Psixologik tо‘garak. Tо‘garakda ishtirok etib talabalar ma’ruzalar va referativ axborotlar berishlari mumkin. Hisobot va axborotlar mavzulari psixologiya kursi dasturi mavzularini takrorlamasligi kerak. Ularda dasturga kiritilmagan, lekin talabalarning turli hayotiy faktlar bilan duch kelganlarida ilmiy tushunchaga ega bо‘lmagan va shuning uchun kо‘pincha notо‘g‘ri talqin etiladigan savollarni yoritish kerak. Bularga misol qilib, shularni kо‘rsatish mumkin: «Tush va tush kо‘rish», «Ta’sir kо‘rsatish, о‘zini ishontirish va gipnoz», «Psixikaning sirli hodisasi», «Shaxs va aql», «Hayvonlar aqllari». Tо‘garaklarda misol uchun, ana shu savollarni qо‘yish va muhokama qilish mumkin:
Psixikaga doir materialistik va idealistik qarashlar.
Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi bо‘yicha yangi ma’lumotlar.
Ijodiy faoliyat psixologiyasi (bu savol yoshlarni har doim qiziqtirib kelgan).
Tibbiyot psixologiyasi masalalari (bu yerda inson psixikasi psixologik о‘zgarishining ba’zi kо‘rinishlarini kо‘rib chiqish mumkin).
Shaxs irodasi va xarakteri shakllanishi bilan bog‘liq savollar.
Tо‘garakda ishlashga qiziqish odatda xotirjam erkin vaziyatda psixologiyaga doir savollari, talabalarni qiziqtirgan muammolar, ularga yangi bilimlar beradigan masalalarni о‘rganib chiqish bilan yuzaga keladi. Talabalarning hisobotlarini muhokama qilish jarayonida yangi savollar paydo bо‘ladi, ular tо‘garakning keyingi mashg‘ulotlarida muhokama qilinadi. Shu bilan birga bahslashishdan qochish kerak emas. Ba’zi savollarni bilib turib muhokamaga qо‘yish kerak. Bunday tortishuvlar talabalar himoya qilayotgan qoidalarni mustaqil ravishda chuqur о‘rganib chiqishni talab etadi. Tortishuvlar aqlning tanqidiyligi va о‘tkirligini rivojlanishiga yordam beradi, shuningdek, kitoblarga murojaat etish, qо‘yilgan savolga javob izlash, muammoni isbot qilish, taqqoslash va muhokama etishga chorlaydi. Lekin bahslashuvga yaxshi tayyorlangan bо‘lishi, bahs ishtirokchilari esa о‘z chiqishlarini oldindan tayyorlashi kerak.