Diqqat xususiyat sifatida reja



Yüklə 120,44 Kb.
səhifə3/3
tarix14.09.2022
ölçüsü120,44 Kb.
#63647
1   2   3
DIQQAT XUSUSIYAT SIFATIDA

Ixtiyoriy diqqat. Ko‘zlangan maqsad va kabul qilingan qaror tufayli ma’lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo‘nalishi va to‘planishi ixtiyoriy harakaterga ega bo‘lishi mumkin. Bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo‘yamiz. Diqqatimiz ongli suratda boshqariladi. Ixtiyoriy diqqatni biz diqqatimizni qaratish uchun o‘z oldimizga ongli suratda maqsad qo‘yamiz, qiyinchiliklarni yengib, diqqatni to‘plash uchun kurashib, har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko‘zlashda, irodaviy zo‘r berishda namoyon bo‘ladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo‘lishidir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatdan farq qiladi. Ixtiyoriy diqqat jarayonida yuqorida keltirilgan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sabablarning ta’siri juda kuchli. Ammo bu sabablar bevosita emas, balki bavosita ta’sir qiladilar. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan.
Muvofiklashtirilgan ixtiyoriy diqqat. Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning yana bir turini qayd etib o‘tish lozim. Bu diqqatning ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan turi bo‘lib, lekin doimiy irodaviy zo‘r berishni talab qilmaydi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy bo‘ladi. Kishi biror faoliyatni bajarishga o‘zini majbur qiladi, keyinchalik ishga kirishib, qiziqib ketadi va uning diqqati ixtiyoriy diqqatga aylanadi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy edi, keyin esa ixtiyorsizga aylandi. Shu sababli diqqatning bu turi ixtiyoriydan keyingi ixtiyorsiz diqqat ham deb yuritiladi.
. Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.
Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi.
Xotirani tajriba asosida psixologiya asosida tadqiq etish, X1X asrning 80-yillariga to`g`ri keladi. 1885 yilda nemis psixologi Ebbingous xotirlab qolish jarayonlari haqida kitobini yaratadi.
XX asrning 30-yillarida Rossiya psixologlari L.S.Vigodskiy, A.N.Leont’ev, A.N.Zankov, T.I.Zinchinko kabilar xotiraning turli jihatlarini o`rganadilar.
Diqqatning biror narsaga qaratishi ob’ektga bog`liq holda diqqatning namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini; sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik asoslarini tushunib etishga buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasining alohida reaktsiyalari orientir reflekslar haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon mas’uliyatlariga qaraganda orientir reflekslar juda ham murakkabdir.
Ular organizmni anchagina qismlarining faolligi bilan bog`langan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib etishda dominanta (nasldan - naslga o`tuvchi asosiy belgi) printsipi alohida ahamiyatga ega. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko`ra, miyada hamisha qo`zg`alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo`ladi. Diqqat miya faolligini muayyan darajasida yuz berishi mumkin.
Sechenov I.N. xotirani hayvon va inson tuzilishini eng muhim mo`’jizasi deb bejiz aytmagan. Tashqi va ichki kuzgatuvchilarlarning ta’siri tufayli miyada qo`zg`alishlar vujudga keladi. Ularning izlar yo`qolib ketmaydi. Natijada nerv qo`zg`alishlar oson va tez boradi. Qo`zg`olishlar takrorlanib turilsa nerv bog`lanishlar saqlanadi. Aks holda nerv bog`lanishlar uziladi. Materiallar unitiladi. Yarim sharlar po`stlog`ida bog`lanishlarning tez hosil bo`lishi, puxta bog`lanish miyaning ta’siriga reaktsiya qilish hamda ilgari yuz bergan qo`zg`alishlar “uzlarini saqlab qolish qobiliyatiga bog`liqdir.
ADABIYOTLAR RUYXATI
 
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. www.ziyonet.uz
5. www.arxiv.uz
Yüklə 120,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin