malakalarini mustaqil oshirishlariga yo’llash kerak. O’z-o’zini tarbiyalash o’quvchilarning o’z-o’zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy-faollik mavqyeini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. O’quvchilar o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’z-o’zini tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o’z-o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O’z-o’zini tahlil qilish O’z-o’zini tahlil qilish - O’z shaxsini tahlil qilishga, xatti-harakatlari haqida o’ylashga o’rgatadi. O’z-o’zini nazorat qilish uchun o’quvchi o’zining yurishturishi, intizomi, ijobiy odatlarini ortib borish va aksincha, salbiy odatlarni kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O’z-o’zini baholash - O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Buning uchun irodali bo’lishi, o’zining o’quvchilik ijtimoiy burchini tushunishi, o’qish va tarbiya olish uchun sabablar, motivlar asos bo’lishi, ya’ni tahsil va tarbiyalanishni hohlashi, o’zini o’rtoqlarining, yaqin kishilarining ko’zi bilan ko’rish va o’z-o’zini takomillashtirishga intilishi lozim.O’z-o’zini baholash o’quvchi uchun o’zining imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, baholash, o’ziga chetdan turib holisona baho berish, o’zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi.
Xulosa Xulosam shundan iboratki o'quvchi yoshlarni tarbiyalashda tarbiya metodlaridan foydalanish tarbiya borasida samarali natijalarga erishishga katta yo'l ochadi. Asosan tarbiya metodlarini tanlashga e'tibor berish lozim. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Foydalanilgan adabiyotlar - Movlonova R., To‘rayeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika –T.: O‘qituvchi, 2001, 510 b.
- Yo‘ldoshev O‘. Pedagogika sxema va jadvallarda –T.: Fan va texnologiya 2015, 172 b.
- Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. –T.: Istiqlol, 2003
- Wikipedia.
- Fayllar. Org
E’tiboringiz uchun rahmat !
Dostları ilə paylaş: |