Qarshi davlat universiteti ingliz filologiyasi fakultetlararo ingliz tili



Yüklə 53,11 Mb.
səhifə69/74
tarix20.09.2023
ölçüsü53,11 Mb.
#145637
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
1-KURS MAJMUA 2023-2024. 60 soat

Mustaqil ta’lim (MT)

MT1

Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Xorijiy tili fanidan mustaqil ishlarning maqsadi – amaliy mashg’ulotlar davomida olingan bilim va ko’nikmalarni yanada mustahkamlash va takomillashtirishdan iborat. Dars mashg’ulotlarida ko’tarilgan mavzularni taqdimotlar yoki yozma ko’rinishida tayyorlashlari ko’zda tutiladi.
O‘qish: amaliy mashg’ulotlarda o’tilgan mavzular yuzasidan qo’shimcha materiallarni mustaqil yoki guruhlar bilan o’qish, tahlil qilish.
Gapirish: tayyorlangan taqdimotlarni guruh oldida og’zaki taqdim etish, savol-javoblarda ishtirok etish va fikr bildirish.
Yozuv: mashg’ulotlarda yoritilgan mavzular asosida berilgan yozma ishlarni amalga oshirish, yozma hisobotlar, taqdimotlar tayyorlash.
Mustaqil ishlarning mavzulari amaliy mashg’ulotlarda yoritilgan mavzularga mos holda bo’lishi lozim. Mavzular kengroq yoritilishi va yozma yoki og’zaki taqdimot sifatida yakuniy nazoratga qadar o’qituvchilarga taqdim etilishi lozim.

MT2

Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarning amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanib kelishi va o‘tilgan materiallarni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun kafedra o‘qituvchilari tomonidan amaliy ijtimoiy sohalarga oid matnlar ishlab chiqilgan, har bir talabaga ushbu materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o‘zlashtirganligi joriy va oraliq baholashlarda o‘z aksini topadi. Shu sababli reyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular OB tarkibiga kiritilgan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning mavzuga oid ma‘lumotlarini tinglaydilar, matnlar tarjima qiladilar va mashqlar bajaradilar.
Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa bajaradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib taqdimotlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi va topshiriqlar bajaradi. Mustaqil ta‘lim natijalari baholash tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma‘lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va tezis tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta‘limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Amaliy mashg’ulotda berilgan uy vazifalarini tekshirish va baholashda bajarilgan mustaqil ta‘lim topshiriqlari baholari ham hisobga olinadi va amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Xorijiy til” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko‘rinishida shakllantirilgan.




Yüklə 53,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin