- Turli kommunikativ nutq vaziyatlari (salomlashish, kechirim so’rash, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish va hkz) ni to’g’ri o’zlashtirish;
- O’ziga yoqqan va yoqmagan narsalar, jihatlar haqida fikrini bayob etishi;
- O’zi haqida shaxsiy ma’lumotlar bera olishi;
- So’zlovchining nutqini tushunganligi yoki yaxshi anglay olmaganini ifodalashi (masalan so’zlovchidan gapini yana bir marta takrorlashni, izohlash, savol berish va hkz);
- Muloqotni davom ettira olishi;
- Tanish mavzularda muhokamalarda qatnashishi;
- Navbat bilan muloqotga kirishishi, so’zlovchining nutqini bo’lmasligi yoki bo’lishga to’g’ri kelgan vaziyatlarda muloqotni davom ettirishi;
- Muloqotni boshlash va tugallash strategiyalarini egallashi;
- Jumlalarni perifraza qilish va qaytadan ta’kidlashi;
- Og’zaki muloqotda tegishli milliy- (masalan, iltimos va raxmat so’zlarining turli madaniyatlarda ishlatilishi, salomlashish odobi) bilishi va ularni to’g’ri qo’llashi;
Monolog
- O‘z qiziqishlariga oid mavzularda batafsil hisobotlar;
- Yangiliklar, intervyu yoki hujjatli filmlardan parchalar mazmunini qisqacha bayon etish;
- Rasmiy vaziyatlarda dolzarb mavzular bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini ifoda etish;
- Debatlarda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etish;
2-Modul. O‘qish va yozish modulidan talabalar quyidagi bilimlarni egallaydilar: - Kishilarning xarakterlari, tashqi ko’rinishi, kiyinishi haqida ma’lumotlar
- Matn turlari (o‘qish uchun soddaroq original matnlar) jadvallar;
- Kichik hikoyalar;
- Informatsion bukletlar, broshyuralar (filmlar, ko‘rgazma va hokazolar haqida), sayyohlik yo‘riqnomalari;
- Tanish mavzularga oid qisqa gazeta maqolalari;
- Internet matnlari (bloglar);
- e’lonlar (grantlar, sayohat manzillari haqida);
- Qo‘llanmalar/instruksiyalar (texnik vositalar, asboblar uchun );
- Mashhur kishilarning hayoti haqida ma’lumotlar;
- Tarixiy binolar va qadamjolar haqida ma’lumotlar;
- Kelajakdagi hayot haqida ma’lumotlar;
- Sayyohlik va sayohat haqida ma’lumotlar;
- Hayvonot va nabobot olami haqida ma’lumotlar;
- Har xil voqea - hodisalar haqida ma’lumotlar;
- Kishilarning muammoli vaziyatlari va ularga maslahat berish haqidagi ma’lumotlar;
- Qadimgi madaniyat haqida ma’lumotlar