Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’likligi va uslubiy jihatdan uzviyligi "Mintaqaviy iqtisodiyot" fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, talabalar uni V semestrda o’rganishadi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar "Statistika", "Ehtimollar nazariyasi", "Iqtisodiy matematik modellar", "Iqtisodiyot nazariyasi", "Mikroiqtisodiyot", "Makroiqtisodiyot" fanlaridan yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.
"Mintaqaviy iqtisodiyot" fani "Innovatsiya strategiyasi", "Milliy iqtisodiyot", "Iqtisodiy xavfsizlik" va boshqa fanlarni o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni "Mintaqaviy iqtisodiyot" fani mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanish va tarkibiy tuzilishiga ta’sir etadigan omillar, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari va ularni guruhlashtirish, hududlarni tabiiy va iqtisodiy salohiyati, mintaqa moliyaviy mablag’lari va ularning shakllanish xususiyatlari, mahalliy byudjetning tushumlari va xarajatlari, xalqaro iqtisodiy birlashmalar va transmilliy korporatsiyalarning hududiy iqtisodiyotdagi roli, hududiy rivojlanishning yangi paradigma va kontseptsiyalari, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini va undagi jarayonlarni modellashtirish, yalpi hududiy mahsulotni hisoblashning jahon tajribasi, mintaqa iqtisodiy salohiyatini baholash va undan samarali foydalanish yo’llari, ishlab chiqarish, mineral xom-ashyo, yer-suv va mehnat resurslarini baholash usullari, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishning usul va dastaklari, hududiy byudjetdan tashqari fondlar, hududiy o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, hududlarning moliyaviy resurslari, mintaqalarda atrof-muhitni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni o’rganish va bashorat qilish imkonini beradi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning "Mintaqaviy iqtisodiyot" fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan hamda o’quv-uslubiy majmualardan foydalaniladi.