan malum boldiki dunyo okeanining chuqur qismida ham oqimlar mavjud ekan. Shular jumlasiga Janubiy ekvatorial (passat) oqimining ostida 100 chuqurlikda topilgan Kramvel oqimining ostida esa unga qarama qarshi oqadigan kuchsiz oqim borligi ham aniqlanadi. Shuningdek, Antarktida oqimi okean tubigacha tarqalib, oqim tezligi okean ostida sekundiga 4–8 sm ga yetadi. Okean suvalari yerning ichki qismidan chiqadigan issiqlik natijasida ham almashinib turadi.
Shunday qilib okean suvlari uning hamma qismida ham toxtovsiz xarakatdadir. Shu tufayli suv tarkibi uning hamma qismida bir hil. Bu hol okean tubiga radiaktiv chiqindilarni tashlash juda havfli ekanligidan darak beradi.
Dunyo okeani inson uchun oziq ovqat bola oladigan osimlik va hayvonlarga juda boy. Dunyo okeanida 10 ming osimlik turi bolib quruqlikdagi osimliklarga nisbatan organik moddalarga 4 – 5 marta boy. Bazan suv otlarida quruqlikdagi otlardagiga nisbatan oqsil moddalari koproq (50%). Vaholanki mol goshtida oqsil atigi 21%.
Dunyodagi 63 hayvon sinfining 51 tasi okean va dengizlarda bolib ularning 150 ming turi mavjud. Ularning umumiy vazni 16 – 20 mlrd tonnaga yetadi. Shu sababli har gektar dengiz suvidan quruqlikdagi eng yaxshi 1 gektar yaylovda yetishtiriladigan goshtga nisbatan 2 marta ortiq mahsulot olish mumkin.
Demak dunyo okeani oziq ovqat resurslarining yirik manbaidir. Dunyo okeanidagi organik moddalarning miqdori 30 mlrd tonnani tashkil etadi. Lekin hozir dunyo okeanidagi manashu oziq ovqat resurslarining (baliqlar, kit, beluxa, dengiz mushugi, tyulen, dengiz quyoni, nerpa, morj, qiqichbaqa, mollyuska, ustrita va umurtkali ham umurtqasiz boshqa hayvonlar hamda suv osimliklari) faqat 1 %idagina inson foydalanilmoqda.
Dunyo okeanidagi hayvonlardan olinayotgan moy yetishtirilayotgan hamma joyning 3 %inigina, da esa 4 – 5%ni tashkil qiladi holos.
Okean hayvonlari ichida ko‘p moy va go‘sht berishda kit birinchi o‘rinda turadi. Uer sharidagi eng katta hayvon bo‘lib uzunligi 35m, og‘irligi 125 tonna. Shuning 50 tonnasi moyga tog‘ri keladi. Kitdan kanserva mahsuloti, chorvachilik uchun ozuqa, un, o‘g‘it, shuningdek, yuqori sifatli charm olinadi. Dunyo okeanidan hozir har yili 550mln.ts har xil baliqlar ovlanadi.
Dunyo okeanida suv o‘tlarining oziq-ovqat uchun foydalanish mumkin bo‘lgan 70 turi bo‘lib, ularning eng muhimlari dengiz karami, dengiz salati va boshqalar.
Toyifalash metodi.