XULOSA
Xulosa o‟rnida shuni aytish mumkinki, organizm nisbatan tinch turganda
oziq moddalar bilan qabul qilingan energiya osonlik bilan issiqlik energiyasiga
aylanadi. Shu bois ham bu issiqlik miqdori sarflangan jamiki energiyaga nisbatan
ekvivalent hisoblanadi.
Organizmning energiya sarfi bevosita va bilvosita kalorimetriya usullarida
aniqlanadi. Bu usullarning mazmuni shundan iboratki, birinchisi bevosita tanadan
ajraladigan issiqlikni o‟lchash bo‟lsa, ikkinchisi nafas olish orqali kislorod va
karbonat angidrid almashinuvi miqdorini aniqlashga qaratilgan.
Jismoniy yuklama vaqtida energiya almashinuvi bajariladigan ish hajmiga
qarab oshib boradi. Erkaklar “nisbiy tinch” holda ishlaganlarida, sutkasida o„rtacha
2300 kkal (9600 kJ) energiya sarflaydi. Bu ko`rsatkich o„tirib ish bajaradigan
ko„pgina odamlarga xos bo„lib, hozirgi paytda aholining anchagina qismida
uchraydi. Ayollar tana massasi erkaklarga nisbatan bir muncha kam bo„lganligi
uchun ularda umumiy almashinuv ko`rsatkichi ham oz bo„ladi. Jismoniy yuklama
bajarish bilan energiya almashinuvini kishi o„z hohishi bilan o„zgartirishi mumkin,
ya‟ni kamroq yuklama bajarsa energiya kam sarflanadi, ko„p ishlasa ko„p
sarflanadi va hokazo.
|