4-2muz-16 guruhi “O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mustaqil ish



Yüklə 37,76 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü37,76 Kb.
#121792
Mustaqimova Nargiz111


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI

4-2MUZ-16 GURUHI
O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI”
FANIDAN


MUSTAQIL ISH

MAVZU: Folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy ahamiyati va ularning o‘rni.

BAJARDI: Mustaqimova Nargiz
TEKSHIRDI: Rajabov To’xtasin

BUXORO 2020
Folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy ahamiyati va ularning o‘rni.

Reja


  1. Follor asarlarining tarbiyaviy – pedagogik ahamiyati.

  2. Xorazm maqomlarida ularning o‘rni.


Follor asarlarining tarbiyaviy – pedagogik ahamiyati.

Bugungi kunda Xorazm musiqa folklori namunalari maktab o‘quv dasturlaridan qay darajada o‘rin olgan, degan savolga javob izlash zaruriyati vujudga kelmoqda.


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslari o‘quvchilarga axloqiy–estetik tarbiya berishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa ta’limi jarayonida o‘quvchilar milliy musiqa durdonalari, folklor qo‘shiqlari bilan bir qatorda, jahon xalqlari musiqa madaniyati namunalaridan ham bahramand bo‘ladilar.
Musiqa madaniyati darslarida Xorazm musiqa folklori namunalarini o‘rgatish asosida o‘quvchilarga estetik tarbiya berish muammosining maktab amaliyotidagi ahvolini tahlil etishga harakat qilamiz. Musiqa madaniyati darslarida Xorazm musiqa folklorini o‘rgatishda o‘quvchilarni estetik tarbiyalashga, maktab o‘qituvchilarining estetik tarbiyaga oid fikr va mulohazalarini aniqlash hamda umumlashtirishga intilamiz.
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashning real holatini va o‘qituvchilarning o‘z fikrlarini o‘zaro qiyoslab, estetik tarbiyaning mavjud holatini aniqlashga harakat qildik.
Musiqa madaniyati darslarida Xorazm musiqa folklorini o‘rgatish vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashga oid mavjud tajribalar quyidagilardan iborat.
Musiqa madaniyati darslarida Xorazm musiqa folklorini o‘rgatish asosida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash bo‘yicha mavjud tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish maqsadida, ilg‘or o‘qituvchilarning darslari kuzatilib, magnit tasmasi va video tasvirga yozib olindi. Darslarni kuzatish va qayd etish jarayonida quyidagi savollarga javob izladik:
a) musiqa darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash uchun qanday savol va topshiriqlar beriladi. Estetik tarbiya berishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat;
b) musiqa madaniyati ta’limi mazmuni bilan bog‘liq savollar–musiqa madaniyati darsligiga kiritilgan milliy musiqa namunalaridan biri bo‘lgan Xorazm musiqa folklori, jumladan xalfa va doston qo‘shiqlarining o‘rni;
v) estetik tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladigan savollar–dars turi, o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlariga mosligi, ishlash tempi bilan bog‘liqligi, estetik tarbiyalashda foydalanadigan usullar va h.k.
Darslarni kuzatish va tahlil etishda musiqa madaniyati o‘quv predmetining xususiyatidan kelib chiqib, dars tiplarini tasniflashga harakat qildik.
Musiqa madaniyati o‘quv predmeti aralash dars tipini qo‘llash uchun muvofiq kelib, unda darsning umumiy mavzusiga bo‘ysunuvchi o‘zaro mantiqan bog‘lanuvchi quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi; musiqa idroki (tinglash), kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik xarakatlar, chapak va cholg‘u asboblarida chalish hamda musiqa ijodkorligi
Musiqa madaniyati darslarida Xorazm musiqa folklorini o‘rganish vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash muammosi bo‘yicha ellikdan ortiq dars yozib olinib, tahlil etildi. Xorazm musiqa folklorini o‘rganish jarayonida 5-7-sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda xalfa va doston qo‘shiqlari etakchi o‘rin egallaydi.
Xorazm musiqiy an’anasi o‘zining ko‘p qirraliligi, janrlarga boyligi, jozibadorligi, o‘ynoqiligi, dunyoning boshqa o‘lkalarida uchramaydigan o‘ziga xos musiqiy ohanglari bilan ajralib turadi. Xorazmdagi xalfachilik san’ati xuddi ana shunday san’atlardan hisoblanadi.
Xalq dostonlari negizida tashkil topgan va takomillashib kelayotgan, faqat Xorazm vohasiga mansub musiqiy janrlardan biri–xalfachilik san’ati ham ilmiy, amaliy tadqiq etishga loyiq adabiy–musiqiy manbadir.
Xalfalar ijodidagi lapar, yalla, aytishuvlar, milliy raqslar bir qator olimlar S.Ro‘zimboev, R.YUnusov, B.Matyoqubov kabilar tomonidan o‘rganilgan.
Musiqa madaniyati darslarida Xorazm musiqa folklorini o‘rgatish asosida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash bo‘yicha mavjud tajribalar o‘rganilgan va umumlashtirilgan. Ilg‘or o‘qituvchilarning darslari kuzatilib, magnit tasmasi va video tasvirga yozib olingan. Darslarni kuzatish va qayd etish jarayonida musiqa darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash bo‘yicha savol va topshiriqlar amalga oshirildi. Estetik tarbiya berishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Musiqa madaniyati darsligida Xorazm musiqa folklori, jumladan xalfa va doston qo‘shiqlarining o‘rni qay darajada ifodalangan? Estetik tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? kabi savollarga javoblar olindi. Ellikdan ortiq dars kuzatilib, tahlil etilgan.
Tadqiqot davomida olib borgan kuzatishlarimizdan ma’lum bo‘ldiki, musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashga ta’sir qiladigan hamda o‘qituvchilarning faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklarni to‘rt guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning estetik tarbiya mohiyati, vositalari, milliy musiqa va Xorazm folklori o‘rtasidagi farqlarni ajrata olmasliklari ko‘rsatilgan. Ikkinchi guruhda musiqani idrok etish, qo‘shiq kuylay olish, cholg‘u asboblarida kuy ijro etish, musiqa ijodkorligi bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ega bo‘lmagan, uchinchi guruhda esa folklor qo‘shiqlaridagi rang–baranglik, ta’sirchanlik, jozibadorlikni farqlamaslik, ularni tinglay va kuylay olmasligi, to‘rtinchi guruhda Xorazm folklorida uchraydigan yalla, lapar, xalfa va doston qo‘shiqlarining ijrosi va raqs harakatlari bo‘yicha bilimga ega emasligi aniqlandi.
Davlat ta’lim standarti ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilar asarlarining elementar asoslarini o‘rgatishni me’yorlashtiradi. Musiqa madaniyati ta’limining mazmuni yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishni nazarda tutadi. Bunda o‘quvchilar musiqa san’atini butun estetikasi bilan o‘rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari; musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Musiqa madaniyati o‘quv predmetining mazmuniga bo‘lgan talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi mavzularni belgilaydi:
- musiqa tinglash;
- jamoa bo‘lib kuylash;
- musiqa savodxonligi;
- musiqa ijodkorligi
Musiqa tinglash va kuylash ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni kuylash, tinglash faoliyatlari vositasida o‘rganish bilan bir qatorda cholg‘uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari, bilan har tomonlama o‘rganish va o‘zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi.
Tadqiqot yuzasidan olib borgan kuzatishlarimizdan ayon bo‘ldiki, hozirgi paytda amaliyotda qo‘llanib kelinayotgan 5-7-sinf Musiqa madaniyati darsliklari va dasturida Xorazm musiqa folklorini o‘rganishga nihoyatda kam vaqt ajratilganligining guvohi bo‘ldik. Jumladan, DTSda ham o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning nazariy asoslariga ko‘p e’tibor berilgan-u, amaliy jihatdan o‘rganish hamda tahlilga kam vaqt ajratilgan. DTSni sinflar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
5–sinf o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilimlar:
- orkestr, ansambl, xor tuzilishi;
- ovoz turlari;
- simfonik orkestr;
- vokal – simfonik asarlar.
5–sinf o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar:
- cholg‘u dastasi va xalq cholg‘u orkestrini audiokasseta, radio va televidenie orqali tinglab, ularni tembr va cholg‘u tovushlari tarkibidan ajrata bilish;
- xor va orkestr ijrosidagi asarlarni badiiy idrok etib, ulardagi mazmun va badiiy obrazlarni anglab olish;
- musiqali drama va opera asarlarini ijro uslubidan ajrata bilish;
- berilgan qo‘shiqlarni sof ohangda yoddan kuylash
6-sinf o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilimlar:
-klassik (mumtoz) namunaviy musiqani; ustozona (kasbiy) musiqada klassiklikni;
-xalq musiqa janrlarida mumtozlikni;
-zamonaviy musiqa ijodiyotida klassiklikka xos badiiy yuksaklikni; SHarq xalqlari klassik musiqalaridan Ozarbayjon mug‘omlari, Eron dastgohlari, Hind ragalari, Arab maqomlari, Uyg‘ur muqomlari bilan tanishish;
-SHarq xalqlari musiqa madaniyatida mohiyatan o‘zaro o‘xshash ijod turlarining mavjudligi hamda cholg‘u asboblarining o‘xshashligi va mushtarakligi;
-Rok janri, uning asl vatani; o‘zbek musiqasida rok janri, kino musiqasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari.
6-sinf o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar:
-xalq va ustozona klassik musiqani shakl, mazmun, badiiy barkamollik va ijro mahoratiga qarab ajratish;
-zamonaviy milliy musiqada klassikaga xos badiiy yuksaklik;
-qo‘shiqning so‘z ma’nolarini jarangdor va ifodali kuylash;
-ayrim qo‘shiqlarni doira usullari boshqaruvida kuylash
7–sinf o‘quvchilari o‘rganishi lozim bo‘lgan bilimlar:
- mumtoz namunaviy musiqani;
- xalq musiqa janrlarida mumtozlikni;
- SHarq xalqlari musiqa madaniyatida mohiyatan o‘zaro o‘xshash ijod turlarining mavjudligi hamda cholg‘u asboblarining o‘xshashligi, mushtarakligi va hk.
O‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar:
- xalq va ustozona klassik musiqani shakl, mazmun, badiiy barkamollik va ijro mahoratiga qarab ajratish;
- zamonaviy milliy musiqada klassikaga xos badiiy yuksaklik;
- ritm va usulni farqlay olish;
- qo‘shiqlarning so‘z ma’nolarini jarangdor va ifodali kuylash va hk.
Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi tahliliga e’tibor beradigan bo‘lsak, musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarga musiqa folklori bo‘yicha nihoyatda kam bilim berilishini kuzatamiz. Hozirgi amaldagi darsliklarda Xorazm musiqa folklori namunalari faqat 7–sinf Musiqa darsligida o‘z aksini topgan.
7–sinf darsligida Xorazm musiqa folklori bo‘yicha quyidagi mavzular berilgan:
- yallachilik san’ati;
- xalq ashulalari;
- Xorazm musiqa uslubi haqida tushuncha;
- Xorazm dostonchilik maktablari;
- xalfachilik san’ati;

  • Xorazm ashulachilik san’ati

Ko‘rinib turibdiki, musiqa darslarida Xorazm folklori namunalari ko‘p asrlik ma’naviyati, milliy qadriyatlari, hayotiy udumlari etarli darajada o‘z ifodasini topmagan. Bizningcha, maktab darsliklariga milliy merosimiz namunalari hamda xalq qo‘shiqlari, folklor namunalari ko‘proq kiritilsa, yoshlarimizning ma’naviy, axloqiy hamda estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashga oid bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari bilan ham so‘rovnoma o‘tkazdik. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining darslarda o‘quvchilarni estetik tarbiyalash imkoniyatlari hamda bu sohadagi bilim va mahoratlari darajalarini aniqlash maqsadida quyidagicha savolnoma tarqatildi:
1.“ Estetik tarbiya ” deganda nimani tushunasiz?
2. Sizning Xorazm musiqa folklori to‘g‘risida fikringiz va unga munosabatingiz?
3. Xalfa qo‘shiqlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? Xalfa qo‘shiq ijrochilaridan kimlarni bilasiz?
4. Xalfa qo‘shiqlari, xalq dostonlarining o‘quvchilarni estetik tarbiyalashdagi o‘ziga xosligi nimada deb o‘ylaysiz?
5. Bo‘lajak pedagog sifatida Xorazm musiqa folklori o‘quvchilarning estetik tarbiyasiga ta’sirini qanday tushunasiz? kabi savollar berildi.
“Estetik tarbiya” deganda nimani tushunasiz? degan mazmundagi savolga talabalar “Bu–go‘zallikka intilish”, “Go‘zal narsalardan zavqlanish”ni tushunaman. “Bu odamning tarbiyaliligi, odobliligi, umuman yaxshi tomonlari. Atrofdagi kishilar bilan axloqiy go‘zal munosabatda bo‘lish” tarzida javob qaytarganlar.
Talabalar tomonidan olingan javoblar tahlili ularda Xorazm musiqa folklori vositasida estetik tarbiyalash haqidagi bilimlari etarli darajada emasligini ko‘rsatdi. Xorazm musiqa folklori vositasida estetik tarbiyalash va unga qiziquvchilar soni ozchilikni (35%) ni tashkil etdi.
“Xalfa qo‘shiqlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? Xalfa qo‘shiq ijrochilaridan kimlarni bilasiz?” savoliga olingan javoblar bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining Xorazm musiqa folklori ijrochilari xalfalar haqida to‘liq ma’lumotga ega emasliklarini ko‘rsatdi. Masalan, Xorazm musiqa folkloridan “YOr – yorlar”, “Laparlar”ni xalfa qo‘shiqlari bilan almashtirgan, xalq dostonlarini adabiy dostonlar bilan almashtirish hollari yoxud bo‘lmasa, xalfalardan Roziya Matniyoz qizi va Poshsho Saidmamat qizi kabilarni bilishni talabalar aytishgan. Ayrim talabalar xalq qo‘shiqlari bilan xalfa qo‘shiqlarini ajrata olmayman, degan javob berdilar. “Xalfachilik ko‘proq ayollar orasida keng tarqalgan bo‘lib, ular garmon vositasida termalar hamda dostonlardan parchalar kuylashgan”. “Xalfalar maxsus aytimlar kuylashgan” kabi javoblardan ko‘rish mumkinki, Xorazm musiqa folklorini o‘rganish va tadqiq qilish nafaqat umumiy o‘rta ta’lim jarayoni, balki uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida o‘rganishni talab qiladigan muammodir.
Biroq, so‘rovnomada ishtirok etgan talabalar muammoning sof ijrochilikka xos musiqiy xususiyati, ya’ni xalfalarning ovoz diapozoni (1-1,5 oktava) bo‘lishi borasida to‘la bilimga ega ekanliklarini ko‘rsatdilar.
Talabalarning Xorazm musiqa folklori yo‘nalishlari, ijro xususiyatlarini bilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. SHu sababli ulardan xalfa qo‘shiqlari, dostonlarni qay darajada ijro eta olishlari haqida so‘raldi va quyidagi javoblar olindi: “Galmadi–galmadi”, “Uyolaman”, “Arka qizlar”, “Muborak bo‘lg‘ay”, “Xurshidi jahon galdi”, “SHodligim shodlik ustina”, “O‘lguncha sizni derman“, “Qo‘sha–qo‘sha” kabi xalfachilik qo‘shiqlari tinglovchini ruhiy jihatdan tetiklashtirsa, ikkinchi tomondan mehnatsevarlikka, Vatanni asrash, yorga munosabat hamda estetik zavq bag‘ishlaydi kabi, javoblar olindi.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari tomonidan berilgan javoblar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ular xalfachilik hamda dostonlarning mohiyatini to‘g‘ri tushunishi oydinlashdi. Biroq bu bilim muayyan tushuncha tasavvur shaklida mavjud. CHunki so‘rovnomada qatnashgan talabalarning 80% i Xorazm musiqa folklori namunalari, xususan, xalfa hamda doston qo‘shiqlarini ijro eta olmasliklari, 12% i ijro etishda qiynalishi, 8% igina bir necha xalfa qo‘shiqlarini bemalol ijro qila olishga qodirliklarini bildirdilar. SHuningdek, talabalar xalfa qo‘shiqlarining o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda alohida o‘rni mavjudligi, ularning estetik didi, madaniyatini shakllantirishda muhim vosita ekanligini alohida qayd qildilar.
“Bo‘lajak pedagog sifatida Xorazm musiqa folklori o‘quvchilarning estetik tarbiyasiga ta’sirini qanday tushunasiz? ”degan savolga: “Xorazm musiqa folklori o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda ta’siri juda katta. Xorazm musiqa folklori, xususan, xalfa va doston qo‘shiqlari o‘quvchilarda ma’naviy–axloqiy sifatlarni rivojlantiradi”, “O‘quvchilarni ma’naviy etuklikka yo‘llaydi”, “Zamonaviy qo‘shiqlarga nisbatan xalfa va doston qo‘shiqlari bola tarbiyasiga kuchli ta’sir qiladi, buning boisi ushbu qo‘shiqlarda mardlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, sadoqatlilikning yuqori darajada ifodalanishidadir” kabi javoblar olindi.
Xalfa va doston qo‘shiqlarining o‘quvchilarni estetik tarbiyalashdagi o‘ziga xoslik nimada deb o‘ylaysiz? degan savolga: “Xalfa va doston qo‘shiqlari o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda muhim vosita ekanligi, shuningdek, ularning estetik didini shakllantirish, barkamol inson bo‘lib etishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi”, “Go‘zallikka intilish, zavqlanish kabi xislatlarning shakllanishida muhim vosita, qurol bo‘lib xizmat qiladi” kabi javoblar olindi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Musiqa madaniyati predmeti tarkibida Xorazm musiqa folklori namunalarini ko‘proq singdirish haqidagi savolga talabalar: “Darslikda Xorazm musiqa folklori, ya’ni xalfa va doston qo‘shiqlardan ko‘proq berilishi maqsadga muvofiq”, “Zamonaviy qo‘shiqlar bilan birga Xorazm musiqa folklori namunalari berilsa o‘quvchilarning ma’naviy–axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar edi”, “Dostonlarda ifoda etilgan pand–nasihat hamda o‘gitlar vositasida o‘quvchilar samarali tarbiyalanadi”, “O‘quvchilarni tarbiyalashda pedagogika hamda musiqa fanlarining uyg‘unligiga alohida e’tibor berish zarur”, “Musiqa darslarida o‘quvchilar estetik tarbiyalanadi” kabi fikrlarni bayon etdilar. Bu savolga 70–75% talabalar darsliklarga Xorazm musiqa folklori, ya’ni xalfa va doston qo‘shiqlaridan namunalar ko‘proq kiritilishini ma’qullashlari, bu yo‘nalishni yanada rivojlantirish kerakligi xususidagi javoblarni berishgan.
O‘tkazilgan so‘rovlar, o‘qituvchilar va talabalar bilan olib borilgan suhbatlar, anketa savollariga javoblarning tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
1. Musiqa madaniyati darslarida Xorazm musiqa folkloridan foydalanish jarayonida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalfa va doston qo‘shiqlarining o‘rganishga alohida vaqt ajratish lozim.
2. O‘qituvchilar musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalfa qo‘shiqlari va doston namunalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga erishish zarur. CHunki, kuzatishlarimiz natijasida xorazm musiqa folklori, jumladan, xalfa va doston qo‘shiqlari haqidagi bilim va tasavvurlari etarli emasligi aniqlandi. Buning uchun musiqa ta’limi o‘qituvchisi tayyorlanayotgan fakultetlarning talabalariga “Xorazm musiqa folklori ijrochiligi” kursini o‘qitish zarurligi ayon bo‘ldi.
3. Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga xalfa, xalfachilik, dostonlarning ijrosi bo‘yicha kurslar tashkil qilib, nazariy jihatdan ularning bilimlarini takomillashtirish zarurati vujudga kelmoqda.
4. Musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash tizimiga Xorazm musiqa folklori vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashga oid amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘llari, usul va metodlari ishlab chiqilib, tavsiya qilinishi kerak.
5. O‘quvchilarni estetik tarbiyalashda musiqa madaniyati o‘quv predmetining ahamiyatini alohida ko‘rsatib o‘tgan holda xalfa, xalfachilik, doston qo‘shiqlarini o‘rganish tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinishi kerak. Maktablarda ularni keng o‘rganish amaliyoti tadbiq etilishi lozim. Musiqa ta’limi yo‘nalishida musiqa nazariyasi fani tarkibida alohida “Xorazm musiqa folklori ijrochiligi va tavsifi” maxsus yo‘nalish sifatida o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yilishi zarur.
Yüklə 37,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin