Diqqat xususiyat sifatida reja



Yüklə 120,44 Kb.
səhifə1/3
tarix14.09.2022
ölçüsü120,44 Kb.
#63647
  1   2   3
DIQQAT XUSUSIYAT SIFATIDA


DIQQAT XUSUSIYAT SIFATIDA
 
Reja:
 
 
 

Diqqat. Diqqat haqida tushuncha. Diqqat – psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekt ustida to‘planishidan (beqaror yoki situatsiyali to‘planishidan) iboratdir. Yo‘naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik harakateri, ob’ektning ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Masalan maktab o‘quvchisining biror boshqa narsaga chalg‘imasdan o‘quv materialining mazmuniga zehn quyib o‘tirishida uning psixik faoliyatining yo‘nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo‘llab-quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yo‘naltirilishi bilan birga, uning tuplanishini ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to‘planishi- -mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg‘itish demakdir. Diqqatni bir joyga to‘plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko‘pmi chuqur e‘tibor berish tushuniladi. Masalan, murakkab va zarur o‘quv materialini o‘qish va tushunish diqqatni to‘plashsiz amalga oshmaydi.
Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning fiziologik mexanizmlari ma’lum nerv markazlarining ko‘zqalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Bu mexanizm sub‘ekt (organizm) uchun ahamiyatli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni ajratishni psixik faoliyatning yo‘nalganligini ta’minalaydi. Bunday yo‘naltirishga orientatsiya (tushunib olish) refleksini misol keltirish mumkin. Har qanday yangi qo‘zg‘atuvich (agar u yetarli darajada kuchli bo‘lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, «nima u» degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, orientatsiya refleksi paydo bo‘lgan paytda xuddi uyqudan uyg‘onib bedorlikka o‘tishdagidek o‘zgarish hosil bo‘ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qiligan nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuni diqqatning fiziologik asoslarining tushunib olish uchun muhim ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga ko‘ra bosh miya po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish jarayonlari bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi. Va aksincha bosh miya po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish jarayonlari bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik printsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Bu printsipga asosan, miyada ko‘zg‘alishining har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i mavjud, bu hukmron ko‘zg‘alish o‘chog‘i ayni paytda miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma ko‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa ko‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Bunday ko‘zg‘alish o‘chog‘ining paydo bo‘lish asosi mazkur qo‘zg‘atuvchining kuchigagina bog‘liq bo‘lmay, balki nerv sistemasining ichki holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo‘zg‘atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chogda ta’sir qilib turgan boshqa qo‘zg‘atuvchilardan chalg‘ishda ifodalanadi.

Yüklə 120,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin