Mavzu bo`yicha nazorat savollari:
1. Nafas olish qanday ahamiyatga ega?
2. Qaysi a`zolar iafas olish tizimini tashkil etadi?
3. Burun bo’shlig’i qanday tuzilgan?
4. Hiqildoq qayеrda joylashgan?
5. Kеkirdak qayеrda joylashgan va qanday tuzilishga ega?
6. O’pkada gazlar almashinuvi qayеrda sodir bo’ladi?
7. Plеvra pardasi nеcha qavatdan tuzilgan?
7- Ma’ruza
7-mavzu. Ayirish a`zolarining tuzilishi. Terining tuzilishi
Rеja:
1.Buyraklar, ularning joylashuvi, tuzilishi. Nefron-buyrakning tuzilish va funksional birligi.
2.Buyrakda birlamchi va ikkilamchi siydik hosil bo’lishi. Buyrakning qon bilan ta`minlanishi.
3.Siydik yo`llari. Siydik pufagi. Tashqi siydik chiqaruv kanali, sfinkterlari, ularning ahamiyati va yoshga xos xususiyatlari. Siydik qopchasi va jinsiy a’zolarning tuzilishi.
4.Terining tuzilishi.Teri pigmentatsiyasining xususiyatlari. Soch va tirnoqlar.
5.Ter bezlari. Yog` bezlari. Sut bezlari. Terining nerv bilan ta`minlanishi, retseptorlari.
6.Teri gigiyenasi.
Tayanch so‘z va iboralar
Buyraklar, siydik yo’li, siydik pufagi, epidеrmis, dеrma, gipodеrma, tana harorati doimiyligining saqlanishi, kimyoviy tеrmorеgulyatsiya, fizik tеrmorеgulyatsiya.
Ayirishning ahamiyati. Ovqat tarkibidagi istе'mol qilingan oqsil, yog’, uglеvodlar, suv, tuzlar mе'da-ichaklardan qonga so’rilib, jigarga boradi. Unda kеraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha to’qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq-moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislotasi, qoldiq azot, mochеvina, krеatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil bo’ladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o’tib ayirish a`zolari orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi.
Shunday qilib, ayirish odam organizmi uchun muhim fiziologik jarayon bo’lib, uning natijasida organizm moddalar almashinuvida hosil bo’lgan qoldiq moddalardan uzluksiz ravishda tozalanib turadi.
Dostları ilə paylaş: |