tasavvurga ega bo‘lishi; • o‘z fikr va mulohazalarini lingvistik kurs modullari va ularning mavzularidan kelib chiqqan
holda mantiqiy bayon etishi;
• chet tilidagi og‘zaki va yozma shakldagi ma’lumotlarni tushunish maqsadida turli
strategiyalarni
bilishi va ulardan foydalana olishi; • chet tilining fonetik va grammatik strukturalariga oid bazaviy va kommunikativ jarayonda
qo‘llanishi mumkin bo‘lgan til birliklari va qonuniyatlarini bilishi va ularni nutq jarayonida
qo‘llay olishi;
• chet tilida chop etilgan turli matbuot materiallari va axborot beruvchi boshqa vositalardan
olingan autentik til materiallarini tushuna olish va ularni tahlil qilish;
• o‘rganilayotgan chet tilida o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish;
• bitiruv malakaviy ishini yozish, ilmiy ishni olib borish bosqichlari, yozish uslublarini to‘g‘ri
qo‘llash va ilmiy matnni tahrirlash borasida yetarli bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. 4. V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
interfaol keys-stadilar;
amaliy mashg‘ulotlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruh, mikroguruh bo‘lib ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5. VI. Kreditlarni olish uchun talablar: Talabalardan til kompetensiyalariga va modullar mazmunini aks ettiruvchi asosiy
tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, ya’ni chet tilida og‘zaki nutqni tushunish, o‘z fikrini chet
tilida bayon qilish,o‘qish va yozish mahoratini namoyon qilish, chet tilining fonetik va
grammatik qonuniyatlarini, tili o‘rganilayotgan va chet tilida so‘zlashuvchi xalqlarning