Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 345,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix02.01.2022
ölçüsü345,29 Kb.
#47868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi

Bug‘lanish 

Bug„lanish  tana  yuzasidagi  suyuqlikning  ma‟lum  issiqlik    sarflanishi  bilan 

tarqatilishi  va  muhitga  shu  yo„l  bilan  ziyoda  haroratning  berilishidir.  Buning 

natijasida  teri  harorati  pasayadi.  Bug„-lanish  ancha-muncha  issiqlik  sarflanishi 

evaziga bo„ladi, 1 l ter suyuqligining teri yuzasidan (tananing me‟yoriy haroratida) 



bug„-lanishiga  580  kkal  energiya  sarflanadi.  Shu  boisdan  ham  muhit  harorati 

yuqori  bo„lganida  va  jismoniy  ish  bajarilganida  oshiqcha  issiqlikning  muhitga 

berilishida bug„lanish katta ahamiyat kasb etadi.  

Tanadan  issiqlikning  muhitga  to„g„ridan-to„g„ri  konveksiya  va  nurlanish 

(radiatsiya)  yo„llari  bilan  berilish  miqdori  muhit  haroratiga  teskari  bog„lanishda 

bo„lib,  u  tana  haroratiga  yaqinlashishi  bilan  (o„rtacha  33  °C)  ushbu  yo„llar  bilan 

issiqlik  o„tkazish  minimal  holga  tushib  qoladi.  Bunday  sharoitda  issiqlikning 

muhitga  berili-  shida  bitta  yo„l  u  ham  bo„lsa  bug„lanish  bilan  amalga  oshiriladi, 

chunki  bug„lanish  muhit  harorati  bilan  to„g„ri  bog„lanishga  ega,  ya‟ni  tashqi 

harorat qancha yuqori bo„lsa bug„lanish shuncha jadallashadi.  

Lekin bug„lanish tezligi muhit havosining namligi bilan teskari bog„lanishda, 

ya‟ni tanani o„rab olgan havo qancha yuqori namlikka ega bo„lsa uning yuzasidan 

bug„lanish  shuncha  kam  sodir  bo„ladi  va  shunga  yarasha  ushbu  yo„l  bilan 

issiqlikning  muhitga  berilishi  ham  qiyinlashadi.  Shuning  uchun  ham  nam  joyda 

issiqlikka  chidash  ancha  qiyin  yoxud  yozning  issiq  kunlari  botqoqlik, 

qamishzorlarda jismoniy ish bajarish og„ir kechadi.  

Bunday  paytlari  bug„lanish  yo„li  bilan  issiklikning  muhitga  berilishi 

konveksiya tezligiga  bog„liq, ya‟ni tana yuzasiga tegib turgan havo qanchalik tez 

almashinib tursa ushbu yo„l bilan oshiqcha issiqlik muhitga shuncha tez beriladi.  

Tana  yuzasida  sodir  bo„ladigan  bug„lanish  ikki  ko„rinishda  ya‟ni 

sezilmaydigan  va  seziladigan  holda  bo„ladi.  Sezilmaydigan  bug„lanish 

to„qimalararo  suqlikning  teri  yuzasiga  oz  miqdorda  (10  ml/soat)  doim  chiqib 

turishi  oqibatda  bo„ladi.  Bunday  bug„lanish  yana  o„pkadan  chiqadigan  havoning 

namligi bilan ham yuzaga keladi. Har ikkala sezilmaydigan bug„lanish orqali tana 

issiqligining  muhitga  berilishi  umumiy  issiqlik  yo„qotishning  20  %  tashkil  qiladi 

(ko„pi bilan). 

Sezilarli  bug„lanish  teri  yuzasiga  chiqqan  ter  suyuqlingining  bug„lanishi 

bo„lib, bunda qayd qilinganidek, ancha-muncha issiqlik muhitga o„tkaziladi. Odam 

kuchli  jismoniy  ish  bajarganda  1  soat  davoimida  3  l  gacha  ter  suyuqligi  ajratadi. 

Agar shu ter suyuqligining hammasi bug„lansa 2000 kkal\soat issiqlik yo„qotilishi 




mumkin  (580  kkal/l  ·  3  l

ter


/soat,  580  kkal  -  1  l  ter  suyuqligi  bug„langanida 

yo„qotilgan issiqlik).  

Shu  narsa  diqqatga  sazovarki  teri  yuzasiga  ajralib  chiqqan  ter  suyuqligi 

bug„langandagina tana soviydi, agar ter suyuqligi bug„-lanmasdan oqib tushaversa 

teri  harorati  pasaymaydi,  chunki  bug„lanish  bo„lgandagina,  yuqorida  qayd 

qilinganidek, tegishli   energiya (issiqlik) sarflanib shuni evaziga harorat pasayadi. 

Ter  suyuqligi  teri  tarkibidagi  ter  bezlaridan  ajraladi,  ularning  umumiy  soni 

odamda 2 mln atrofida bo„lib, hammada bir xil bo„lmaydi. Shu sababli har kimning 

terlashi turlicha. 

Ter suyuqligi osh tuzining past kontsentratsiyali eritmasidir (NaCl  - 300 mg 

%), unda mochevina (21 mg %), glyukoza (20 mg), amminokislotalar (6,5 mg %), 

ammoniy  (6  mg  %),  hamda  juda  kam  miqdorda  sut  kislotasi  bo„ladi.  Terning 

reaksiyasi  kislotali  (pH  =  4,2–7,0).  Tana  haroratini  bir  xil  saqlash  markaziy  nerv 

tizimidagi,  aniqrog„i  gipotalamusdagi  issiq  va  sovuqqa  sezgir  nerv  markazlari  va 

ular  bilan  ikki  tomonlama  nerv  aloqasiga  ega  bo„lgan  teridagi  issiqni  hamda 

sovuqni sezadigan retseptorlar faoliyati tufayli amalga oshiriladi. Teridagi sovuqni 

sezadigan  retseptorlar  issiqni  sezadiganidan  ko„p,  ularning  qo„zg„alishi  (past 

harorat  ta‟sirida)  gipotalamusdagi  tegishli  markazlarni  qitiqlab  ko„proq  issiqlik 

hosil qilish va mavjud issiqlikni muhitga kam chiqarish iloji ko„riladi (teridagi qon 

tomirlari  torayadi,  muskullarda  qaltirash  holati  yuz  beradi  va  hokazo).  Issiqni 

sezuvchi  retseptorlar  qitiqlanib  tegishli  impulslar  gipotalamusga  yetib  borgandan 

keyin  u  joydagi  maxsus  markazlardan  issiqlikni  tezroq  muhitga  o„tkazish  uchun 

teri qon tomirlarining kengayishi, ter suyuqligi ajralishi kabi mexanizmlarni ishga 

tushiradigan impulslar tarqaladi. 

Tana  harorati  va  uning  muskul  faoliyati  davrida  o„zgarishi.  Tananing  turli 

qismlarida aytib o„tilganidek harorat har xil bo„ladi, bunda asosiy omil hujayra va 

to„qimalarda boradigan metabolik jarayonlarning jadalligidir. Shunga ko„ra odam 

tinch turganida eslatilgan jarayon ichki a‟zolarda kuchliroq bo„ladi, shuning uchun 

ham bunday holatda jigar, yurak, bosh miya va hazm a‟zolarining harorati boshqa 

a‟zolarga qaraganda bir oz yuqori bo„ladi. Jismoniy faoliyat boshlanishi bilan esa 




bevosita qisqarib ish bajaradigan muskullarda harorat boshqa a‟zolarga qaraganda 

ko„tariladi. 

Odam  tanasining  ichki  qismida  joylashgan  a‟zolar(jigar,  yurak,  buyraklar, 

bosh miya, hazm a‟zolari) harorati bir-biridan qisman farq qilsada (0,1 °C) ularni 

bir xil haroratga ega deb qabul qilingan va ular harorati tana yadrosining harorati 

deyiladi. Ichki a‟zolar va muskullarni tashqaridan qoplab turgan teri harorati tana 

yuzasining harorati deyiladi. 

Tana yadrosi bilan uning yuzasi orasidagi harorat farqi maksimal holda 20 °C 

–ga chiqishi mumkin. Odatda odam qulay      sharoitda bo„lganida bu farq 4 °C–

dan  oshmaydi.  Mana  shu  farq  ichki  a‟zolardan  haroratning  peshma-pesh  tashqi 

yuzaga berilib turishi uchun yetarlidir.  

Tana  yadrosining  harorati  tinchlik  paytida  1  °C-ga  ko„tarilib  yoki  pasayib 

turadi.  Bunday  o„zgarish  yalang„och  odam  sovuq  yoki  issiq  sharoitda  davomli 

suratda turib qolsa kuzatiladi.  

Tana  yadrosining  haroratini  aniq  bilish  uchun  yurak  ichidagi  qon  haroratini 

maxsus  asboblar  bilan  o„lchash  kerak.  Chunki  qon  harakat  qilib  barcha  ichki 

a‟zolar  haroratini  tenglashtirib  turadi.  Shu  yo„l  bilan  tana  yadrosining  harorati 

o„lchanganida  uning  36,6-37,0  °C  tengligi  aniqlangan.  Lekin  ushbu  usulni  har 

qanday  sharoitda  ham  qo„llayverish  qiyin,  shuning  uchun  tana  yadrosi  harorati 

ko„pincha  to„g„ri  ichakda  o„lchanadi  uni  (rektal  harorat  deyiladi).  Rektal  harorat 

ham haqiqiy tana yadrosi haroratidan farq qiladi (0,2-0,5 °C). 

Jismoniy  faoliyat  metebolizm  jarayoning  oksidlanish  yo„li  bilan  tanada 

issiqlik  hosil  bo„lishini  20  martagacha(tinchlik  holatiga  nisbatan)  ko„tarishi 

mumkin. “Standart” odamda (70 kg) tinchlik paytida issiqlik hosil bo„lishi 65-68 

kkal/soat bo„lsa, og„ir bo„lmagan mashq bajarilganida bu ko`rsatkich 300 kkal/soat 

og„ir, mashq bajarilganida esa 600-900 kkal/soat gacha chiqish mumkin. 

Jismoniy  ish  bajarilishining  15-30  minutigacha  tana  yadrosi  harorati 

ko„tarilib boradi, keyin odatda ishning oxirigcha o„zgarmay qoladi. Bunday harorat 

o„zgarishida ichki a‟zolar harorati 41°C-gacha ko„tarilishi mumkin.  



Teri  yuzasining  harorati  jismoniy  ish  qilish  tufayli  tana  yadrosi  haroratiga 

o„xshab  ko„tarilmaydi,  balki  2°C  gacha  pasayadi  (unchalik  davomli  bo„lmagan 

ishda) (22-rasm). 

Umuman  olganda  jismoniy  mashq  bajarish  bilan  tana  harorati  1-2  °C-ga 

oshadi. Bu holat nerv markazlari va muskullar faoliyatiga ijobiy ta‟sir qiladi, nerv 

va  muskul  tolalarining  o„tkazuvchanligi,  labilligi  oshadi.  Yana  tana  haroratining 

jismoniy  ish  qilish  tufayli  ko„tarilishi  natijasida  gemoglobindan  to„qimalarda  O

2

 



ajralishi  yaxshilanadi  va  qon  yopishqoqligi  biroz  kamayadi.  Bu  holat  odatda 

razminka jarayonida amalga oshirilib bevosita mashq qilishni yengillashtiradi. 

 

 

 



 

11-rasm.  Tredbanda  5  m/sek  tezlik  bilan  yugurishda  teri  va  rektal 

haroratning  o‟zgarishi  (muhit  harorati  –  29-31,50  C  ).  Uzluksiz  chiziq  –  shamol 

berilib turganda; uzlukli – shamol bo‟lmagnida. 

Issiq iqlim va yuqori namlik sharoitida davomli va og„ir mashq qilish tana 

haroratining  oshib  ketishiga  (haroratning  muhitga  berilishi  qiyinlashishi  sababli) 

olib  keladi.  Oqibatda  issiq  urish  holati  yuz  berib  nafas  olish,  yurak  urishi 

tezlashadi,  arterial  qon  bosimi    pasayib  ketadi,  ba‟zan  hushdan  ketish  hollariga 

ham  olib  keladi.  Shuning  uchun  bunday  o„lkalarda  jismoniy  mashq  kilish 

sutkaning  nisbatan  salqin  soatlari  va  havo  konvektsiyasi  yaxshi  joylarda 

o„tkazilishi maqsadga muvofiq. 




Yüklə 345,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin