Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


FAN BO‘YICHA IZOHLI LUG‘AT (glossariy



Yüklə 278,32 Kb.
səhifə8/13
tarix20.11.2023
ölçüsü278,32 Kb.
#164161
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Педагогик маҳорат сиртки мажмуа 2022

FAN BO‘YICHA IZOHLI LUG‘AT (glossariy):
Davlat ta’lim standarti – uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo‘yiladigan minimum talablar.
Didaktika – ta’lim va o‘qitish nazariyasi hamda o‘qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o‘zining tutgan o‘rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig‘indisi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Yosh davri nizolari – o‘ziga xos, uncha o’z oqqa cho‘zilmaydigan ontogenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda keskin psixik o‘zgarishlar yuz beradi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
Jinsiy tarbiya –o’z ida shaxsni jinsiy jixatdan chiniktirish, ularni tozalik vaozodalikka urgatish, o’z sogligi uchun gamxurlik qilish va mas’uliyatli bulishni ta’minlashga karatilgan pedagogik faoliyat mazmuni
Jismoniy tarbiya-o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakillantirish ,ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy kisim
Joriy nazorat -ta’lim jarayenida talabalar tomonidan ukuv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’z lashtirish bo’yicha bilim, ko’nikma, va malakalarni darajasini aniqlash ,baholash shakli
Jismoniy mashqlar- bu maxsus tanlangan va jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish maqsadida utkaziladigan ongli harakatli faoliyat tushuniladi.
Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni shakllantiruvchi jamoa a’zolari.
Yo‘nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Iste’dod – shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo‘lgan holatning bashorat qilinishi.
Interfaol – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko‘rsatish jarayoni.
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va holatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar majmui.
Kuzatish– sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi jarayoni.
Kichik guruh – a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo‘luvchi kishilar guruhi.
Ko‘nikma – odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko‘rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil etadi.
Kross yugurish- tusiklar ustidan oshib utish bilan unkir-chunkir joylar buylab yugirishga aytiladi.
Klassik yugurish- tabiiy va amaliy harakat bo’lib, o’quvchilarning jismoniy tarbiyaasida yetakchi urinni egallaydi.
Kuch- tashki qarshilikni muskullar tarangligi bilan yengish kobilyatiga aytiladi.
Ko‘rgazmali metod-predmet, xodisa yoki jarayonlar moxiyatini tabiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko’rsatishda kullaniluvchi usullar
Loyihalashtirish,rejalashtirish - o’quvchilarning ukuv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish
Ma’ruza – odatda oliy o‘quv yurtida biror fan mazmunini og‘zaki bayon qilishga asoslangan o‘quv jarayoni, metodi.
Малака – shaxsning o‘zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sabab.
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo‘lib, inson shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo‘llari va usullarini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Muammoli o‘qitish – o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish shakli bo‘lib, unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuz aga keltiriladi va uning hal qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo‘lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.

Yüklə 278,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin