Qarshi davlat universiteti



Yüklə 53,07 Kb.
səhifə7/15
tarix04.02.2023
ölçüsü53,07 Kb.
#82840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
NAMOZOV ABROR

QOBILIYAT — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakassh farq qiladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan Qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday Qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun Qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha Qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda q. ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy q. deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, Qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va b. orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (q. Daho) namoyon boʻladi.
Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko‘nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo‘ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo‘lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘pgina sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so‘nib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatlardagina namoyon bo‘ladi. O‘quvchida ham zaruriy ko‘nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo‘qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko‘rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo‘ladi.
Masalan, Albert Eynshteyn o‘rta maktabda uncha yaxshi o‘qimaydigan o‘quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo‘lishidan hech narsa dalolat bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo‘ladi ya’ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo‘ladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo‘ladi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo‘lib, shuning bilan birga u ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. Hamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Qobiliyatli, ammo noshut inson ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikmada ro‘yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. SHuning bilan birga ko‘nikma va malalakalar etishmagan qobiliyatni bir muncha to‘ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko‘nikmalarni umumlashmasi mohirlik deb ataladi. Mohirlik ham qobiliyatning o‘zginasidir.
Har qanday qobiliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o‘z qobiliyatliligini ko‘rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb baholanadi. Har bir qobiliyatning o‘ziga xos tuzilishi mavjud. Qobiliyat tarkibida tayanch va etakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim.
Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko‘nikmasidir. Bu individual narsaning o‘ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilish demakdir. Qobiliyatning etakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o‘ziga xos tuzilishda bo‘ladi), emotsionallik, ya’ni his tuyg‘uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va shunga o‘xshashlar. Amaliy faoliyatning ba’zi ko‘rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o‘ringa chiqadi. Qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham o‘zgaruvchandir.
Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo‘lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, nerv tizimining alohida sezgirligi ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin.
Qobiliyatlar B.M. Teplovning fikricha, muntazam rivojlanish jarayonida mavjud bo‘ladilar. SHuningdek, ta’kidlab o‘tish lozimki, har bir faoliyatning bajarilish samaradorligi bir xil emas, balki, turli qobiliyatlar uyg‘unligiga bog‘liq. Ba’zi qobiliyatlar rivojlanishiga zarur nishonalarning mavjud emasligi, ularning tanqisligi boshqa qobiliyatlarning yuksak darajada rivojlanganligi hisobiga to‘ldirilishi mumkin.

Yüklə 53,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin