Qarshi davlat universiteti


Xulosa Qobiliyat mavzusidan



Yüklə 53,07 Kb.
səhifə14/15
tarix04.02.2023
ölçüsü53,07 Kb.
#82840
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
NAMOZOV ABROR

Xulosa
Qobiliyat mavzusidan: xulosam shundan iboratki, Qobiliyatlar muammosi bilan O‘zbekiston psixolog olimlaridan E.G. G‘oziev, R.Z. Gaynutdinov, M.G. Davletshin, B.R. Qodirov, V.A. Tokareva va boshqalar shug‘ullanadilar.
1)Qobiliyatlarning rivojlanishida shartli ravishda bir nechta bosqichlarni ajratish mumkin. Har bir odam o‘z rivojlanishida u yoki bu ta’sirlarga, biror-bir faoliyat turlarini egallashga nisbatan yuqori sezuvchanlik davrlaridan o‘tadi. Bola 2-3 yoshiga etganida og‘zaki nutqi jadal rivojlanadi, 5-7 yoshda o‘qishni egallashga tayyor bo‘ladi. Bolalar maktabgacha davrning o‘rta va katta yosh bosqichlarida rolli o‘yinlarni berilib o‘ynaydilar va rolga kirishib ketib, o‘zlarida uni gavdalantirishga bo‘lgan qobiliyatni sezadilar. SHuni ta’kidlash muhimki, faoliyatning maxsus turlarini egallashga bo‘lgan shaylik davrlari ertami kechmi yakun topadi, agar bu qulay davrda qandaydir xususiyat rivojlantirilmay qolgan bo‘lsa, keyinchalik bunday rivojlantirish o‘ta qiyinlashadi yoki amalga oshmaydi. SHuning uchun bola qobiliyatlarining rivojlanishi uchun uning shaxs sifatida rivojlanishining barcha bosqichlari muhimdir.
2)Istalgan qobiliyat rivojlanishining birlamchi bosqichi uning uchun zarur bo‘lgan organik hosilalarning etilishi yoki ularning asosida kerakli fundamental organlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Odatda, bu tug‘ilishdan boshlab, 6-7 yoshgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi. Ushbu bosqichda barcha analizatorlar faoliyatining takomillashuvi, bosh miya po‘stlog‘i alohida sohalarining rivojlanishi va ular vazifasining bo‘linishi amalga oshriladi. Bu bolada umumiy qobiliyatlarning shakllanishi va rivojlanishining boshlanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi, bu qobiliyatlarning ma’lum darajasi maxsus qobiliyatlar keyingi rivojlanishining sharti bo‘lib hisoblanadi.
3)Maxsus qobiliyatlarning rivojlanishi maktabda, ayniqsa, kichik va o‘rta sinflarda davom ettiriladi. Maxsus qobiliyatlarning rivojlanishiga avval bolalarning turli xil o‘yinlari yordam beradi, so‘ngra esa ularga o‘quv va mehnat faoliyati o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlaydi.
O‘yinlar jarayonida ko‘pchilik harakatli, konstruktorlik, tashkilotchilik, badiiy-tasviriy va boshqa ijodkorlik qobiliyatlarining rivojlanishi sodir bo‘ladi. O‘yinlarning muhim bo‘lgan o‘ziga xos xususiyati ularda bir emas, birdaniga bir qancha qobiliyatlar yaxlit majmuasining rivojlanishi hisoblanadi.
4)Bola shug‘ullanayotgan barcha faoliyatlar hammasi ham, u o‘yin, yasash yoki chizish bo‘lsin qobiliyatlarning rivojlanishi uchun birday ahamiyatga ega bo‘lmaydilar. Qobiliyatlarning rivojlanishiga ko‘proq, bolani o‘ylashga majbur qiladigan ijodkorlik faoliyati yordam beradi. Bunday faoliyat har doim biror yangilik yaratish, o‘zi uchun yangi bilimni kashf etish, o‘zida yangi imkoniyatlarni aniqlash bilan bog‘liq va u bilan shug‘ullanish uchun, hamda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan zarur kuchlarni ishga solishga kuchli rag‘bat bo‘ladi. Bundan tashqari ijodkorlik faoliyati ijobiy o‘zini baholashni mustahkamlaydi, talablar darajasini oshiradi, o‘ziga ishonch va erishilgan yutuqlardan mamnunlik hissini uyg‘otadi.
Agar bajarilayotgan faoliyat eng maqbul qiyinchiliklar sohasida, ya’ni, bola imkoniyatlari chegarasida joylashgan bo‘lsa, u holda qobiliyatlarning rivojlanishiga olib keladi.
5)Qobiliyatlarning rivojlanishi ko‘p darajada iste’dod nishonalarining joriy etilishiga imkon yaratuvchi sharoitlarga bog‘liqdir. Bunday sharoitlardan biri oiladagi tarbiya xususiyatlaridir. Agar ota-onalar o‘z bolalarida qobiliyatlarning rivojlanishi haqida qayg‘urar ekanlar, bolalarda biror-bir qobiliyatning aniqlanish ehtimolligi o‘z hollariga tashlab qo‘yilgan bolalarga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi.



Yüklə 53,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin