Jismoniy yuklama vaqtida energiya almashinuvi bajariladigan ish hajmiga
qarab oshib boradi. Erkaklar “nisbiy tinch” holda ishlaganlarida, sutkasida o„rtacha
2300 kkal (9600 kJ) energiya sarflaydi. Bu ko`rsatkich o„tirib ish bajaradigan
ko„pgina odamlarga xos bo„lib, hozirgi paytda aholining anchagina qismida
uchraydi. Ayollar tana massasi erkaklarga nisbatan bir muncha kam bo„lganligi
bajarish bilan energiya almashinuvini kishi o„z hohishi bilan o„zgartirishi mumkin,
ya‟ni kamroq yuklama bajarsa energiya kam sarflanadi, ko„p ishlasa ko„p
sarflanadi va hokazo. Ish paytida jismoniy yuklama bajarish turli kasb egalarida
har xil bo„lib shunga ko„ra ular 5 guruhga bo„linadi. Quyida shular haqida
ma‟lumot keltiramiz.
1-guruh – juda kam jismoniy ish bajaradigan asosan aqliy mehnat egalari
(olimlar, shifokorlar, pedagoglar, EHM operatorlari, hisobchilar va boshqalar). Bu
guruhga mansub erkaklar kunida o„rtacha (yoshiga qarab) 2550-2800 kkal, ayollar
esa 2200-2400 kkal energiya sarflashadi.
2-guruh - yengil jismoniy ish bilan shug„ullanuvchilar (avtomatlashgan
korxona ishchilari, tramvay va trolleybus haydovchilar, agranomlar, hamshira va
sanitarkalar, tikuvchilar, sotuv -chilar va boshqalar), ularda energiya sarfi tegishli
ravishda 2750-3000 va 2350-2550 kkal.
3-guruh - o„rtacha og„irlikdagi jismoniy mehnat bilan shug„ullanuvchilar
(sleserlar, jarrohlar, traktorchilar, avtobus haydovchilar, temir yo„lchilar va
boshqalar). Ularda energiya sarfi tegishli ravishda 2950-3250 va 2500-2700 kkal.
4-guruh - og„ir jismoniy mehnat qiladiganlar (quruvchilar, paxtakorlar,
qishloq xo„jalik mehnatkashlari, metallurglar, durad-gorlar va boshqalar). Ularda
energiya sarfi tegishli ravishda 3900-4150 va 3450-3700 kkal.
5-guruh - eng og„ir jismoniy ish bajaruvchilar (shaxtyorlar, tog„ ishchilari,
daraxt kesuvchilar, g„isht teruvchilar, betonchilar, hammollar). Bu guruhga faqat
erkaklar mansub bo„lib, ularda energiya sarfi 3900-4300 kkal-ga teng.
Aqliy mehnat qilganda ham asosiy almashinuv oshadi, lekin bu ko„payish
miya hujayralarining intensiv ishlashi bilan emas balki reflektor muskul
faoliyatining oshishi bilan tushuntiriladi. Sport bilan shug„ullanish sutkalik
energiya sarfini sezilarli darajada ko„paytiradi (5000 kkal va undan ham yuqori).
Shuning uchun sportchilarga mo„ljallangan ovqat tegishli energiya zahirasiga ega
bo„lishini inobatga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: