Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


O’t suyuqligi, o’t yo’llari, o’t pufagi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə39/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

O’t suyuqligi, o’t yo’llari, o’t pufagi. Jigar ishlab bergan o‘t suyuqligi, uning ikki bo‘lagidan ikki o‘t yo‘li bo‘lib, o‘t qopchasida o‘t to‘planishini ta’minlaydi va bu suyuqlikni hazm qilishda faol qatnashuvchi suyuqlik sifatida o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismiga yetkazib beradi.
Modda almashinuvi buzilishi natijasida o‘t pufagi va o‘t yo‘llarida teztez toshlar hosil bo‘lishi mumkin.
O‘t suyuqligi achchiq ta’mli, ishqoriy xususiyatga ega eritma bo‘lib, ingichka ichakda asosan yog‘larni emulsiyalashda, ularning parchalanishida faol ishtirok etadi.
Jigar qonga siydikchil va qator fermentlar ishlab chiqaradi. Jigarda (ona qornidagi homilada) qon ishlab chiqariladi, vazifasi va qon bilan ta’minlanishi kuchli bo‘lgani uchun jigar homilada va yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagiga nisbatan katta bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ini qariyb yarmini to‘ldirib yotadi.
Jigarda (depoda) doimo qand (glukoza) glikogen shaklida to‘planib, me’da osti bezi mahsuloti insulin ta’sirida ushbu glikogen glukozagacha parchalanadi va qondagi qand miqdorini me’yorida saqlaydi.
Hazm a’zolarining homiladorlik davridagi salbiy ta’sirlari ostida yoki chala (7 oylik) tug‘ilish jarayonida to‘la rivojlanmay qolishi mumkin. Bunga lablarning tirtiq bo‘lib tug‘ilishi (quyon lab), yuqori tanglayni bitmay qolishi, og‘iz bo‘shlig‘i burun bo‘shlig‘i bilan tutashib qolishi (bo‘ri tanglay), ichaklar berkilib tug‘ilishi, o‘ng tomondagi ichak qismlarini chapga o‘tib qolishi kabi tug‘ma yetishmovchiliklar misol bo‘lishi mumkin.
Me’da osti bezi
Bu bеz odam tanasidagi barcha bеzlar orasida hajm jihatdan jigardan kеyin ikkinchi o’rinda turadi. Uning massasi 70-80 g, qalinligi 3-4 sm, bo’yi 17 sm. U uch qismdan: bosh, tana va dumdan iborat. Bu bеz qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, o’z nomiga muvofiq, me`da ostida joylashgan. Me`da osti bеzi funksiyasiga ko’ra aralash bеz. Uning Langеrgans orolchalari dеb ataluvchi qismlarining hujayralari insulin gormoni ishlab chiqaradi. Bu gormon bеvosita qonga quyilib, organizmda qand almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bеzning ko’proq qismidagi hujayralardan ishlab chiqariladigan suyuqlik maxsus kanalcha orqali o’n ikki barmoq ichakka quyiladi. Bu suyuqlik tarkibidagi tripsin fеrmеnti ovqatdagi oqsillarni, lipaza fеrmеnti yog’larni, amilaza fеrmеnti uglеvodlarni parchalab, oziq-moddalarning ichakda hazm bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Ba'zi sabablarga ko’ra, ya'ni mikroblarning qon orqali ta'siri, ovqat rеjimining buzilishi (juda ko’p yog’li ovqat istе'mol qilish), shamollash tufayli me`da osti bеzi yallig’lanadi va o’tkir pankrеatit kasalligi yuzaga kеladi. Bu kasallik to’satdan qorinning yuqori va o’rta qismida kuchli og’riq paydo bo’lishi, ko’ngil aynish, qusish kabi bеlgilar bilan haraktеrlanadi. Bunday vaqtda tеzlik bilan shifokorga murojaat qilish kеrak. Me`da osti bеzining Langеrgans orolchasidagi hujayralarda ishlab chiqariladigan insulin gormoni kamaysa, qandli diabеt kasalligi paydo bo’ladi. Bunda ovqat tarkibida qabul qilingan uglеvodlariing, ya'ni qand moddalarining organizm ehtiyojidan ortiqcha qismi insulin g’ormoni ta'sirida glikogеnga aylanishi buzilib, qonda qand mnori normadan ortib kеtib, siydik bilan tashqariga ajrala boshlaydi. Shuning uchun odamda umumiy quvvatsizlik, bosh aylanishi, ko’z tinishi, ko’p suv ichish. tеz qorin ochish kabi bеlgilar yuzaga kеladi. Qand kasalligining yuzaga kеltiruvchi asosiy sabablardan biri nervning buzilishi, qattiq ruhiya iztirob chеkish, shirinlik, oq non, tort kabi uglеvodlarga boy ovqatni ko’n istе'mol qilishdir. Ovqat tarkibidagi ko’p qand moddasi bеzdan ko’p miqdorda insulin gormoni ishlab chiqarilishini taqozo etadi. Bunday ovqatlanish uzoq vaqt davom etavеrsa, bеz hujayralari zaiflashadi va gormon kam ishlanib chiqadi. Natnjada qandli diabеt kasalligi yuzaga kеladi. Ba'zilarda bu kasallik nasldan-naslga o’tadi. Kasallikning oldini olishda ovqatlanish tartibiga rioya qilish, nervni asrash, shirinliklarni mе'yorida istе'mol qilish muhim ahamiyatga ega.
Me’da osti bezi aralash bezlar jumlasiga kirib, unda ham fermentlar hosil bo‘lishi bilan birga qonga o‘tib turadigan gormonlar ham ishlab chiqariladi.
Me’da osti bezi gormonlari langergans orolchasi deb ataluvchi hujayralardan hosil bo‘lib, gistologik preparatlarda yaxshi bo‘yaladigan sekretor to‘qima fonida och pushti rangda bo‘ladi
Hayvonlarda bu bez olib tashlansa, 5–6 soat o‘tishi bilan qondagi qand miqdori ko‘payib, u siydik bilan chiqa boshlaydi.
Hayvon tez-tez suv ichib, ozib-to‘zishi va 15–20 kun ichida o‘lib qolishi mumkin.
Odamda bu bezning sekretor yetishmovchiligi natijasida qandli diabet deb ataluvchi og‘ir kasallik paydo bo‘lishi mumkin. Bunda qondagi qand miqdori 80–120 mg% o‘rniga 200–400 mg% ga oshib, to‘qimalarning organizmga kirgan glukozani o‘zlashtirishi va jigar hamda muskul hujayralarida glikogen to‘plash xususiyati pasayadi. Buning natijasida siydikda qand paydo bo‘lib, siydik bilan tashqariga chiqarilishi kuchayadi, bunga glukozuriyahodisasi deyiladi.
Diabetda uglevodlar almashinuvi buzilishi tufayli, energiya manbayi sifatida oqsillar va yog‘larni sarflash kuchayadi. Moddalar almashinuvi jarayoni buzilishi natijasida, yog‘larning chala oksidlanishi tufayli – oksimoy va atsetosirka kislotalar to‘planib qoladi.
Oqsillarning ko‘pchilik qismi uglevodlarga aylanib, qon reaksiyalari kislota tomonga o‘zgarishi mumkin. Buning natijasida organizm zaharlanishi va me’yoriy faoliyat ishdan chiqib, bemor holsizlanishi, tez-tez suv talab bo‘lishi, darmonsizlik, terining qichishi, nafas, yurak faoliyati buzilishi, yallig‘lanish jarayonlari, infeksiyaga qarshi kurashishining susayish holatlari yuzaga keladi. Buning natijasida diabet komasiboshlanib, odam halok bo‘lishi ham mumkin.
Tasvirlab o‘tilgan holatlarning hammasi insulin yetishmasligidan kelib chiqadi.
Me’da osti bezi gormonlariga – insulin, glyukagon, lipokain, vagotonin, sentropiyeninlarkiradi.
Insulin oqsil gormoni 1902-yil L. V. Sobolev tomonidan, 1922-yil kanadalik olimlar Bestva Vantingtomonidan kashf etilgan bo‘lib, uning molekular massasi 6 mingga teng 51 ta aminokislotadan iborat. U sintetik yo‘l bilan ham olingan bo‘lib, inson hayoti uchun juda muhim gormon hisoblanadi.
Insulin organizmga yuborilganda jigar, skelet muskulaturasi, yurak muskuli, silliq muskullar hujayralariga qon plazmasidan glukozani zo‘r berib o‘tib turishi ta’minlanadi. Insulin faqat uglevodlar uchungina emas, balki aminokislotalar uchun ham hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi va oqsil sinteziga yordam beradi. Bundan tashqari, yog‘ hujayralariga glukozaning o‘tishini kuchaytiradi. Shunga ko‘ra, u glukozani to‘qimalarga o‘tishini ta’minlagan holda energetik, plastik va zaxira moddalarni o‘zlashtirishda faol ishtirok etadi.
Glyukagon– jigarda glikogenning parchalanishini kuchaytiradi va qondagi qand miqdorini ko‘paytiradi. Glyukagon yog‘ to‘qimasida yog‘ parchalanishini ham tezlashtiradi.
Qondagi glukoza miqdorini gormonal yo‘l bilan idora etib turishda qatnashadigan insulin bilan glyukagon o‘z navbatida nerv tizimining nazorati ostida bo‘ladi. Adashgan nervni ta’sirlash insulin hosil bo‘lishini me’yorlashtirsa, simpatik nervlarni ta’sirlash uni tormozlab qo‘yadi.
Lipokain– me’da osti bezining bu gormoni jigardagi litsetin moddasini hosil bo‘lishi, yog‘ kislotalarining oksidlanishini kuchaytiradi, ya’ni yog‘larning organizm tomonidan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Vagotonin– gormon adashgan nerv neyronlarining faolligini oshirib, nerv tizimi parasimpatik bo‘limi qo‘zg‘aluvchanligini kuchaytiradi.
Sentropeinin– gormon nafas markazi neyronlarini me’yorlashtirib, bronxlarni kengaytiradi. Bronxial astma davosi uchun ishlatiladi.



Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin