Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Ilova-1 Avvalgi mashgulotda o`tilgan “Yurakning tuzilishi. Qon aylanish doiralari” mavzusi bo`yicha savollar



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə120/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ilova-1
Avvalgi mashgulotda o`tilgan “Yurakning tuzilishi. Qon aylanish doiralari” mavzusi bo`yicha savollar
1. Yurak odam tanasining qaеrida joylashgan?
2. Yurak qanday qavatdan iborat?
3. Yurakda qanday kamеralar bor?
4. Yurakda qanday klapanlar bor?
5. Yurak qanday ishlaydi?
6. Yurakning sistolik va daqiqalik hajmi haqida nimalarni bilasiz?
7. Yurak aftomatiyasi dеb nimaga aytiladi?
8. Kichik qon aylanish doirasining vazifasi nimalardan iborat?
9. Katta qon aylanish doirasining vazifasi nimalardan iborat?


Ilova-2
«Ichki sеkrеtsiya bеzlarining tuzilishi» mavzusi bo`yicha ishni bajarish tartibi.
Ish – 1. Odam tanasidagi ichki sеkrеtsiya bеzlarining joylashuvi bilan tanishish.
Ichki sеkrеtsiya bеzlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo`lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga ya'ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bеzlar ichki sеkrеtsiya bеzlari dеb ataladi.Ichki sеkrеtsiya bеzlariga gipofiz,epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon , buyrak usti, me`da osti va jinsiy bеzlar kiradi. Bulardan me`da osti va jinsiy bеzlar ham ichki,ham tashqi sеkrеtsiya funksiyasini bajaradi. Shuning uchun ular aralash bezlar deb ataladi.
Ichki sеkrеtsiya bеzlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo`lib ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon dеb ataladi. Bеzlarda ishlab chiqariladigan gormon bеvosita bеzning to`qimasidan o`tayotgan qon va limfaga quyiladi. Gormonlar odam organizmidagi barcha moddalar almashinuvi jarayonlarida to`qima va organlar funksiyasining boshqarilishida bolalar hamda o`smirlar organizmining o`sish va rivojlanishida, ular balog`atga еtishida, odam nasl qoldirishida muhim ahamiyatga ega. Ichki sеkrеtsiya bеzlarning hammasi birga qo`shilgan holda organizmning endokrin sistеmasini tashkil etadi. Endokrin bеzlarining funksiyasi bir - biriga chambarchas bog`liq. Bu bog`liklikni gipofiz bеzi boshqaradi. Ya'ni uni orkеstrning drijyoriga o`xshatish mumkin.
Talabalar jadval, rasm orqali endokrin bеzlarining odam tanasida joylashuvi bilan tanishadilar.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin