Qarshi davlat universiteti ingliz filologiyasi fakultetlararo ingliz tili


Og‘zaki nutq amaliyoti (tinglash va gapirish) moduli



Yüklə 53,11 Mb.
səhifə54/74
tarix20.09.2023
ölçüsü53,11 Mb.
#145637
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
1-KURS MAJMUA 2023-2024. 60 soat

Og‘zaki nutq amaliyoti (tinglash va gapirish) moduli kurs davomida o‘qitiladi. Mazkur kurs to‘rt ko‘nikma: so‘zlashish, tinglab tushunish, o‘qish va yozish bo‘yicha ko‘nikmalarni baravar rivojlantirishga xizmat qiladi. Kurs yakunida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro meyorlari (CEFR) bo‘yicha bosqichma-bosqich A2 – B1 darajagada amalda qo‘llay olishlari nazarda tutiladi.
Og‘zaki nutq amaliyoti (tinglash va gapirish) moduli yakunida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro meyorlari (CEFR) ga ko‘ra kurs yakuniga borib A2 – B1 darajada chet tilida tinglab tushuna olishlari va so‘zlasha olishlari nazarda tutiladi. Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari (CEFR)" meyorlarida belgilanganidek og‘zaki muloqotni egallash bo‘yicha birinchi bosqichda asosiy e’tibor muloqot strategiyalarini rivojlantirishga va dialogda suhbatga kira olishga qaratilsa, ikkinchi kursga kelib monolog (prezentatsiya, debat, kasbga doir intervyu) ko‘rinishdagi og‘zaki muloqotni rivojlantirishga qaratiladi.

Tinglash uchun mo‘ljallangan matn turlari:


- Dialoglar, suhbatlar;
- Tanishuv muloqoti;
- Jamoat joylaridagi e’lonlar (masalan, temir yo‘l vokzali, aeroportdagi e’lonlar);
- Ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar (masalan, auditoriyadagi o‘qituvchining ko‘rsatmalari, ovqat tayyorlash);
- Kishilarni tasvirlash;
- Fasllar va ob-havo ma’lumotlari;
- Monologlar (masalan, prezentatsiyalar, nutqlar);
- Sevimli mashg’ulotlar haqida ma’lumot tinglash;
- Kunlik faoliyat;
- Kiyim va kiyinish bo’yicha tinglash;
- Raqamlar va joy nomlari, kishilarning ism-sharifi bo’yicha tinglash;
- Kasb-hunar bo’yicha tinglash;
- Sport va sport mashg’ulotlari bo’yicha tinglash;
- Oila haqida tinglash;
- O’rin-joy va xarita bo’yicha tinglash va h.k.

Yüklə 53,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin