Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash mumkin?



Yüklə 278,32 Kb.
səhifə6/13
tarix20.11.2023
ölçüsü278,32 Kb.
#164161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Педагогик маҳорат сиртки мажмуа 2022

Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash mumkin?
Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish, muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga emas, balki o‘quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur.

Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.

Pedagogik jarayon bosqichida o‘qituvchining faoliyati bevosita ta’lim- tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo‘nalishga solish, o‘quvchilar tashabbusini qo‘llab quvvatlash, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko‘nikmalarini yaratish kabi faoliyat olib boriladi.

Natijalar tahlilida o‘qituvchi o‘z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq va kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida tanqidiy qo‘llashni bilishi lozim, ushbu yo‘nalishda maqsad, reja va natijalarning birligi ta’minlanadi, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikni, tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak.
O‘quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy tarbiyalanganlik o‘quvchining his tuyg‘ularida ichki kechinmalarida ifodalanadi va xulq atvorida, o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga qalqib chiqadi. O‘quvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va mehribonlikni namoyish etish, o‘qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatda to‘g‘ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin bo‘ladi.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Dars jarayonida esa o‘qituvchi o‘quvchilarni tashkilotchi va ijrochi rollarida bo‘lishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs o‘zligini tanishni o‘rganadi. O‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat o‘rganilayotgan dars mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida o‘quvchilarni axborot ko‘lamiga jalb etishni o‘ylamasligi kerak, balki o‘qituvchining yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o‘quvchining qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:
KOMMUNIKATIV MULOQOT
INTERAKTIV MULOQOT
PERSEPTIV MULOQOT

Yüklə 278,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin