43-mavzu. CHaqqonlikni tarbiyalash metodikasi.
CHaqqonlik jismoniy sifat ekani. CHaqqonlikni fiziologik va psixologik asoslari. CHaqqonlikni tarbiyalash metodikasining asoslari. Xususiy (CHaqqonlikni nisbatan) sifatlar va ularni tarbiyalash metodikasi. Toliqish va zo‘riqishga qarshi kurashish. Tezkorlik zo‘riqishiga qarshi kurashish. Koordinasion zo‘riqishga qarshi kurashish. Muvozanatni saqlash va uni tarbiyalash metodikasi haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
44-mavzu. CHidamlilikni tarbiyalash metodikasi.
CHidamlilik tushunchasining ta’rifi. CHarchoq va chidamlilik turlari. CHidamlilikni tarbiyalash metodikasining asoslari. CHidamlilikni tarbiyalashda yuklamalar mezoni va komponentlari. Aerob imkoniyatlarni oshirish metodikasi. Anaerob imkoniyatlarni oshirish metodikasi. Aerob va anaerob imkoniyatlarni oshirishga qaratilgan ta’sirlarni birga qo‘shish. Nafas olish va chidamlilik.
Maxsus chidamlilikning ba’zi bir turlarini tarbiyalash metodikasining xususiyatlari. YAkkama yakka bahslashuv va spot o‘yinlarida chidamlilikni tarbiyalash xususiyatlari. Kuchlilik xarakteridagi mashqlarda chidamlilikni tarbiyalash haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
45-mavzu. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari – o‘quv ishlarining asosiy shakli sifatida. O‘qitishning vazifasining asosi hisoblangan holda har bir
mashg‘ulotning ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirishga yo‘nalganligini yaxlitligi. Mashg‘ulotlar vazifalarini ishlab chiqishning ahamiyati. Mashg‘ulotlarni tuzilish xususiyatlari: mashg‘ulotlar tuzilishining o‘quv muassasalarida tahsil oluvchilarning yoshlik xususiyatlariga bog‘liqligi haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Mashg‘ulotni tashkil etish va o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari: frontal, uzluksiz, guruhli, individual, aylanma mashg‘ulotlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Maxsus va tayyorlov guruhlari bolalari bilan olib boriladigan jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarda jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini tashkil etish xususiyatlari hamda o‘tkazish metodikasi, mashg‘ulotlarning tuzilishi, ularning mazmuni haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Rejalashtirishning ahamiyati va mohiyati, rejalashtirish texnologiyasi va shaklini belgilovchi xususiyatlari, rejalashtirishning asosiy amallari, ularning ketma-ketligi. Rasmiy, umumiy dasturlarning mavjudligi, uni xususiyatlari va uni amalga oshirish haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida jismoniy tarbiyani o‘rni va ahamiyati. Maktab o‘quv rejasi bo‘yicha umumiy jismoniy tarbiya kursi, darsning o‘ziga xos belgilari va unga qo‘yiladigan umumiy talablar, darsning mazmuni va uning tuzilishi, darsning vazifalarini aniqlash,
Darsda yuklamalarning me’yorlash uslublari, jismoniy tarbiya darsining turlari, o‘quv kun tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya darslari. 1-2 bosqich o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dastur bo‘limlaridagi o‘quv materiallariga tavsif. 1-2 bosqich o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi va vazifalari. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi va darsga qo‘yiladigan talablar. Darsning pedagogik tuzilishi va o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari. Darsda yuklamani me’yorlash uslubiyati va jismoniy tarbiya darslarining me’yoriy hujjatlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
Dostları ilə paylaş: |