4. Issiqlikning muhitga berilishi
Turli xil fizikaviy jarayonlar yordamida amalga oshiriladi (to„g„ridan-to„gri
o„tkazish, konveksiya, radiatsiya va bug„lanish). Shuning uchun bu yo„llar bilan
issiqlikning tanada ma‟lum chegarada ushlab turilishini fizikaviy termoregulyatsiya
deyiladi. Issiqlikning to„g„ridan-to„g„ri o„tkazilishi konveksiya va nurlanish yo„li
bilan muhitga berilishi ma‟lum issiqlik gradiyentini talab qiladi, yoki bu
holatlarning sodir bo„lishi uchun tana harorati muhit haroratidan baland bo„lishi
kerak. Issiqlikning bug„lanish bilan muhitga berilishida esa tana yuzasi bilan muhit
orasidagi suv bug„lari bosimining musbat gradiyenti hal qiluvchi rol o„ynaydi.
Issiqlikning muhitga to„g„ridan-to„gri berilishida asosiy omil tana yuzasining
harorati bilan muhit harorati orasidagi farqdir. Bu farq qanchalik katta bo„lsa (tana
yuzasining harorati muhitga nisbatan yuqori bo„lsa) issiqlikning to„g„ridan- to„g„ri
berilishi shuncha yaxshi bo„ladi. Agar bu farq nolga tenglashsa ushbu yo„l bilan
hech qanday issiqlik muhitga berilmaydi.
Ushbu yo„l bilan issiqlik berilishidagi ikkinchi omil bu tana yuzasining
ko„lamidir. Tana yuzasi muhitga qanchalik keng ko„lamda tegib tursa issiqlik
berilishi ham shunchalik yuqori bo„ladi. Masalan, odam tik turganda, (qo„llarini
yonga qo„yib) qo„ltiq tagi, chatanlar, boldirlarning ichki yuzasi va boshqa tana
qismlari muhit havosiga to„g„ridan-to„g„ri tegib turmaydi (bunday holatda tana
yuzasining 80 % bevosita muhit havosiga tegib turadi). Mana shu vaziyatda
issiqlikning to„g„ridan-to„g„ri muhitga berilishi odam g„ujanak bo„lib yotgandagiga
qaraganda (chunki bu holatda tananing 55 % yuzasi muhit havosiga tegib turadi)
ancha ko„p bo„ladi. Shuning uchun ham sovuq qotgan odam va har qanday jonivor
ham g„ujanak tushgan holda yotib oladi.
Shu narsa muhimki tanadan muhitga to„g„ridan-to„g„ri yo„l bilan issiqlik
o„tishi uni o„rab olgan muhit (havo yoki suv) harorati tana haroratiga
tenglashguncha davom etadi, shundan keyin u to„xtaydi.
Tanaga tegib turgan havo yoki suv siljib uning o„rniga harorati pastroq havo
yoki suv kelsagina issiqlik o„tishi yana davom etadi. Bunday yo„l bilan issiqlikning
muhitga berilishini konveksiya usuli bilan issiqlik o„tkazish deyiladi. Konveksiya
mexanizmi issiqlikni to„g„ridan-to„g„ri muhitga berishda muhim o„rin tutadi, odam
tanasi atrofidan havo yoki suv qancha jadallik bilan o„tib tursa muhitga issiqlikning
berilishi shuncha tez bo„ladi. Shu boisdan harakat qilib yurib turgan odam tinch
turganga qaraganda ko„proq issiqlik yo„qotadi . Yana dinamik mashq bajarish
statik mashq bajarishga qaraganda issiqlikning ko„proq muhitga berilishi bilan
xarakterlanadi. Chunki dinamik mashq bajarish jarayonida tana atrofidagi havo
yoki suv tez almashinib turadi. Odam tinch turganida va muhit harorati neytral
bo„lganida (29 °C), teri harorati 33 °C bo„lganida to„gridan-to„g„ri o„tkazish va
konveksiya yo„li bilan umumiy issiqlikning 40% muhitga beriladi.
Odam suvda ko„proq issiqlik yo„qotadi, chunki suvning issiqlik sig„imi
havoga nisbatan 20 marta ziyod. Shuning uchun ham suv va havoning bir xil
haroratida qurug„likda harakat qilgan odamga qaraganda suvda suzuvchi ko„p
issiqlik yo„qotadi.
Dostları ilə paylaş: |