Radiatsiya (nurlanish)
Odam tanasi yuzasidan issiqlik alohida elektromagnit issiqlik energiyasi ya‟ni
fotonlar shaklida ham muhitga beriladi. Bu holatni issiqlik berilishining radiatsiya
yoki nurlanish usuli (yo„li) deyiladi. Radiatsiya yo„li bilan issiqlikning muhitga
berilishi tana yuzasining harorati baland bo„lganda kuchli bo„ladi. Radiatsiya yo„li
bilan tarqalgan issiqlik yuza tomonda (tana yuzasida ham) to„planadi yoki
absorbsiya qilinadi. Bunda tana yuzasining yalang„och va qora bo„lishi muhim
omil bo„lib, issiqda qoraygan odamda radiatsiya yo„li bilan quyosh issiqligining 80
%, qoraymagan odamda esa 65 % to„planadi.
Muhit harorati neytral bo„lganda (29 °C) va odam tinch turganida (teri
harorati 33 °C) 40% issiqlik radiatsiya yo„li bilan tashqi muhitga berilib turiladi.
Dostları ilə paylaş: |