Qarshi davlat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə16/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#179796
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Qarshi davlat

bu usullardan har biri o‘ziga xos harakatlar yig‘indisi yaratilib, ular bilan o‘quvchilarning idrok etish faoliyatini rivojlantirish jarayonini boshqarish vositasi sifatida usul mazmuni ifoda etiladi va uning ta’sir chegaralari belgilanadi.

dasturlashtirilgan o‘qitish metodlari tizimi – bu dasturning dozalashtirilgan qadamidir. muammoli o‘qitishning algoritmi – muammoli vaziyat va uning turlari, evristik dasturlar va boshqalardan iborat. interaktiv o‘qitish – jamoa bo‘lib bahslashish, o‘quv – rolli o‘yinlar, dialoglar ssenariysi va muammoni jamoa bo‘lib birgalikda hal etishda poliloglar (o‘zaro munosabatlarni bosqich va davrini ko‘rsatib) masalani birgalikda hal etuvchilar o‘rtasida («mozgovoy shturm» misollaridan biri) o‘zaro munosabatdan iboratdir. muammoni jamoa bo‘lib hal etish algoritmi, evristika va ssenariysi, ularning har birini qo‘llanilishi doirasiga mosligini hisobga olgan tizimidagina o‘qitishni boshqarish maqsadida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ko‘p turli usullari sifatida qaralishi kerak. rasmiy va norasmiy fikrlashni shakllantirish uchun faqatgina algoritmlar kamlik qiladi va aksincha, oddiy ko‘nikmaga o‘qitish uchun murakkab evristika mos kelmaydi. muammoni jamoa bo‘lib hal etish esa «vaziyatni hal etish» va intuitsiyani yuzaga keltirish vazifasiga mos keladi.

birgalikdagi o‘quv faoliyatining umumiy xususiyatlari shaxsni tubdan o‘zgartirish hisoblanib, shaxsning rivojlanish qonuniyatlarini qayta qurish o‘zlashtirilgan mazmuniga munosabati sifatida, o‘zlashtirilgan o‘zaro aloqalar ham qadriyatli ko‘rsatmalar, ma’noli yo‘nalishlar, o‘qitish maqsadi va o‘qitish ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar usullarini o‘zida ifoda etiladi.

shaxsning holatlardagi o‘zgarishi faoliyatni o‘zlashtirishning yangi bosqichiga va o‘quvchi talabalar bilan o‘zaro aloqalarning yangi shakllariga o‘tishiga sabab bo‘ladi. o‘quvchilar, talabalar idrok etish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi usullar orasida o‘quv – rolli o‘yin alohida o‘rin tutadi. bu tushunchaning mohiyati bo‘yicha o‘quvchilar, talabalar tomonidan shartli ravishda va o‘quv maqsadida odamlarning haqiqiy faoliyatlarini qayta takrorlash (o‘xshatish) dan iborat bo‘ladi. o‘quv – rolli metodni boshqa usullardan farq qiluvchi muhim belgisi, unda har bir o‘quvchining jamoa bo‘lib - o‘ynalayotgan syujetning ma’lum rolini qabul qilib olib va bajarishi yo‘li bilan haqiqiy vaziyatni qayta tashkil etish, amalga oshirilish jarayoni hisoblanadi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin