MAVZU. PSIXOLOGIYA UKITISH METODIKASI: PREDMETI, VAZIFALARI,TAMOYILLARI
Reja:
1.Psixologiyani ukitishning umumiy masalalari.
2.Psixologiya ukitish metodikasi predmeti, uning tarkibi, vazifalari va
funksiyalari.
3.Psixologiya ukitishning umumiy va maxsus metodikalari.
4.Psixologiya ukitish metodikasining metodologik asoslari.
Metodika – pedagogik fanlar, shuningdek ijtimoiy tizim talab qiladigan, pedagogika fani ko‘rsatgan umumiy o‘rta va oliy ta’limning maqsad vazifalariga mos ravishda ishlab chiqiladi.
Dars berish metodikasi - bu o‘quv fani xususiyatining sharti sifatida ta’lim va tarbiya jarayonining tizimi haqidagi ko‘rsatmadir.
Bu tizimni bilish o‘qituvchiga psixologiyaning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarini va o‘qitish jarayonini boshqarish imkonini beradi. Psixologiyani o‘qitish metodikasi barcha psixologiya sohalari uchun umumpedagogik qoidalarni ajratib ko‘rsatish bilan birga psixologik materiallarini o‘rganishning o‘ziga xosligini moslashtirishga asoslanadi. Psixologiya o‘qitish metodikasi o‘qituvchining o‘quvchilarga psixologiyaga doir bilimlarni ongli mustahkam ravishda egallab olishlari uchun o‘quv materialini yetkazishning oqilona usul va vositalarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga pedagogika - o‘qituvchi uchun retseptlar va ko‘rsatmalar to‘plami emas, balki ilmiy fan hisoblanib, uning qoidalari psixologiyani o‘qitish jarayoni qonuniyatlarini shunga mos ravishda ishlab chiqishga asoslanadi.
Metodika o‘quv jarayoni mazmunini, ta’lim va tarbiya usullari va shakllarini o‘rganadi. Metodikaning barcha bo‘limlari bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Metodika o‘quv faoliyatida qo‘llaniladigan usul va vositalar shuningdek o‘qitishning noan’aviy uslublarini belgilab beradi Shu tariqa, metodika quyidagi savollarga javob beradi: Psixologiyani nima uchun o‘rganish kerak? Nimaga va qanday o‘qitish kerak? Kanday qilib va nima bilan tarbiyalash kerak?
Psixologiya o‘quv fani sifatida o‘qitish shakli va usullarining o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Psixologiya o‘quv fani sifatida maqsadi, hajmi, tuzilishi, usullari va ifoda etilishi bo‘yicha farqlar mavjud. Psixologiya fanining maqsadi – fan tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar va qonuniyatlar haqida o‘quvchilarga, talabalarga axborotlarni yetkazishdan iborat. O‘quv darsini olib borishga vakt cheklangan bo‘lib bunda o‘quvchilar ortiqcha ma’lumotlar bilan band etmay mustahkam ilmiy asosdagi bilimlar va muammolar bilan tanishtiriladi. O‘quv fanida bilimlar tuzilishi va ularni bayon etilishi shakllari boshqacha, bo‘lib,bu haqda K.D.Ushinskiy quyidagi fikrni ilgari suradi: «Fanni ilmiy va pedagogik bayon etish – bu ikkita turli narsalardir va butun dunyo pedagoglari ilmiy tizimlarni pedagogika fanini qayta ishlash ustida faoliyat olib bormoqdalar». Shunday qilib, o‘quv fani maktab, kollej, oliy ta’lim muassasalari, talaba va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos qonuniyatlari bilan belgilanadigan, mutaxasislik doirasidagi tizimdagi kerakli fanlardan tanlab olingan bilimlarni o‘zida birlashtiradi.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi o‘qituvchining shaxsiy tajribasi asosidagi metodik fikrlari, pedagogik mahoratdan ilmiy umumlashtirish, tadqiqotlarda asoslangan subyektiv ijodiyotdan obyektiv ilmiy nazariyaga o‘tib borishda davom etdi.
Umuman olganda, har bir o‘qituvchi guruhlar va sinflarda hamda yillar davomida metodik usullar samaradorligini tekshirib o‘zi dars o‘tish jarayonini o‘rganib boradi. Eng muhim metodik yangiliklarni oldingilarga bog‘lagan holda eng qulay usullarini ishlab chiqib, uni amalga oshirishdan iboratdir.
Psixologiyani o‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida metodika fan sifatida belgilandi. Metodika o‘zining o‘rganish obyektiga ega bulib u psixologiyaning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi o‘qitishning barcha masalalarini qamrab oladi. Uning boshqa o‘quv fanlari metodikalaridan farq qiluvchi jihati psixologiyani o‘rganish xususiyatlari, sabablari o‘ziga xosliklari mavjud, bo‘lib shunga bog‘lik ravishda o‘qitish usullari qo‘llaniladi. Fan o‘zining kashf etgan qonuniyatlari asosida hodisalarning bog‘liqlik sabablarini tushuntirib beradi va shu bilan bu hodisani ma’lum sharoitlarda deyarli takrorlash imkonini beradi. Metodikada bunday qonuniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
psixologiya o‘quv materiallari tuzilishi va mazmunida fanlarni birlashtirib olib borish;
ko‘nikma va mahoratlarini asta sekin rivojlantirib borib o‘quvchilar, talabalarning anglab yetgan mustahkam bilimlarni egallashlari;
o‘quv materialining asosiy roli va dars berishning shakl va usullari unga mos kelishi;
o‘qitish jarayonida tarbiyaning barcha tomonlarini bir biriga bog‘liqligi;
dars o‘tish jarayoninig yaxlitligi va tizimlilig;
Ana shu qonuniyatlar asosida psixologiya o‘kitish metodikasida tarbiyalovchi funksiyasining umumiy tizimi aniqlandi, ular quyidagilardan iborat:
psixologik tushunchalar tizimi;
o‘qitish usullari tizimi;
psixologiyani o‘qitish jarayonida tarbiya va ta’limni rivojlantirish tizimi;
o‘quv ishlarining shakli, tizimi;
dars o‘tishning moddiy bazasini yaratish bilan bog‘liq tizimi;
Metodika amaliy tekshirib ko‘rilgan ilmiy nazariyani beradi, u kuchni tejab sarflash va o‘quv vaqtidan to‘g‘ri foydalanish orqali o‘qitishga imkon beradi. Metodika ta’lim va tarbiya maqsadlarini tushunib yetish, bu maqsadlarga olib boruvchi butun pedagogik jarayonni ko‘ra olishni, dars berishning eng samarali va qulay shakllari, metodlari va vositalarini egalab olishga imkon beradi.
«Birgina nazariyasiz pedagogik tajribaning o‘zi - deb ta’kidlaydi K.D.Ushinskiy, - bu tibbiyotda tabiblikning o‘zidir». Bilimi yo‘q o‘qituvchi ko‘pincha bir qator pedagogik xatolarga yo‘l qo‘yganidan so‘ng, metodikada ancha yillar oldin ma’lum bo‘lgan narsalarni kashf etadi. Metodik nazariyani bilmay turib o‘qituvchi ko‘pincha o‘zi puxta egallab olgan, lekin o‘qitishning muhim bo‘lmagan tomonlariga berilib ketib, har doim ham butun tizimni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, buning natijasida o‘qitishning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlariga erisha olmaydi.
Bilim, mahorat va o‘qituvchining shaxsiy qiyofasi, sinf e’tiborini mohirlik bilan jalb etishi o‘qitish sifatini oshiradi, lekin shu bilan birga o‘qituvchining o‘qitish san’ati tug‘ma qobiliyatlariga bog‘liq deb xulosa chiqarishga asos bo‘la olmaydi. O‘qituvchi fanning faqatgina ilmiy mazmuninigina bilishi kerak, degan fikr ham noto‘g‘ri. Bunday qarashlar nazariya va metodikaga fan sifatidagi munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining pedagogik ijodi u metodika nazariyasini yaxshi egallab olganidagina yuksak samara berishi mumkin. Metodika o‘qituvchi uchun ijod qilishga, turli usullarni bilib olishga, o‘qitish va tarbiyalashda qulay uslub va vositalarni egallashlariga keng yo‘l ochib beradi.
Psixologiya yosh fiziologiyasi, falsafa, pedagogika bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi va psixologiyani o‘qitishda bu bog‘liqlik o‘rnatiladi. Falsafiy pedagogik bilimlar o‘qituvchilar uchun juda zarurdir.Metodika xususan psixologik o‘ziga xoslik bilangina belgilanmaganligi, balki o‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan ham belgilanganligi sababli yosh psixologiyasiga ham tayanadi. Tushunish, tasavvurlarining to‘g‘riligi tushunchasi va mahoratlarning rivojlanishi, bilimlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning yosh psixologiyasi asosida amalga oshirilishi kerak. Psixologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fan hisoblanib, pedagogika bilan didaktika yo‘nalishi bo‘yicha uning hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan va tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha uzviy bog‘liq hisoblanadi.
MAVZU. TA’LIM JARAYONIGA NISBATAN TEXNOLOGIK YONDASHUV
Reja:
1.Ta’lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv.
2. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi, uning sinonimlari va evolyutsiyasi.
3.Pedagogik texnologiyalarning ikki manbai.
4. An’anaviy didaktikadan ajralib turuvchi ukitishning asosiy texnologiyalari, ularning umumiy xarakterdagi belgilari.
O‘qitish tamoyillarini bilish o‘quv fanini samarali o‘qitish uchun zarurdir. Tamoyil deganda - odatda biror bir faoliyatda tayanilishi kerak bo‘lgan ba’zi bir dastlabki qoidalar tizimi tushuniladi.
Didaktik tamoyillar yoki o‘qitish tamoyili o‘qitish maqsadlari va o‘quvchilarning o‘rganish faoliyati qonuniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. T.A.Ilina o‘qitish tamoyillaridan quyidagilarini ko‘rsatadi:
Ko‘rgazmalilik tamoyili;
O‘quvchilarning o‘qishda ongliligi va faolligi tamoyili;
O‘qitishning tushunarlilik tamoyili;
O‘qitishning ilmiyligi;
O‘quvchilarning individual xususiyatlari va yoshini hisobga olish tamoyili;
Muntazamligi va izchillik tamoyili;
Bilimlarni mustahkam egallash tamoyili;
Ta’limning hayot bilan bog‘liqligi tamoyili;
O‘qitish jarayonida tarbiyalash tamoyili;
Oliy va o‘rta maktabning zamonaviy didaktik tamoyillari (L.D.Stolyarenko bo‘yicha):
Rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta’lim;
Ilmiyligi va tushunarliligi, yoshga bog‘liqligi;
O‘qituvchining rahbarlik roli ostida o‘quvchilarning ongli va ijodiy faolligi;
Ko‘rgazmaliligi va ijodiy fikrlashini rivojlanishi;
Ta’limning tizimliligi va muntazamliligi.
O‘qitishda mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish;
Ta’limning hayot va kasbiy faoliyat amaliyoti bilan bog‘liqligi.
O‘quvchilarning o‘qitish natijalari va idrok etish qobiliyatlarini rivojlanishining mustahkamligi.
O‘qitishning ijodiy hissiy ta’siri;
O‘qitishning jamoatchilik xususiyatlari va o‘quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olish;
Ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish;
Ta’limni kompyuterlashtirish;
Ta’limning integrativligi, fanlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni hisobga olish;
Ta’limning inovatsionligi;
Eng muhim didaktik tamoyillar.
ta’lim ilmiy va dunyoqarash xarakteriga ega bo‘lishi;
ta’limni muammolilik xususiyatiga ega bo‘lishi;
ta’lim ko‘rgazmali bo‘lishi;
ta’lim faol va ongli bo‘lishi;
ta’lim tushunarli bo‘lishi;
ta’lim muntazam va ketma – ket tartibda bo‘lishi;
uqitish jarayonida ta’limda, o‘quvchilarni rivojlantirish va tarbiyalashni uzviy birlikda amalga oshirib borish;
Oliy maktabda o‘qitish tamoyillari.
oliy ta’limning bo‘lajak mutaxassis shaxsini rivojlantirishga qaratilganligi;
zamonaviy oliy o‘quv yurti ta’limini fan (texnika), ishlab chiqarish (texnologiya) zamonaviy va kelajakdagi rivojlanish an’analari mazmuniga ega bo‘lishi;
oliy o‘quv yurtida o‘quv jarayoni umumiy, guruhli va individual shakllarda tashkil etishning optimal umumlashganligi;
mutaxassislarni tayyorlashning turli bosqichlarida o‘qitishning zamonaviy metod va vositalarini qo‘llash;
mutaxassislarni ularning kasbiy faoliyati aniq sohasida talablarga javob bera oladigan qilib tayyorlash, ularning raqobatga bardosh bera olishlarini ta’minlash;
Zamonaviy oliy ta’limning muhim elementi metodologik tayyorgarlik hisoblanadi. Fan va amaliyotning rivojlanishi axborotlar oqimining rang-barangligi shaxsda barcha zarur narsalarni o‘zlashtirish va egallab olishga kuch va imkoniyat yetmaydi. Shuning uchun u shunday o‘quv materialini o‘zlashtirishi kerakki, uning hajmi qisqa bo‘la turib uni yuqori ma’lumotlar bilan qurollantirsin va ikkinchi tomondan, keyinchalik bir qator sohalarda muvaffaqiyatli ishlashiga imkon bersin. Bu yerda oliy o‘quv yurtida ilmiy bilimlarni tanlab olish masalasi paydo bo‘ladi. Lekin buning o‘zi yetarli emas. Shu bilan birga talabalarda umumiy intellektni, turli vazifalarni hal etish qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish muhim bo‘lib qoldi.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning o‘ziga xos alohida tamoyillari mavjud:
oliy o‘quv yurtidan keyin amaliy ishlashi uchun zarur bo‘lgan bilimlarga o‘qitish;
talabalarning yoshi, ijtimoiy – psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish;
ta’lim va tarbiyani kasbiy yo‘naltirilganligi;
ta’limni fan, ijtimoiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy bog‘lanishi;
MAVZU: O’RGANISHNING ZAMONAVIY KOITSEPSIYALARI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TURLARI
Reja:
1.Urganishning zamonaviy konsepsiyalari. P.Y.Galperinning
bilimlar, kunikma va malakalar, akliy xarakatlarning boskichma-boskich
shakllanish nazariyasi.
2.X,arakatning yunalishli asosi, uning turlari va baxolash mezonlari. Bolalarda fikrlash rivojlanishi nazariyasi
3.(J.Piaje). V.V.Davidovning bolalarda ilmiy tushunchalar tizimi
shakllanishi xakidagi nazariyasi. Rivojlantiruvchi ukitish nazariyasi.
MAVZU. PSIXOLOGIYA UKITISHNING MAKSADLARI
Reja:
1.Psixologiyaning gumanitar fan sifatidagi uziga xos tarkibi va
psixologiya ukitish maksadi.
2.Psixologiya ukitishning ukuv rejasi, dasturi va psixologiya ukuv fani sifatida. 3.Psixologiya rivojlanishining asosiy tendensiyalari va psixologik ta’lim
Pedagogik jarayon bevosita pedagog tomonidan tashkil etiladi. pedagogik jarayon qayerda va qanday pedagog tomonidan tashkil etilmasin, u baribir bitta tuzilishga ega bo‘ladi: ya’ni maqsad-tamoyillar mazmuni-metodlari-vosita-shakli.
maqsad - pedagog va o‘quvchi intilayotgan birgalikdagi pedagogik harakatlarning yakuniy natijalarini aks ettiradi. tamoyillar-maqsadga erishishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. mazmuni – bu tanlangan yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlariga erishishi uchun o‘quvchilarga beriladigan ajdodlar tajribasining bir qismidir. ta’lim mazmuni – maxsus tanlab olingan va jamiyat tomonidan (davlat tomonidan) tan olingan ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan insoniyatning obyektiv tajribasi elementlarining tizimidir. ta’lim mazmuni - o‘quv muassasasi erishishga intiladigan yakuniy natijadir, bilimlar, mahorati, ko‘nikmalari, shaxsiy sifatlari kategoriyalarida ifoda etiladigan o‘sha darajasi va o‘sha yutuqlaridir. metodika – bu mazmuni yetkaziladigan va qabul qilinadigan pedagog va o‘quvchining harakat vositalari, mazmuni bilan moddiylashtirilgan predmetli «ish» usuli sifatida metod bilan birgalikda foydalaniladi. pedagogik jarayonni tashkil etish shakli unga mantiqiy yakunlanganlik, tugallanganlikni beradi.
pedagogik jarayonning dinamikligiga uning uch tarkibi o‘zaro bog‘liqligi natijasida erishiladi: pedagogik, metodik va psixologik. pedagogik tuzilishning asosiy jarayonlarini tashkil etish masalalarini hal etib ta’lim va tarbiya, uning maqsadlarini, shaklini, mazmunini va shu kabilarni aniqlashni ta’minlaydi. metodik tuzilishini yaratish uchun maqsad bir qator masalalarga bo‘linadi, unga binoan pedagog va o‘quvchilarning faoliyat bosqichi ketma-ketligi tartibi aniqlanadi. masalan, metodik tuzilishiga tayyorlanuvchi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kuzatish joyiga harakatlanish, obyektni kuzatishni, ko‘rganlarini qayd etishni o‘z ichiga oladi. pedagogik jarayonlarning pedagogik va metodik tuzilishlari uzviy ravishda bir-biri bilan bog‘liqdir. bu ikki tuzilishdan tashqari pedagogik jarayon yanada murakkab bo‘lgan – psixologik tuzilishni ham o‘z ichiga oladi.
psixologik tuzilish esa quyidagi komponentlarni qamrab oladi:
idrok etish, fikrlash, anglash, eslash, ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonlarini;
o‘quvchilarning qiziqishlari, ishtiyoqlari, o‘qish sabablari, hissiy kayfiyatlari dinamikasini;
jismoniy va nerv – psixik keskinlikni kuchaytirish va pasaytirish, faollik dinamikasi, ishchanlik qobiliyati va toliqishini;
shunday qilib, darsning psixologik tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iborat:
idrok etish jarayonlari;
bilim olish sabablari;
keskinlik.
o‘qitish metodlari pedagogik jarayon tuzilishida o‘zining alohida o‘rniga ega. ularni o‘quv materiallarini ishlab chiqish yordamida ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqalari usullarini navbatma – navbat almashinishi tushiniladi. «metod» so‘zi (grekcha – biror narsaga yo‘l) – maqsadga erishish usuli, bilim olish usulidir.
o‘qitish shakli – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning bilim olish davomidagi uyushtirilgan o‘zaro aloqalaridir. adabiyotlarda quyidagi o‘qitish shakllari ko‘rsatiladi: frontal, individual, guruhli, sinfda – dars paytida, kechki (hamda shunday shakllari ham mavjudki dars, ekskursiya, seminar, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, ishlab chiqarish amaliyoti, imtihonlar, maslahat). metodni shakldan farq qiladigan asosiy ko‘rsatkichi bilim olish usuli ko‘rsatilganligi va o‘quvchining o‘zi ishtirok etishga bog‘liqligidir.
pedagogik adabiyotlarda «o‘qitish metodi» tushunchasini o‘rnini aniqlash borasida hech bir fikr aytilmagan. masalan, yu.k.babanskiy shunday deb hisoblaydi: «o‘qitish metodi deb ta’lim masalalarini hal etishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning tartibga solingan va o‘zaro bog‘langan faoliyati usuliga aytiladi». t.a.ilina o‘qitish metodi deganda «o‘quvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish usuli», deb tushunadi.
didaktika tarixida o‘qitish metodlarini turlicha guruhlarga ajratish yuzaga kelgan – so‘z bilan, amaliy, ko‘rgazmali – bu usullar eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi.
har qanday usullar va metodik uslublar pedagogika amaliyotida uslublar bilan amalga oshiriladi. metodik uslublar - o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning alohida harakatlarini ifoda etuvchi u yoki bu usulning elementidir. metodik uslublarning turli – tumanligi ularni tizimlashtirishni talab etadi. ular mantiqiy, tashkiliy va texnik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. birinchi navbatda turli usullarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uslublarga ajratish mumkin.
barcha uslublarda ham bir xil mantiqiy uslublardan foydalaniladi: belgilarini ajratish, hodisalarni (obyektlarni) o‘xshashligi va farqi bo‘yicha taqqoslash, xulosalar, umumlashtirish va boshqalar. bu holat o‘quvchilar fikrlashi va ularning ishdagi mustaqilliklarini rivojlantirishda hamma usullar imkoniyatlarini muhim darajada belgilaydi. tashkiliy uslublar o‘quvchilarning e’tiborini, idrok etish va faoliyatlarga yo‘naltiriladi. texnik uslublarga turli uskunalar, yordamchi vositalar, metodikalardan foydalanish kiradi.mashg‘ulotlarda har bir usul ko‘plab xususiyat va turlarga ega bo‘lgan metodik uslublar bilan ochib beriladi. idrok etish qiziqishlarini uyg‘otish va rivojlantirish, mehnat madaniyatini tarbiyalash uslublarini ko‘rsatish mumkin, lekin ular uchta asosiy guruh metodik uslublar bilan amalga oshiriladilar. metodik uslublarning ko‘pligi va ayniqsa ularning birga bo‘lishi o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini va pedagogik mahoratlarini ko‘rsatadi. ijodiy ishlovchi pedagog yangi uslublar kashf etadi, hammaga ma’lum uslublarni o‘zgartiradi, yanada yaxshiroq ta’lim va tarbiyaviy samaraga erishadi. so‘zli usullar. suhbat masalalari hal etishda o‘qituvchilar va o‘quvchilar ham ishtirok etishi bilan ta’riflanadi. suhbatning maqsadi o‘quvchilarning bilimini hal etilishi kerak bo‘lgan masalaga yo‘naltirilishi bilan belgilanadi. suhbat natijasida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida ma’lum xulosaga kelishlari, umumlashtirishlari kerak. u o‘qituvchilarga noma’lum materiallardan qurilmasligi kerak: o‘quvchilarda bo‘lmagan bilimlarni ulardan qiynab talab etishga vaqtni bekorga o‘tkazish mumkin emas. suhbat yakunlovchi yoki umumlashtiruvchi darslarga va ilgarigi bilimlarini yangilari bilan bog‘lovchi darslarda, ayniqsa, ahamiyatga ega bo‘ladi.
har qanday suhbatning asosiy tuzilish elementi o‘qituvchining savollari hisoblanadi. ular bayon etilayotgan materialdan tabiiy kelib chiqishi va o‘quvchilarning diqqati muhimlarini o‘zlashtirishga qaratilishi kerak, ilgarigi tayyorgarligi yoki o‘quvchining haqiqiy mavjud shaxsiy tajribasiga tayanishi kerak. o‘qituvchi o‘quvchilar faolligini ularga beriladigan savollarni murakkablashtirib borish yordamida suhbatda ishtirok etishlari darajasini asta oshirib boradi. o‘qituvchining savollari o‘quvchilarning bilimlaridan o‘zlari mustaqil foydalanishlariga o‘rgatishlari kerak. savollarning mos ravishda to‘g‘ri qo‘yilishida javoblar ham rivojlanadi, murakkablashadi, o‘quvchilar yanada mantiqiy masalalarni yechib boradilar. bu esa aqliy rivojlanishning muhim tomoni hisoblanadi. savol – javob usulida bayon etilganida o‘quvchiga o‘z diqqatini uzoq vaqt jalb etishi kerak bo‘lmaydi, chunki murakkab fikrlar uning oldida qismlarga ajratilib ifoda etiladi, ularni o‘zlashtirish doimiy tekshirib boriladi. hikoya qilish usuli biror bir hodisalar yoki odamlar hayotidan hodisalarni, buyuk kashfiyotlar tarixi, olimlar hayoti, umuman inson ongi, uning psixologiyasini o‘rganish bilan bog‘liq ijodiy faoliyati haqida bo‘lsa psixologiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi. ba’zi hollarda o‘qituvchining hikoyalari mashg‘ulotlarda syujetli va obrazli ko‘rinish oladi. aynan hikoyada javob yoki pedagogikada shunday ataluvchi so‘z bilan tasvirlash qo‘llaniladi. hikoya qilish boshqa usullar kabi induktiv qurilishi mumkin, bunda bir qator ma’lumotlardan umumlashtirish kelib chiqadi yoki deduktiv, bunda umumiy holat ma’lumotlar bilan tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: |