Qarshi davlat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə27/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#179796
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Qarshi davlat

Uchrashuvlar – kechalari. Bu uchrashuvlar eng yaxshi о‘qituvchilar, bolalar uchun teatr qо‘ygan rejissyorlar bilan, bolalar qonunbuzarliklari bilan shug‘ullanuvchi prokuratura xodimlari bо‘lishlari mumkin. Bu uchrashuv kechalari ham oldindan tayyorlanadi. Muhimi talabalarni qiziqtiradigan savollarni belgilab olish kerak. Suhbat mazmuni bola shaxsi shakllanishi haqida, bolalar psixikasi xususiyatlari tо‘g‘risida talabalarning psixologik bilimlariga asoslanishi kerak. Muhokama etiladigan savollar orkali ular suhbatga tayyorlanib borishlari uchun talabalarga oldindan ma’lum qilgani maksadga muvofikdir.
Kichik tajriba tadqiqotlari. Bunday murakkab bо‘lmagan tajribalarni talabalar mustaqil ravishda о‘qituvchi rahbarligida о‘zlari о‘tkazadilar. Natijalari haqida talabalar tо‘garak yig‘ilishlarida yoki buning uchun maxsus tashkil etilgan majlislarda axborot berishlari mumkin. Bu axborotlarda psixologlarning tajriba ishlari natijalari ham keltirilishi mumkin.
Talabalarni militsiyaning bolalar xonasi ishida ishtiroklari, bu yerda ular nazoratsiz bolalar oilaviy va turmush sharoitlari bilan tanishadilar, balog‘atga yetmaganlar ishlarini kо‘rishda ishtirok etadilar, militsiya rо‘yxatida turuvchi bolalar va о‘smirlarni individual otaliqqa oladilar. Psixologiya о‘qituvchilari ularga kerakli yordam kо‘rsatadilar, maslahatlar beradilar. Auditoriyadan tashqarida bajargan ishlari haqida ma’lumotlar psixologik tо‘garaklarda muhokama qilinadi.
Bolalar bilan ishlab, ularning xulqidagi chetlanishlarni sababini aniqlash va ularni bartaraf etishga intilib talabalar bola psixikasi va uning shaxsi shakllanishini sharoitlarini yaxshiroq tushuna boshlaydilar. Bu faoliyat ijodiy xarakterga ega bо‘ladi, talabalarda о‘z ishlarining natijalariga erishishga intilish uyg‘otadi, tо‘g‘ri qarorlarni mustaqil izlashga undaydi, odamlarga о‘ylab va e’tibor bilan munosabatda bо‘lishga о‘rgatadi.
Talabalarning maktabdagi tarbiyaviy ishlari о‘quvchilarni о‘rganish va ularni psixologik tuzilishini tavsiflash hamda auditoriyadan tashqari ishlarda muhokama etilishi mumkin. Tо‘garak yig‘ilishlarida bolalarning odoblari, ularga ta’sir kо‘rsatish choralari muhokama qilinadi, о‘quvchilar mustaqilligi va faolligi о‘rganiladi, bolalar jamoasida yuzaga keladigan turli munosabatlar, shaxs shakllanishi va uning rivojlanishi bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama etiladi.
О‘qib chiqqan kitobidagi qahramonlarining harakatlari va xarakterlarini muhokama qilish. Bunday ishlarning maqsadi- odamlarning psixologik xususiyatlarini ochish, ularning harakatlari va ishlari sabablarini, hayot sharoitlarini va tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta’siri о‘rganiladi. Muhokama asari tanlaganda, unda ishtirok etayotgan shaxslarning fikrlari va hissiyotlari, ularning harakatlari sabablari aniq, yaqqol kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak. Turli sinflarda, turli sharoitlarda shaxs shakllanishi haqida fikr yuritish mumkin bо‘lgan asarlar qiziqarli bо‘ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin