KIRISH
1. Organizimda energiya sarfini o‘lchash.
Organizm tinch turganida oziq moddalar bilan qabul qilingan energiya
osonlik bilan issiqlik energiyasiga aylanadi. Shuning uchun ham bu issiqlik
miqdori sarflangan jamiki energiyaga nisbatan ekvivalnt hisoblanadi.
Boshqacha aytganda tanadan ajraladigan issiqlik miqdorini o„lchab energiya
sarflanishi haqida xulosa qilish mumkin. Bu energiya asosan ikki xil usulda, ya‟ni
bevosita va bilvosita kalorimetriya yo„li bilan o„lchanadi.