Abu Ali ibn Sino
|
Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan, 17 yoshlik chog‘idayoq fanlarni mukammal bilgan, yuzdan ortiq asar yaratgan, bulardan eng yirigi – «Tib qonunlari» dir
|
Ayirish
|
moddalar almashinuvida hosil bо‘lgan zararli moddalar (siydik kislotasi, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hujayralardan qonga о‘tib tashqariga chiqarilishi
|
Alveola pufakchalari
|
devori bir qavatli epiteliy tо‘qimasidan iborat, atrofi kapillyarlar bilan tо‘rsimon shaklda о‘ralgan. ikkala о‘pkada 750 mln atrofida bо‘lib, umumiy sathi 100 m2 ni tashkil qiladi.
|
Angiologiya
|
qon tomirlarni о‘rganadi.
|
Andrey Vezaliy
|
«Anatomiya jadvallari» atlasini va «odam tanasining tuzilishi tо‘grisidagi yetti kitob» ni yozdi.
|
Anorganik moddalar
|
hujayra tarkibidagi suv, mikro va makroelementlar.
|
Antitelalar
|
yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi, ya’ni immunitet vazifasini bajaruvchi oqsillar
|
Antropologiya
|
organizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta’sirlarini о‘rgandi.
|
Antropometrik usul
|
bо‘y uzunligi, tana vazni, kо‘krak qafasi aylanasi, yelka kengligi kabilar о‘lchanib о‘sish va rivojlanishi о‘rganiladi.
|
Arastu (Aristotel)
|
eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashab, nervlar paylardan farqi borligini aorta qon tomiri yurakdan boshlanishini aniqlagan atoqli olim anatom, faylasufdir.
|
Arralash usuli
|
murda muzlatilib, о‘rganiladigan a’zosi bо‘lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a’zolar topografiyasi haqida kengroq ma’lumot olinadi.
|
Auskultatsiya usuli
|
maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, о‘pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi.
|
A’zo
|
ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va tо‘qimalar tо‘plami.
|
A’zolar tizimi
|
bir xil vazifani bajaradigan bir necha a’zolar yig‘indisi.
|
Bets V. I.
|
Kiyev unevirsiteti proffesori, anatom.U bosh miyaning pо‘stloq qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini о‘rgangan .
|
Biriktiruvchi tо‘qima
|
suyaklar, qon, limfa, tog‘ay va paylar kirib, hamma a’zolarning – yurak, jigar, taloq, me’da, ichak, tana muskullari, miyaning nerv tо‘qimasi tarkibida bо‘ladigan tо‘qima.
|
Birlamchi siydik
|
tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin bо‘lib, unda faqat oqsil bо‘lmaydi.
|
Bronxlar
|
о‘pka tо‘qimasiga kirib, juda kо‘p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi.
|
Buqrot (Gippokrat)
|
eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashab, tibbiyot sohasida о‘zigacha bо‘lgan ma’lumotlarni tо‘plagan, 72 ta asr yozgan yurak- qon tomirlar tuzilishi tо‘g‘risida ma’lumot bergan.
|
Bо‘g‘imlarni
|
sindesmologiya о‘rganadi.
|
Vilyam Garvey
|
Anatom va fiziolog bо‘lib, qonni arteriyadan venaga kо‘zga kо‘rinmaydigan mayda tomirchalar orqali о‘tadi deb taxmin qilgan.
|
Gabriel Fallopiy
|
tarixda birinchi bо‘lib kalla suyaklarining tuzilishi va taraqiyoti, muskullar, jinsiy a’zolar, bachadon nayi, eshitish va kо‘rish a’zolarini о‘rganib «Anatomik kuzatishlar» kitobini yozgan.
|
Gavda skeleti
|
umurtqa pog‘onasi va kо‘krak qafasi
|
G‘alvirsimon suyaklar
|
yuqorigi jag‘, peshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g‘alvirsimon suyaklar.
|
Gerofil
|
eramizdan oldingi 300 yillarda yashagan.Ichki a’zolarni kesib о‘rgangan,harakatchan va sezuvchi nervlarni aniqlagan.
|
Gipoderma
|
teri osti yog‘ qavati
|
Gistalogiya
|
a’zolarni tashkil qilgan tо‘qimalarni о‘rgandi.
|
G‘ovak suyaklar
|
ham ikki xil - uzun g‘ovaksimon (qovurg‘alar, tо‘sh, о‘mrov), kalta g‘ovaksimon (umurtqa, qо‘l va oyoqning kaft-ust) suyaklar bо‘ladi.
|
Gorizantal sath
|
fazoga parallel yoki sagittal holda frontal sathlarga tо‘g‘ri burchak hosil qilib о‘tkazilgan yuzadan hosil bо‘ladi.
|
Guk R.
|
о‘zi mukammallashtirgan mikroskop yordamida о‘simlik hujayrasining tuzilishini birinchi bо‘lib о‘rgangan.
|
Derma
|
asl teri qavati
|
Doimiy tishlar
|
soni 32 ta bо‘lib, yuqori va pastki jag‘da 16 tadan, jag‘larning о‘ng va chap tomonida 8 tadan, ikkitasi kurak, bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq va uchtasi katta oziq tishlardir
|
Yevstaxiy B.
|
tishlar, buyraklar, eshitish a’zolarini о‘rganib, halqum bilan о‘rta quloq bо‘shlig‘ini qо‘shib turuvchi eshitish yо‘lini aniqladi. «Anatomiya qо‘llanmalari» asarini nashr ettirdi.
|
Yoritish ravshanlashtirish usuli
|
о‘rganiladigan a’zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib kо‘riladi.
|
Yoshga doir anatomiya
|
tug‘ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bо‘lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni о‘rgandi.
|
Jolinus Hakim (Klavdiy Galen)
|
anatomiya, fiziologiya falsafa va biologiyani mukammal bilgan. U suyaklar muskullar bosh va orqa miya anatomiyasini о‘rgangan.
|
Ikkilamchi siydik
|
birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalarning hammasi, suv va mineral tuzlarning 98,5 - 99,0 % i vena tomirlariga qayta sо‘rilgandan sо‘ng qolgan 1 - 1,5 litr siydik
|
Inyeksiya usuli-
|
ichi kovak a’zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bо‘yoqlar yuborib о‘rganiladi.
|
Qad - qomat
|
odam tanasini о‘zi odatlangan holatda erkin tutishi
|
Karbogidrazalar
|
uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar.
|
Karroziya yoki yemirish usuli
|
kovak a’zolariga tez qotadigan modda yuborib sо‘ngra kislota yoki ishqor ta’sirida a’zo tо‘qimalari yemiriladi va u a’zoning shakli о‘rganiliadi
|
Kimyoviy termoregulyatsiya
|
organizmda issiqlik energiyasi hosil bо‘lishining kо‘payishi yoki kamayishi, ya’ni organizmda moddalar almashinuvining kuchayishi yoki susayishi orqali amalga oshadi.
|
Kifoz
|
umurtqa pog‘onasining kо‘krak va dumg‘aza qismidagi orqaga egilishi
|
Qо‘l suyaklari
|
yelka kamari va qо‘lning erkin suyaklari
|
Leonardo da Vinchi
|
dunyoda birinchi bulib muskillarning ishlash dinamikani о‘rganib, shu bilan plastik anatomiyaga asos solgan.
|
Lipaza
|
yog‘larni parchalovchi ferment
|
Lomonosov M.V.
|
nervizm g‘oyalarini targ‘ib etgan anatomiyani о‘rganishga davat etgan va tabiyatshunoslik faniga asos solgan olim bо‘lgan.
|
Lordoz
|
umurtqa pog‘onasining bо‘yin va bel qismidagi oldinga egilishi
|
Makroelementlar
|
hujayra tarkibida kо‘p miqdorda bо‘ladigan fosfor, oltingugurt, kalsiy, kaliy, natriy, xlor, temir, magniy, kremniy kabi elementlar.
|
Malpigi M.
|
arteriya bilan venani bir biriga qо‘shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida kо‘rib isbotladi.
|
Meyoz
|
jinsiy hujayralarning yetilish usuli.
|
Membrana
|
hujayrani oziq - moddalar, kislorod bilan ta’minlashda, moddalar almashinuvi natijasida hosil bо‘lgan zaharli chiqindilarni hujayradan qonga chiqarishda muhim rol о‘ynaydi.
|
Mikroskopiya usuli
|
tо‘qima va a’zolaring hujayraviy tuzulishi о‘rganiladi.
|
Mikroelementlar
|
hujayra tarkibida kam miqdorda bо‘ladigan yod, mis, kobalt, rux, nikel, oltin kabi elementlar.
|
Miologiya
|
muskullarni о‘rganadi.
|
Mitoz
|
somatik hujayralarning kо‘payish usuli.
|
Miya qutisi suyaklari
|
bir juftdan tepa va chakka suyaklari hamda bittadan - peshona, ensa, asosiy, g‘alvirsimon suyaklari, ularning umumiy soni 8 ta
|
Mondino da Lyusi
|
1326 yilda dunyoda birinchi bо‘lib ikki murdani о‘rganib, olingan ma’lumotlar asosida anatomiya darsligini yozdi.
|
Muskul tо‘qimasi
|
uch xil bо‘lib kо‘ndalang targ‘il, silliq tolali va yurak muskul tо‘qimalari kiradi.
|
Muskul tо‘qimasi
|
silliq muskullar, kо‘ndalang yо‘lli skelet muskullari va yurak muskullari
|
Muskullar kontrakturasi
|
charchagan muskul tolalari qisqarib, bо‘shasha olmay qolishi
|
Muskullarnivg charchashi.
|
ma’lum vaqt davomida ish bajarish natijasida asta - sekin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamaya boshlaydi va ular bora - bora bо‘shashib, qisqara olmay qoladi.
|
Muskulning dinamik ishi
|
odam tanasi va uning ayrim qismlari har xil harakatlarni bajaradi. Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va hokazo.
|
Muskulning statik ishi
|
odam tanasi va uning ayrim qismlari ma’lum vaqt davomida zarur bо‘lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qо‘lni oldinga yoki yuqoriga kо‘tarib turish, start oldi holati kabilar.
|
Naysimon suyaklar
|
bular о‘z iavbatida ikki xil bо‘ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari), kalta naysimon suyaklar (qо‘l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
|
Nevralogiya
|
nerv tizimini о‘rganadi.
|
Neyrogliya
|
orqa va bosh miyadagi nerv hujayralari orasida joylashib, о‘simtalari juda kо‘p va miyadan tashqariga chiqmaydi. Bu hujayralar neyronlarni oziqlantirish vazifasini bajaradi.
|
Nerv tо‘qimasi
|
orqa va bosh miyani tashkil etib, u odam organizmining hamma tо‘qima va a’zolari ishini boshqaradi, u nerv hujayrasi, ya’ni neyron va neyrogliya hujayralardan tashkil topgan.
|
Nefron
|
buyrakning funksional va tuzilish birligi bо‘lib, Malpigi tuguni, Shumlyanskiy - Boymen kapsulasi, egri - bugri kalavasimon kanachalar va Genli halqasidan tarkiib topgan
|
Nukleotid
|
fosfor kislotasi va qand moddasi birikishidan hosil bо‘lib, hujayraning genini hosil qiluvchi molekula.
|
Oyoq suyaklari
|
chanoq va oyoqning erkin suyaklari
|
Organik moddalar
|
hujayra tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevod, nuklein kislotalar.
|
osteoblastlar
|
suyak hujayralari
|
Osteologiya
|
suyaklarni о‘rganadi.
|
Pavlov I.P.
|
birinchi bо‘lib ikkita signal tizimi tо‘g‘risida, shartli riflekslar va oliy nerv tizimining faoliyati tо‘g‘risidagi nazariyani ilgari surib tugallangan ta’limot yaratdi.
|
Paypaslab о‘rganish usuli
|
a’zo chegralarini о‘rgandi
|
Patologik anatomiya
|
a’zolarning kasallik holatidagi о‘zgarishlarni о‘rgandi.
|
Perkussiya
|
barmoq yoki bolg‘acha bilan urib aniqlash usuli, a’zo chegaralari о‘rganiladi.
|
Pirogov N. I.
|
rus harbiy - dala jarrohligining asoschisi va topograf anatomi. U “Muzlatilgan murdalarni arralab о‘rganilgan topografik anatomiya” atlasini (1859yil) yozdi.
|
Plevra pardasi
|
о‘pkalarni tashqi tomondan о‘rab, ichki va tashqi qavatdan iborat bо‘lib, ular orasida plevra bо‘shlig‘i hosil bо‘ladi.
|
Proteazalar
|
oqsillarni parchalovchi fermentlar
|
Purkinye I.
|
suyak hujayralari, yurak muskullaridagi alohida о‘tkazish tolalari, nerv tolalarining mikroskopik tuzilishini о‘rgandi.
|
Rentgen nurida о‘rganish usuli
|
tirik odam tuzulishini о‘rganishga keng imkon beradi.
|
Retsptor
|
nerv tolalarining uchlarida joylashgan ta’sirotni qabul qiluvchi tuzilma
|
Sagittal sath
|
odam tanasining oldindan orqa tomonga qaratib boshidan oxirigacha vertikal kesilishi natijasidan hosil bо‘ladi.
|
Salomatlik
|
odam organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi.
|
Sechenov I.M.
|
nervizm g‘oyalarinig asoschisi bо‘lib u organizmni bir butun bо‘lib tashqi muhit bilan bog‘lanishini isbotladi.I.M. Sechenov 1863 yilda “Bosh miya reflekslari” kitobini yozdi
|
Siydik ayirish a’zolari
|
ayirish tizimining asosiy qismi hisoblanib, о‘ng va chap buyraklar, siydik yо‘llari, qovuq (siydik pufagi) va tashqi siydik chiqarish kanali kiradi.
|
Sinaps
|
Nerv tolasi va muskul tolasi tutashadigan joydagi yupqa parda
|
Sistematik anatomiya
|
organizmning har-xil sistemalarini о‘rganadi,
|
Skolioz
|
umurtqa pog‘onasi chap yoki о‘ng tomonga qiyshayishi bilan namoyon bо‘ladigan kasallik holati
|
Solishtirma anatomiya
|
odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyusion taraqiyoti qonunlari - filogenezga taqqoslangan holda antropogenezni о‘rgandi.
|
Splanxologiya
|
ichki a’zolarni о‘rganadi.
|
Stelluti F.
|
1625 yilda birinichi mikroskop ixtiro etgan.
|
Sut tishlari
|
soni 20 ta bо‘lib, yuqori va pastki jag‘da 10 tadan, jag‘larning о‘ng va chap tomonida 5 tadan, ikkitasi kurak, bittasi qoziq, ikkitasi katta oziq tishlar. 1 yoshli sog‘lom bolada 8 ta bо‘ladi.
|
Suyaklar
|
odam skeletini tashkil qilib, tayanch va himoya shaklli elementlari ishlab chiqish, mineral tuzlar deposi vazifalarini bajaradi.
|
Topografik anatomiya
|
a’zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini о‘rgandi.
|
Traxeya
|
hiqildoqning pastki qismidan boshlanib, devori 16-20 ta yarim aylanasimon tog‘aylar va paylardan orqa qismi esa silliq muskullardan iborat
|
Tо‘qima
|
tuzilishi, funksiyasi, hayotiy jarayonlari va rivojlanishiga kо‘ra bir-biriga о‘xshash bо‘lgan hujayralar tо‘plami.
|
Umurtqa
|
halqasimon suyak bо‘lib, tanasi va yoyi bо‘ladi.
|
О‘pkalar
|
kо‘krak qafasining ikki tomonida joylashib, konussimon tuzilgan, о‘ng о‘pka yuqorigi, о‘rta va pastki bо‘lakdan, chap о‘pka esa yuqorigi va pastki bо‘lakdan tashkil topgan.
|
О‘rta satx
|
muzlatilgan murdaning qoq о‘rta qismidan о‘ng va chap nimtalarga ajratilsa о‘rta satx hosil bо‘ladi.
|
О‘ta charchash
|
bir necha hafta va oy davomida ish surunkali ravishda davom etib, dam olish о‘z vaqtida hamda yetarli bо‘lmasligi tufayli yuzaga keladigan organizmning kasallik holati
|
Fizik termoregulyatsiya
|
organizmdagi issiqlik energiyasi ajralishining kо‘payishi yoki kamayishi orqali amalga oshadi.
|
Fiziologiya
|
organizm a’zolar tizimi, a’zolarni, shuningdek, tо‘qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini о‘rgandi.
|
Fredrik Ryuish
|
qon tomirlariga rangli moddalar yuborib о‘rgangan va preparatlar tayyorlangan.
|
Frontal sath
|
sagittal sathga nisbatan tо‘gri burchak hosil qilib yoki aniqrogi odam peshonasiga parallel holatda о‘tkazilgan yuzadan vujudga keladi.
|
Funksional anatomiya
|
a’zolarning tuzilishi ularning vazifalariga bog‘liq holda shakllanib borishini о‘rgandi.
|
Harakatli birikish
|
suyaklarining bо‘g‘im hosil qilib birikishi
|
Harakatsiz birikish
|
bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining boylamlar, tog‘aylar, suyak choklari yordamida bir - biriga birikishi.
|
Hiqildoq
|
havo о‘tkazuvchi nafas yо‘li va tovush hosil qiladigan ovoz apparati.
|
Xromosoma
|
tarkibida dezoksiribonuklein kislota (DNK) bо‘lib, adenin, guanin, timin, sitozin moddalaridan iborat tuzilma.
|
Xromosoma va genlar
|
hujayraning nasl apparati.
|
Hujayra
|
odam tanasining asosiy tuzilish va funksional birligidir.
|
Hujayra yadrosi
|
sitoplazmaning о‘rtasida joylashgan bо‘lib, hujayraning bо‘linishida, irsiy axborotni saqlashda va hujayra ichidagi barcha hayotiy jarayonlarini boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
|
Sitologiya
|
organism hujayralarining tuzilishi, shakllari, kо‘payishi, kimyoviy tarkibini о‘rgandi.
|
Sitoplazma
|
hujayra ichida joylashgan suyuqlik.
|
Sitoplazma organoidlari
|
mitoxondriya, ichki membrana, lizosoma, Golji apparati, ribosoma, sentrosoma kabilar.
|
Embriologiya
|
odam organizming paydo bо‘lishini tugilguncha ona qornida о‘sib rivojlanib borishini о‘rgandi.
|
Endokrinologiya
|
ichki sekretsiya bezlarini о‘rganadi.
|
Epidermis
|
terining eng ustki qavati
|