9
Bulardan tashqari, aktyorning yuzidagi mimika, dadil harakati va holati, shuningdek, asar
kompozitsiyasi, koloriti ham muvaffaqiyatli chiqqan.
Otelto obrazidagi mag‘rurlik, jiddiylikni kо‘rsatish maqsadida rassom aktyor tasvirining yuqori,
chap va о‘ng tomonlarini suvrat chegarasiga taqalgan holatda tasvirlaydi. AHidoyatovning
suvratdagi ruhiy holati tо‘q kizil, iliq jigarrang, och sarg‘ish ranglardan foydalanilgan hodsa
ochib berilgan.
J.Umarbekovning 1963 yilda yaratilgan "Navoiy va Husayn Boyqaroning yoshligi" nomti asari
ham О‘zbekistonning XX asr tasviriy san’atida e’tiborga loyiq ishlardan biri hisoblanadi.
XX asr О‘zbekiston tasviriy san’atining yutug‘i shundaki, bu davrda tasviriy san’atning realistik
rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik turlari shakllandi va tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi.
Salbiy jihatlardan biri — tasviriy san’atning kо‘pgina oqimlarida ijod qilish taqiqlab qо‘yshgdi.
Natijada О‘zbekiston tasviriy sanatining xorijga chiqish imkoniyatlari cheklandi.
Dostları ilə paylaş: