Qarshi davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/18
tarix09.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
mustaqil ta\'lim anafiz kimyo

2-mavzu. D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali va davriy qonunining yutuq va kamchiliklari. Elementlarning davriy o’zgaruvchan xossalari. Ikkilamchi davriylik. Gorizontal o’xshashlik. Kaynosimmetriya konsepsiyasi.
Ishning maqsadi: D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali va davriy qonuniga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish va rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 4 soat
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali va davriy qonuniga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish va rivojlantirish.
2-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalining yutuqlari barchamizga ma’lum; davriyligini kimyoviy xossalari bo‘yicha tizimga soldi, noma’lum elementlarning kimyoviy xossasini oldindan aytishda qo‘llash mumkinligini misollarda keltirdi. (siz yutuqlari haqida batafsil ma’lumot to’plab, izohlang.).
Kamchiliklarini o’z go’yangiz asosida izohlab yozing. (Mendeleyev shu paytgacha ma’lum bo‘lgan elementlarni atom massasi ortish tartibi bilan joylashtirdi. Izoh..)
Mustaqil ish yozayotganda quyidagi savollarga ham javob topib mavzuni yanada mustahkamlanadi.

  1. Davriylik deganda nimani tushunasiz? Ikkilamchi davriylik nimadan iborat ?

  2. Elementlarning Yer va Koinotda tarkalishi bilan davriy sistema orasida qanday bog’lanish mavjud?

  3. Davriy qonunning fizik ma’nosini ayting?



3-mavzu. Atom tuzilishi
Ishning maqsadi: Atomning kvant-mexanik nuqtai-nazardan yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirish va rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 6 soat
3-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Atom murakkab tuzilishga egadir. Atomning markasida yadro va uning atrofida electron harakat qiladi. Atom yadrosi – proton va neytronlardan (umumiy nomi nuklonlar – ya’ni lotin tilida nucleus-yadro) iborat. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yadrolari o’zgarmay qolib, faqat elektronlarning atomlar orasida taqsimlanishi natijasida electron qobiqlarda o’zgarish bo’ladi. Atomlarning electron berish yoki biriktirib olish qobiliyati ularning kimyoviy xossalarini belgilaydi
Elektron ikkilamchi (zarracha va to’lqin) tabiatga ega. Elektronlat to’lqin tabiatli bo’lishi tufayli ularning atomda yadrodan qanchalik uzoq masofada turishiga bog’liq bo’lgan faqat aniq energiya qiymatiga ega bo’la oladi.
Savol va topshiriqlar :

  1. Atomda 4p orbital elektron bilan to‘lgandan keyin elektron qaysi orbitalga joylashadi?

  2. Atomda 5s orbital elektron bilan to‘lgandan keyin elektron qaysi orbitalga joylashadi?

  3. Qaysi elementdan boshlab elektron 4f orbitalga joylasha boshlaydi?

  4. Nima uchun birikmalarda ftor faqat bir valentli, xlor esa birdan etti valentligacha bo‘lishi mumkin? Javobingizni tegishli elektron konfiguratsiyalar bilan asoslang.




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin