Ish-2. Qon aylanish doiralari.
Odam tanasida qon juda ko’p yirik va mayda qon tomirlar bo’ylab harakatlanadi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya‘ni katta va kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doirasining ikkalasi ham yurakdan boshlanadi va yurakda tugaydi. Qonning yurak chap qorinchasidan aorta tomiri orqali chiqib, barcha arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo’ylab oqib, yuqorigi va pastgi kovak venalardan yurakning o’ng bo’lmasiga kelib quyiladigan yo’li katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Qonning yurak o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasi orqali chiqib, o’pkalarga borib, kislorodga to’yinib, to’rtta o’pka venalaridan yurakning chap bo’lmasiga kelib quyiladigan yo’li kichik qon aylanish doirasi deb ataladi.
2. Yurakning tuzilishi, qon aylanishi tasvirlangan jadvallardan foydalanib, yurakning joylashgan o’rni, tuzilishi, qon aylanishi doiralari o’rganiladi va daftarga chizib olinadi.
3. Qon aylanishi bo’yicha laboratoriya ish bajarish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.
2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.
Amaliy mashg’ulot - 11
Mavzu: Jismoniy mashqlarning yurak qon -tomir tizimiga ta’siri.
Mashg’ulot turi: Amaliy
Mashg’ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg’ulot o’tish joyi: Auditoriya xonasi
Ishning ahamiyati:
Tashqi nafas organizmda kislorod tashishning asosiy zvenosi bo’lmasada, organizmda kislorod rejimini shakllantiruvchi muhim ko’rsatgich bo’lib hisoblanadi.
Ishning maqsadi:
1.Jismoniy ish bajargan vaqtda organizmning kislorodga bo’lgan talabini oshishi, barcha kordiorespirator (yurak, qon, o’pkalar) sistеmаsini normal ishlashi natijasida ta’minlanishini tushintirish.
2.Tashqi nafasning eng muhim ko’rsatgichi bo’lgan o’pkaning tiriklik sig’imi (O’TS) ni spirometriya usuli bilan aniqlashni o’rgatish.
3.Tashqi nafas funksiyasini chinqqanligini bahovlovchi funksional tajribalar o’tkazish usullari bilan tanishtirish (Rozental, Gench, Shtanga tajribalari).
Dostları ilə paylaş: |