Issiqlik hosil bo‘lishi
Issiqlik hosil bo„lishi tanadagi metabolizm jarayonida qatnashadigan
kimyoviy reaksiyalar tufayli sodir bo„ladi. Shuning uchun ham bu reaksiyalar
qanchalik jadal kechsa tanada issiqlik hosil bo„lishi shunchalik yuqori bo„ladi, ular
sekin va kuchsiz bo„lsa buning teskarisicha issiqlik hosil bo„lishi past bo„ladi.
Issiqlik hosil bo„lishidagi bunday bog„lanishni kimyoviy termoregulyatsiya
deyiladi. Odam tanasidagi metabolik jarayonlar kunduz kuniga nisbatan tong
saharda (soat 2-4-lar atrofida) biroz kuchsizlanadi shunga ko„ra issiqlik
ajratiladigan kimyoviy jarayonlar ham pasayadi va tana harorati bu vaqti biroz
pasayadi (yoz paytlari tong saharda sovuq qotishining sababi ham shu). Kunning
ikkinchi yarmida (soat 16-19-larda) yoki jismoniy mashq bajarish bilan metabolik
jara-yonlar jadallashadi va tegishli darajada issiqlik ko„p ajralib tana isiydi.
Metabolik jarayonda sodir bo„ladigan oksidlanishda qanday energiya
beruvchi modda (karbonsuv, yog„, oqsil) qatnashishiga qarab hosil bo„lgan issiqlik
yo ko„p yo oz bo„ladi.
Odam tinch turganda tanadagi oksidlanish jarayonlarida 2/3 qism yog„ va 1/3
qism karbonsuv qatnashadi, bunda nafas olish koeffitsienti 0,80 atrofida bo„ladi
(tegishli bo„limlarga qarang). Shunga ko„ ra sarflangan har 1 l O
2
nisbatan 4,8 kkal
issiqlik yuzaga keladi. 70 kg tana massasiga ega erkak tinch turganda 1 minutda
o„rtacha 0,25 l O
2
o„zlashtiradi. Bu yerdan uning metabolik jarayonlar hisobidan
issiqlik ajratishini hisoblash mumkin, u 1,2 kkal/min-ga teng (0,25 l O
2
/ min · 4,80
kkal / O
2
), yoki 72 kkal/soat, yoki 1kkal/kg, yoki 1 kkal/gsoatga teng. Hosil
bo„lgan issiqlik tanadagi to„qima va hujayralar haroratini ko„taradi. Bu haroratni
1°C - ga ko„tarish uchun sarf qilingan issiqlikni to‘qimalarning issiqlik sig‘imi
deyiladi va u turli to„qimlarda har xil bo„ladi. Har bir odam tanasida (undagi yog„,
muskul to„qimalarining nisbatiga ko„ra) bu birlik 0,70 dan 0,85 gacha o„zgarib
turadi (o„rtacha 0,83 kkal/kg°C). Shunga ko„ra, 70 kg odam haroratini 1 °C-ga
ko„tarish uchun 58,1 kkal issiqlik talab qilinadi (0,83 · 70). Demak bunday odam
tinch turganda uning tana harorati har 1 soat davomida 1,24 °C ko„tarilib borishi
kerak (72 kal / soat : 58,1 kkal). Lekin amalda hosil bo„lgan issiqlik (me‟yoriy
tashqi muhit haroratida) qanday tezlikda yuz bergan bo„lsa shu tezlikda muhitga
berilib boradi va kishi o„ta qizib ketmaydi.
Tanadagi barcha to„qimlarda tegishli miqdorda issiqlik hosil bo„lib turadi,
chunki ularning barchasida hayotiy jarayonlar bilan bog„liq kimyoviy reaksiyalar
doim davom etib turadi. Qaysi bir to„qimada mana shu jarayon jadal bo„lsa, o„sha
yerda ko„proq issiqlik hosil bo„ladi. Tinchlik holatida issiqlik ko„p hosil bo„ladigan
a‟zolarga jigar, yurak, bosh miya va endokrin bezlar kiradi. Muskul to„qimlarida
tinchlik holatida juda kam issiqlik yuzaga keladi, lekin ular tana massasining 40 %
(o„rtacha) tashkil qilganligi bois umumiy tana issiqligining salmoqli qismini hosil
qiladi. Tinchlik davrida umumiy tana harorati muskullar hisobiga 20 %, jigar
to„qimalariga ham 20 %, bosh miyaga 18 %, buyruklarga 7 % teriga 5 %, qolgan
to„qimalariga 19% to„g„ri keladi.
Jismoniy faoliyat davrida muskullarda metabolizmning kuchayishi natijasida
ular hisobidan issiqlik hosil bo„lishi eng yuqori bo„ladi (umumiy energiyaning 70-
80 %-i issiqlikka sarf bo„ladi). Bu quyidagi chizmada aniq o„z ifodasini topgan (21
rasm.).
10-rasm. Tinchlik va jismoniy ish paytida termoregulyatsiya
Juda og„ir jismoniy ish bajarilganida muskullarda issiqlik ajralishi umumiy
issiqlikning 95% tashkil qilish mumkin. Bunday paytda ishlovchi muskullar
harorati 42 °C gacha chiqadi.
|