7-mavzu. Elektrolit eritmalar Ishning maqsadi: Elektrolit eritmalar va ularning xossalarini to’liq va aniq o‘zlashtirish va rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 4 soat
7-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Brensted-Louri kislotasi – oʻzidan proton (H+) ajratib chiqaradigan har qanday modda. Brensted-Louri asosi – oʻziga proton qabul qiladigan har qanday modda. (H+) bilan bogʻlanish uchun unda bir juft elektron boʻlishi talab qilinadi. Suv amfoter modda, yaʼni suv Brensted-Louri kislotasi ham, Brensted-Louri asosi ham boʻlishi mumkin.
Kuchli kislota va asoslar suvli eritmada toʻliq ionlanadi, kuchsiz kislota va asoslar esa qisman ionlanadi. Brenstes-Louri kislotasining tutash asosi kislota proton ajratib chiqarganidan soʻng, hosil boʻladi. Brenstes-Louri asosining tutash kislotasi asos proton qabul qilganidan soʻng, hosil boʻladi.
Tutash kislota-asos juftlarida kislota va tutash asos, kislotada bitta (H+) ortiqchaligini hisobga olmasa, bir xil molekulyar formulaga ega boʻladi.
Kislota va asoslar haqidagi Arrenius nazariyasi dastlab 1884-yilda shved kimyogari Svante Arrenius tomonidan taklif etilgan. U baʼzi birikmalarni suvga solganda qanday ion hosil qilishiga koʻra asoslar yoki kislotalar deb tasniflashni taklif qilgan. Arrenius kislotalari deganda suvli eritmada (H+) ionlari konsentratsiyasini oshiradigan har qanday modda tushuniladi. Arrenius asoslari deganda suvli eritmada (OH-) ionlari konsentratsiyasini oshiradigan har qanday modda tushuniladi.
Suvli eritmada (H+) ionlari darhol suv molekulalari bilan taʼsirlashib, gidroksoniy ioni (H3O+)sni hosil qiladi.
Odatda kislota-asos yoki neytrallanish reaksiyalarida Arrenius asoslari va kislotalari oʻzaro taʼsirlashadi hamda tuz va suv hosil qiladi.
Topshiriq: 1) Oshxonaningizdagi sirkadan tortib dushdagi sovuningizgacha – hamma yerda kislota va asoslar bor. Lekin kislotali yoki asosli deganda nima nazarda tutiladi?
2) Lyuis kislota va asoslarini ta’riflang, Lyuis kislota va asoslari Brenstes-Louri va Arrenius asoslari va kislotalaridan qanday farq qiladi?
3) Solvo-sistema nazariyasini o’z go’yalaringgiz asosida tushuntiring.
4) Agar kaltsiy xlorid eritmasining konsentratsiyasi 0,10 mol/l bo'lsa, har bir ionning konsentratsiyasi qanday bo'ladi?
5) Ammoniy ionining konsentratsiyasi 0,0466 mol/l bo‘lgan ammoniy xromat eritmasida erigan moddaning konsentratsiyasi qanday bo‘ladi?
8-mavzu. Standart holatdagi standart hosil bo’lish issiqligi haqida tushuncha. Gibbs energiyasini o’zgarishi va reaksiyaning yo’nalishi. Gelmgolsning erkin energiyasi.